«Butun», «qism», «struktura», «sistema», «element» kategoriyalari.
Falsafaning «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» kategoriyalari bilan «butun»,
«qism», «struktura», «sistema», «element» kategoriyalari o’rtasida uzviy bog’liqlik
va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va
hodisalar rivojlanish jarayonidagi boglanish, aloqadorlik munosabatlarining
yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo’lsa, «butun», «qism», «struktura»,
«sistema», «element» kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog'lanish
munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtayi nazardan, butunni —
umumiylik, qismni yoki elementni alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi.
167
Shuningdek, muayyan o’xshashlik bo’lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik
tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning
majmuyi ham bo’lishi mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy jihatdan
«butun», «qism», «element»larga ajratish bilishga xos nisbiy hodisa bo’lib, uning
samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko’ra, yuqorida aytilgan har
ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib
qaralishi kegak.
Sistema, struktura, element falsafaning muhim kategoriyalaridan bo’lib
hisoblanadi. Sistema — grekcha so’z bo'lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik,
elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi.
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning
strukturaviy munosabatlariga mos keladi. Shu nuqtayi nazardan, bilish jarayonidagi
sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan tarkibiy
elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu
elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko’ra turkumlashtirish, muhim
metodologik ahamiyatga ega, Chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema
strukturasidagi
elementlarning
mavjudlik
holati
va
rivojlanishi
obektiv
qonuniyatlarini o’rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga
qaratilgan. Ya’ni, insonning obektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan:
tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga
muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan xarakterlanadi.
Sistema
— narsa va hodisalarning bog’lanishlari, aloqadorligi va
munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa-
hodisalar bog'lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi
birligini ta'minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin
tilida tuzilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning
nisbatan turg’un bog’lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi mavjud falsafiy
qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani
tashkil qilgan elementlarning strukturaviy tuzilishi uning mavjudlik holatini hamda
rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning tarkibiy
168
tuzilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko’rinishlari, DNK
yoki RNK larning o’zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik
organizmlar turli-tumanligi aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning
obektiv realligi tarzida mavjud bo'lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega
bo’lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon
va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura»ga
ajratish mumkin.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o’zaro bog’lanish, aloqadorlik,
munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda
element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko’rinishlari tarzida namoyon bo’ladi.
Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo’lsak, undagi element alohida
individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko’zga
tashlanadi. Ya’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa
munosabatlari strukturaviy tuzilishni tashkil qilgan. O’z navbatida, sistemani
to'laligicha bilish, uning strukturaviy uzilishidagi har bir elementning funksional
faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan
manfaatlari va ehtiyojlariga ko’ra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan
mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat
strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin
ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo'lsak,
uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko’ramiz. Shunga ko’ra,
sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo’lib, kategoriyalar sifatida, unga
bo’lgan munosabat doirasida konkretlashadi. Shuning uchun «sistema», «struktura»,
«element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va hodisalarni bilishga sistemali
yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo’lib
hisoblanadi.
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko’ra: muhim
va muhim bo'lmagan, asosiy va asosiy bolmagan elementlarga ajratib o’rganish
alohida ahamiyatga ega. Chunki har qanday konkret element, muayyan sistemada
169
makon-zamon xususiyatlariga ko’ra, o’z ahamiyatiga ega bo'ladi. Biroq, ularning
ahamiyatini, yuqorida ko’rsatilganidek, turkumlashtirish mutlaqo nisbiy hamda
shartli xarakterga ega bo’lib, muayyan manfaatlar va ehtiyojlar asosida
yondashishdan kelib chiqadi. Shunga ko’ra, konkret makon va zamonda sistemani
tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar
vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. Ya’ni, sistemadagi uning xarakterini belgilab
turgan muhim element, ma’lum vaqtga kelib muhim bo'lmagan elementga aylanishi
yoki aksincha bo’lishi mumkin.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va
hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo’ladi. Narsa va
hodisalarni bilish hamda o’zgartirishga inson muayyan ehtiyojlar asosida yondashadi.
Bu yondashish subektiv xarakterga ega bolib, uning konkret ehtiyojlari va manfaatlari
nuqtayi nazaridan baholanadi. Masalan, chanqagan kishi uchun suv uning
chanqog’ini qondirish, fizik uchun agregat holati, elektr tokini o’tkazishi yoki optik
xususiyatlari, ximik uchun, uning H
2
0 kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-
tegirmon parragini aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |