78
asosan boshqa shaxs u uchun sug‘urta mukofotini naqd pul shaklida to‘lagan holda
unga tegishli kvitansiya beriladi. Agar sug‘urta mukofoti bir necha oylar uchun
to‘lanadigan bo‘lsa, unda har bir to‘langan mukofot uchun sug‘urta qildiruvchiga
alohida kvitansiya beriladi. Kvitansiyaning
barcha rekvizitlari aniq va
tuzatishlarsiz to‘ldirilishi shart.
Agent shunga alohida e’tibor qaratishi lozimki, sug‘urta mukofotini to‘lash
bo‘yicha kvitansiya to‘ldirayotganda “Fuqaro __________________ dan
________ sum olindi” degan qatorga sug‘urta qildiruvchining topshirig‘iga ko‘ra
sug‘urta mukofotini to‘lagan shaxsning yoki sug‘urta shartnomasi foydasini
ko‘zlab tuzilgan bolaning emas, balki sug‘urta qildiruvchining familiyasi, ismi va
otasining ismi to‘liq hamda aniq yozilishi kerak. Hayotni sug‘urta qilish
to‘g‘risidagi shartnomalar sug‘urtalovchining sug‘urta to‘g‘risidagi arizalarini
hisobga olish kitobida ro‘yxatga olganlaridan so‘ng
agent tomonidan hayotni
sug‘urta qilish bo‘yicha to‘langan sug‘urta mukofotlarini hisobga olish jurnalida
yoziladi. Jurnalda agent sug‘urta mukofotining naqd pulsiz yoki naqd pulda
to‘langanligini qayd etishi lozim. Jurnal so‘ngida agent naqd pul shaklida
to‘langan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha shartnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
yozish uchun bir necha varaq qoldirishi kerak. Sug‘urta mukofoti naqd pul shaklda
to‘langan bo‘lsa, u holda jurnalga agent bir paytning o‘zida sug‘urta qildiruvchiga
kvitansiya berilganligini ham qayd etib qo‘yishi lozim. Sug‘urtalovchiga o‘z
faoliyati bo‘yicha hisobot taqdim etayotganda sug‘urta agenti unga sug‘urta
mukofotlari tushumining to‘g‘riligini tekshirishi uchun tegishli jurnalni ham
taqdim etadi.
Naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan sug‘urta
mukofotini bir oy oldin
to‘lamoqchi bo‘lgan har bir sug‘urta qildiruvchidan sug‘urta agenti yozma ravishda
rozilik olishi kerak. Sug‘urta qildiruvchining roziligi olingandan so‘ng sug‘urta
agenti uning familiyasini sug‘urta mukofotlarini ushlab qolinganligi to‘g‘risidagi
ro‘yxatga mukofot qaysi oy uchun to‘langanligini ko‘rsatgan holda yozishi zarur.
Sug‘urta qildiruvchining rozilik xati sug‘urta mukofoti ushlab qolinganligi
to‘g‘risidagi ro‘yxat bilan birga sug‘urtalovchida saqlanadi. Ikki oy uchun mukofot
79
ushlab qolingan oydan keyingi oydan boshlab agent sug‘urta qildiruvchidan
navbatdagi oy uchun sug‘urta mukofotini oladi va keyinchalik ham muntazam
tarzda bir oy oldin sug‘urta mukofotlarini yig‘ib boradi.
Sug‘urta mukofotlarini to‘lash ustidan nazorat olib borish
. Sug‘urta agenti
sug‘urta qildiruvchi tomonidan mukofotlarni naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda o‘z
vaqtida to‘lanayotganligi ustidan doimiy nazorat o‘rnatish bilan bir qatorda
agentlik bitimida belgilangan muddatlarda sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta
qilishning shartnomalari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni, xususan, ikki oy
ketma-ket to‘lanmagan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha ham ma’lumotlarni
sug‘urtalovchiga taqdim etib borishi lozim. Agar nikoh sug‘urtasi bo‘yicha
sug‘urta mukofoti ketma-ket to‘lanmasligining sababi sug‘urta qildiruvchining
vafot etganligi bo‘lsa, u holda sug‘urta agenti sug‘urta shartnomasi kimning
foydasini ko‘zlab tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsdan yoki
uning qonuniy vakilidan
(otasi, onasi, vasiy) sug‘urta polisini, FHQD tomonidan olingan sug‘urta
qildiruvchining vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnomani (notarial tartibda
tasdiqlangan uning nusxasini), agar oxirgi sug‘urta mukofoti naqd pul shaklida
to‘langan bo‘lsa, uning kvitansiyasini hamda o‘rnatilgan shakldagi arizani olishi
shart.
Sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati tugagan holda va sug‘urta
qildiruvchiga sug‘urta summasi to‘liq to‘langandan so‘ng agent jurnalga tegishli
ma’lumotni, ya’ni sug‘urta shartnomasi muddati tugaganligini qayd etishi lozim.
Bu keyinchalik mazkur sug‘urta qildiruvchidan, agar u sug‘urta
mukofotini naqd
pul shaklida to‘layotgan bo‘lsa uni undirmaslik, agar sug‘urta mukofoti pul
o‘tkazish yo‘li bilan to‘lanayotgan bo‘lsa, sug‘urta qildiruvchi tashkilot
ishlayotgan tashkilotga taqdim etilayotgan ro‘yxatga uning familiyasini kiritmaslik
uchun zarur bo‘ladi. Shundan so‘ng agent sug‘urtalovchiga shartnoma muddati
tugayotgan sug‘urta qildiruvchilar ro‘yxatini topshiradi.
Sug‘urta qildiruvchi shartnoma muddati tugashi munosabati bilan sug‘urta
summasini olish bo‘yicha sug‘urtalovchiga ariza beradi. Bunda undan sug‘urta
mukofoti to‘lash talab etilmaydi.
80
Sug‘urta shartnomasi muddati tugashidan 1 oy oldin sug‘urta agenti
sug‘urtalovchiga shartnoma muddati tugayotgan sug‘urta qildiruvchilar
to‘g‘risidagi ro‘yxatni beradi. Mana shu muddat
ichida agent shartnoma
tugayotgan barcha sug‘urta qildiruvchilar bilan bevosita uchrashib, ulardan
sug‘urta polisini va so‘nggi marta to‘langan sug‘urta mukofoti kvitansiyasini (agar
sug‘urta mukofoti naqd pul shaklda to‘langan bo‘lsa), sug‘urta summasini bankda
ochilgan hisob raqamiga o‘tkazishini so‘rab yozilgan arizasini (agar sug‘urta
mukofoti naqd pulsiz shaklda to‘langan bo‘lsa) olishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: