O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

murosa (konsensus) usuli 
jamiyat taraqqiyotida muhim rol 
oynamoqda. Ayniqsa, uzoq muddatlar davomida birbiriga qarama-qarshi bo’lib 
kelgan davlatlar, jamiyatdagi qaramaqarshi tomonlar, kuchlar, ijtimoiy guruhlar, 
harakatlar va partiyalar o’rtasidagi ziddiyatlarni jamiyatning umumiy manfaatlaridan 
kelib chiqib hal qilishda bu usul juda qo’l kelmoqda. Bu usul jahon xalqlarining 
milliy totuvlikka, o’zaro hamkorlikka, hamjihatlik va birlikka, barqarorlikka 
erishishida ham muhim ahamiyatga ega bo’lmoqda. Konsensus usuli o’zaro tinch yo’l 
bilan olib borilayotgan muzokaralar, muloqotlar, referendumlar, xalqaro huquq 
normalari asosida ma’lum bir bitimga kelishuvlar, demokratik tamoyillar asosida eng 
muhim hujjatlar qabul qilish orqali olib borilmoqda. 
Har bir sohadagi ziddiyatlaming o’ziga xos hal bo’lish shakllari mavjud. 
Tabiatdagi ziddiyatlar, odatda, stixiyali — o’z-o’zicha paydo bo’lib, rivojlanib, so’ng 
o’zlariga xos qonuniyatlar asosida hal etiladi. Jamiyatda esa, ziddiyatlaming paydo 
bohishi, rivojlanishi va hal qilinishi kishilar tomonidan amalga oshiriladi. 
Umuman olganda, harakat, o’zgarish va rivojlanish jarayonida turli-tuman 
ziddiyatlar paydo bohishi, ular turlicha hal qilinishi mumkin. Bu bilan ziddiyatlar 
butunlay tugamaydi. Eskilari o’rniga yangilari paydo bo’lib, ular ham ma’lum 
vaqtdan so’ng eskirib, o’rnini yana yangilari olib, shu asosda rivojlanish cheksiz 
davom etaveradi. 


160 
Ziddiyatlar kurashi asosida amalga oshadigan rivojlanish asosan progressiv 
yo’nalishda boradi. Buning sababi — 
vorislik, davomiylikdir. -
Taraqqiyotda vorislik va davomiylik (inkorni inkor).
Taraqqiyot vorislik 
va davomiylik, inkorni inkor etish yo’li bilan amalga oshib boradi. Bu muammoni 
o’rganishni ,,inkor“ tushunchasi nimani ifodalashini aniqlab olishdan boshlash lozim. 
Borliqning hamma sohasida doimo eski, umri tugayotgan narsa va hodisalaming 
barham topishi, yangi narsa va hodisalaming vujudga kelish jarayoni sodir bo’lib 
turadi. Bundagi eskining yangi bilan almashinishi inkor deb ataladi. 
,,Inkor“ tushunchasi kundalik ongda ,,yo’q“ so’zi bilan qo’shilib ketadi. Inkor 
qilmoq ,,yo’q“ demakdir, biror narsani rad etmoqdir. Lekin, dialektikada inkor 
kundalik ongda ishlatiladigan bunday tushunchadan farq qiladi. Dialektik inkor — 
yangining eski bilan oddiy o’rin almashuvi bo’lmasdan, balki yangi eskining bag’rida 
vujudga kelib, undagi sog’lom tomonlardan foydalanib qaror topishidir. 
Dialektik inkor, ayni bir vaqtda ,,yo’q“ deyish bilan ,,ha“ deb, ya’ni inkor etish 
bilan birga tasdiqlashni ham o’z ichiga oladi. U barcha narsani butunlay rad etuvchi 
nigilistik qarashdan xoli bo’lib, bir paytda sodir bo’ladigan yemirilish bilan 
yaralishni, xullas, narsa-hodisalaming yo’qolishi va paydo bo’lishini bogiab, ilgarilab 
rivojlanish holatini ifodalaydi. Bu dialektik inkorning muhim jihatini tashkil qiladi. 
Dialektik inkorning muhim ikki jihati mavjud: birinchisi — eskining o’rniga 
yangining kelishi tabiiy-tarixiy jarayon bo’lganligi uchun taraqqiyotning muhim 
sharti hisoblanadi; ikkinchisi — yangining eski bilan vorisiy bog’liq ekanligini ham 
ifodalaydi. 
Dialektikaning bu ta’limoti ikki marta takrorlanuvchi inkor bilan ifodalanishi 
moddiy olamdagi narsa va hodisalaming doimiy ravishda o’zgarib, bir holatdan 
ikkinchi holatga o’tib borishi va oqibatda, rivojlanish uzluksiz ekanligidan kelib 
chiqadi. Har bir mavjud bo’lgan narsa va hodisa o’zigacha bo’lgan sifat va miqdor 
inkor etilishining mahsuli, shu bilan birga, ana shu narsa va hodisalaming o’zi ham 
sharoitning o’zgarishi, vaqtning o’tishi bilan inkor etilishga mahkumdir. Demak, har 
bir narsa va hodisaning o’zgarishi va rivojlanishi hamisha ikki va undan ko’proq 
inkor etishlar bilan amalga oshadi. Inkorni inkor ana shu inkorlaming sodir bo’lishi 


161 
bilan rivojlanjshning davom etishini ifodalaydi. Bundagi bitta inkor narsa va 
hodisalardagi o’zgarish va rivojlanishning bir momentini tashkil etsa, „inkorni inkor“ 
atamasi ulaming muayyan zanjirini ifodalaydi. 
Inkorni inkorning amal qilishi tufayli taraqqiyot to’g’ri chiziq shaklida emas, 
balki ko’p chiziqli doira shaklida ham bo’ladi, uning oxirgi nuqtasi boshlang’ich 
riuqtaga yaqinlashadi. Lekin, bu yaqinlashuv uning oxirgi nuqta bilan butkul 
tutashishi bo’lmasdan, balki yuqori bosqichda sodir bo’lishi sababli, taraqqiyot spiral 
shaklga ega bo’ladi. Bu spiralning har bir yangi o’rami oldingi o’ramiga nisbatan 
kengroq, yuqoriroq bosqichda yuzaga kelgan bo’ladi. Ana shu ma’noda dialektik 
nazariyada „spiralsimon taraqqiyot” atamasi ishlatiladi. 
Dialektik inkorga ko’ra, taraqqiyotning „spiralsimon" xarakteri o’zining 
quyidagi uch jihatiga ega: 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish