O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Alohidalik, xususiylik, umumiylik



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Alohidalik, xususiylik, umumiylik. 
Ular narsa va hodisalarning rivojlanish 
jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. 
Umumiylik — olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo'layotgan narsa-
hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning 
mushtaraklashgan holda namoyon bo'lishidir. Alohidalik va umumiylik o’rtasidagi 
bog’lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. 


165 
Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy 
ifodasi konkretlik bo’lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», 
«umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, 
nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo’lishi mumkin. Zero, 
ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo’lish shaklidir. 
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan 
xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o’tish tarzida yoki aksincha, 
izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi 
har qanday alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan 
iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tish jamiyat taraqqiyotining 
umumiy qonuniyati bo’lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda 
har bir davlat uchun o’ziga xos bo’lgan modelni taqozo qiladi. Alohidalikning 
umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini qo'llash bozor 
strategiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. 
Alohidalik yoki, ba’zi falsafiy adabiyotlarda ko’rsatilganidek, yakkalikni 
muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo'lgan narsa va hodisalarning makon va 
zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday 
hodisa va narsaning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin. 
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg’unlikka ega 
bo'lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu). Hegel, alohidalikni voqealarning 
zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo'lish momenti sifatida 
qaraydi. Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning 
umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi 
mumkin (bu haqda «Osiyotsentrizm» va «Yevropatsentrizm» to’g’risida eslash 
kifoya). 
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan 
ichki birlik mavjud bo'lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o’z o’rni va 
ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi 
tarkibidagi milliy madaniyatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga 
asoslangan bo’lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. 


166 
Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy sabablardan 
biri edi. 
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual 
rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kegak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab 
voqelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko’ra, har qanday sistema o’z 
tarkibidagi nisbatan yangi, alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo’la 
olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini 
vujudga keltiradi. 
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o'rtasidagi 
bog’lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning 
muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning 
konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo’ladi. Bu sistemaga strukturali 
yondashish bilishning nisbatan to’laqonli bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan 
jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o’ziga xos bo’lgan yo’nalishlarini 
vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy, ekologik va boshqa shu 
kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», 
«huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa 
nisbatan mi staqil yo'nalishlarga asos bo'lgan. Bu madaniyat yo’nalishlari nisbatan 
mustaqil bo'lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish 
tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasi manfaatlaridan kelib chiqqan bo'lib, 
umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish