Nazorat savollar:
1.
Sug‘urta polisi qanday hujjat.
2.
Sug‘urta polisi o’zida qanday ma’lumotlarni qamrab oladi.
3.
Sug’urtalanuvchi sug’urta polisini yo’qotganda sug‘urta polisi qanday
tartibda beriladi.
4.
Sug’urtalanuvchiga sug’urta polisi qachon taqdim etiladi.
5.
Sug’urta shartnomasi kimlar o’rtasida tuziladi.
6.
Sug’urta shartnomasi qaysi hollarda muddatidan oldin bekor etiladi.
7.
Sug’urta shartnomasi qaysi hollarda o’z kuchiga ega hisoblanmaydi.
8.
Sug’urta shartnomasida qanday ma’lumotlar o’z aksini topadi.
81
IV BOB. SUG’URTA MAHSULOTINI SOTISHDA VOSITACHILAR
XIZMATIDAN FOYDALANISH
4.1 Sug’urta mahsulotini sotishda vositachilar tasnifi
Sug‘urta mahsulotlarini sotishda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida sug‘urta
agentlari va sug‘urta brokerlari sug‘urta vositachilari bo‘lib xizmat qiladilar. Ular
garchi qiziqishlari har xil bo‘lsa ham bor kuchlarini sug‘urta shartnomasi tuzishga
yo‘naltiradilar.
Hozirgi kunda vositachilar orqali polislar xarid qilish ko‘pchilik
mamlakatlarda
va
aksariyat
odamlar
uchun
eng
umumiy
tendensiya
hisoblanadi.Sug‘urta vositachisining, boshqa sohalardagi, aytaylik, savdo
sohasidagi vositachilardan farqi shundan iboratki, u hech qanday zaxira qilinmaydi
va keyinchalik sotish uchun oldindan zaxira jamlab qo‘ymaydi.
23
Zamonaviy
sug‘urta bozori ko‘p sonli sug‘urtalovchilar va operatsiyalar hajmining ko‘pligi,
sug‘urta faoliyatidagi mavjud yo‘nalishlarning rivojlanishi va yangi
yo‘nalishlarning vujudga kelishi, raqobatning kuchayishi va milliy bozorga xorijiy
sug‘urtalovchilarning kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda
sug‘urtalovchilarning sug‘urta mahsulotlarining sotuvini ta’minlashda sug‘urta
vositachilarining ahamiyati katta. Sug‘urta bozori infrastrukturasini shakllantirish
va sug‘urta xizmatlarini taraqqiy ettirishda ularga alohida xizmat yuklatiladi.
Garchi sug‘urta vositachilari sug‘urta shartnomasining ishtirokchilari bo‘lmasalar
ham sug‘urtalovchidan sug‘urta qiluvchiga ko‘rsatiladigan sug‘urta xizmatlari:
sug‘urta shartnomasining ijroga muvofiqligi, shartnoma tuzilish bosqichlarida
sug‘urta qildiruvchiga maslahat ko‘magi berish, sug‘urta shartnomasining
bajarilishi,
modifikatsiyasi
(shaklining
va
turining
o‘zgartirilishi) va
shartnomaning tugatilishi hamda qaytadan sug‘urta shartnomasi tuzishda ishtirok
etish ularning vazifasiga kiradi.
23
Insuranse: Principies and Practice. Compiled by David Bland, The Chartered Insuranse Institut, Great
Britain,1993
82
Modomiki, sug‘urta bozori turli sug‘urta kompaniyalari, ularning sug‘urta
mahsulotlari va shartlarining son-sanoqsizligi bilan ifodalanar ekan, sug‘urta
vositachilari sug‘urta qildiruvchiga unga mos sug‘urta mahsulotini tanlashda
yordam beradi. Vositachi mijozga mavjud xizmatlar to‘g‘risida ma’lumot beradi,
tavsiya qiladi va maslahat beradi, sug‘urtalashning kutilayotgan variantlari bilan
sug‘urta qildiruvchini ta’minlaydi. Sug‘urtalash va qayta sug‘urtalashda sug‘urta
agentlari,
sug‘urta brokerlarining faoliyati sug‘urtalovchi va sug‘urta
qildiruvchining qiziqishlari asosida amalga oshiriladi va ularga sug‘urta
qildiruvchiga sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) xizmatlarini tanlashda, sug‘urta
(qayta sug‘urtalash) shartlari, sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartnomasini
rasmiylashtirish, tuzish va qaytadan tuzilgan sug‘urta shartnomasi hamrohligida
unga kiritiladigan o‘zgarishlar, sug‘urta to‘lovini talab qilish tartibi va hujjatlarni
rasmiylashtirish, sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) bilan o‘zaro ta’siri,
maslahat faoliyatini amalga oshiradi
Bunda agent va brokerlar ularga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi yoki
bajarilmasligi, shuningdek, sug‘urtalovchining tijorat sirini oshkor qilmaslikka,
sug‘urta qildiruvchilarning shaxsiy ma’lumotlari haqida, ma’lumot va hujjatlarning
to‘g‘riligi, xolisligi, mukammalligi va o‘z vaqtida taqdim etilishi, ularga berilgan
vakolatlarning bajarilishiga mas’uldirlar.
Sug‘urta brokeri bilan xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzilayotganda
sug‘urtalovchi broker tomonidan ko‘rsatiladigan xizmat turlari, uning huquqi,
majburiyatlari, shartnomaning bajarilish tartibi, uning amal qilish muddati, broker
tomonidan
olingan
sug‘urta (qayta sug‘urtalash) shartnomasi uchun
sug‘urtalovchilarga o‘tkaziladigan pul mablag‘larining muddati va tartibini kiritgan
holda hisob-kitob qilish tartibi, xizmat narxlari (sug‘urta brokerining mukofot
miqdori)ni belgilaydi. Bunda sug‘urta brokerining majburiy sug‘urta bo‘yicha
komission haqi sug‘urta mukofotining 10%dan oshmasligi kerak. Bundan tashqari
broker bir shartnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmat uchun ham sug‘urtalovchidan,
ham sug‘urta qildiruvchidan mukofot olishga haqli emas. Broker sug‘urtalovchini
kimning manfaatlari asosida harakat qilayotganidan xabardor qilishga majbur.
83
Majburiy sug‘urtalash natijasi sifatida vujudga kelgan aloqalar vositachi
tomonidan o‘z biznesini yanada rivojlantirish uchun foydalaniladi. Katta ishlab
chiqarish tijorat risklarini sug‘urta qilish oson kechmaydi. Vositachi bir tomondan,
mijozlar izlab topishiga to‘g‘ri keladi, boshqa tomonidan esa – u mijozlar ehtiyoj
sezadigan zarur sug‘urta qoplami taklif qilishi mumkin bo‘lgan sug‘urta
qiluvchilar bilan aloqa qilishi lozim.
24
Vositachilarning asosiy turlarini ko‘rib chiqamiz. Sug‘urtadagi vositachilarni
ikkita asosiy toifaga bo‘lish mumkin:
- ixtisoslashgan sug‘urta vositachilari, sug‘urta operatsiyalari ularning asosiy
faoliyat turi hisoblanadi (agentlar va brokerlar);
— sug‘urta bilan bog‘liq bo‘lmagan turli sohada faoliyat yurituvchi
kompaniyalar ular mahsulotlar va xizmatlarni realizatsiya qilishda sug‘urtani
qo‘shimcha, hamroh bo‘ladigan xizmat turi sifatida taklif qiladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |