O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

birinchidan,
inkorni inkorda, dastawal, narsa va hodisalar 
abadiy o’zgarmasdan qola olmasligi, davrning o’tishi bilan har bir narsa va hodisa 
o’zgarishi, bu o’tishda yangining paydo bo’lish mexanizmini ochib beradi. Buni 
destruksiya
 
deyiladi. 
Ikkinchidan,
u yemirilayotgan (inkor etilayotgan) narsa bilan 
paydo bo’layotgan yangi narsa o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni, ulaming bir-biriga 
bo’lgan munosabatini ochib beradi. Buni 
kummulatsiya 
deyiladi. 
Uchinchidan,
inkor 
etilayotgan narsa oldin erishgan yutuqlarni, uning rivojlanishga qodir bo’lgan ba’zi 
belgi va xususiyatlarini saqlab qolish, ulardan foydalanish asosida yuz beradi. Buni 
konstruksiya
 
deb yuritiladi. Shu asosda o’zgarish, rivojlanish sodir bo’ladi. Bundan 
inkorni inkorning muhim belgisi, ya’ni narsa va hodisalarning ilgarilab rivojlanishi, 
yangilikning yengilmasligi mantiqan o’z-o’zidan kelib chiqadi. 
Xullas, inkorni inkor jarayonida oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga 
qarab ilgarilab boruvchi rivojlanish sodir bo’ladi. Shuning uchun inkorni inkor 
jarayonining xarakterli xususiyatlaridan biri — uni orqaga qaytarib bo’lmasligidir. 
Buning sababi shundaki, har bir yangi bosqich ilgarigi bosqichlarning butun boyligini 
o’zida sintezlashtirib, taraqqiyotning yanada yuqoriroq shakllari uchun zamin 
yaratadi. Bu sintez „inkorni inkor" deyiladi. Inkorni inkor tufayli, har bir paydo 
bo’lgan yangilik shuning uchun sintez deyiladiki, unda eskining rivojlanishga qodir 
bo’lgan tomonlari saqlanib qolib, yangida paydo bo’lgan tomonlar bilan uzviy 


162 
birikkan bo’ladi va shu asosda rivojlanishning navbatdagi bosqichini ta’minlaydi. 
Xuddi shu yo’l bilan taraqqiyotning yo’nalishi belgilanadi. 
Yuqorida aytilgan, bir-biri bilan chambarchas bogliq bolgan uch jarayonning 
birligi 
hozirgi 
kunda 
O’zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash va 
rivojlantirishda oz ifodasini topmoqda. Biz uchun hozir jamiyatimizda eskirgan 
ijtimoiy munosabatlarni, iloji boricha, dialektik izchillik va ziyraklik bilan o’z 
vaqtida bartaraf etish, yangi paydo bo’layotgan bozor iqtisodiyotiga oid 
munosabatlarni o’z vaqtida payqay olish, ulami rivojlantirish yutuqlarimizning 
ko’payishiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Davlat tomonidan amalga 
oshirilayotgan va xalqimiz keng qo’llab-quvvatlayotgan bozor munosabatlari 
jamiyatimizdagi xo’jasizlik, shahar va qishloqlarda mehnatning hamma sohalarida 
boshqarishning buyruqbozlik usullari, jamiyatga zarar yetkazuvchi ekologik va 
ma’naviy buzulishlarning tugatilishiga olib keladi. 
Shunday qilib, borliq va bilishga xos miqdor ham sifat o’zgarishlari, qarama-
qarshiliklar birligi va kurashi, inkor va inkomi inkorlar benihoya davom etaveradi. Bu 
abadiy davom etadigan jarayonda dialektikaning barcha tamoyillari birgalikda amal 
qiladi. Bunda hech bir narsa yoki hodisa abadiy — o’zgarmasdan qola olmasligi, 
ammo ular o’rtasida vorisiy aloqalar va bog’lanishlar mavjudligini ifodalaydi. 
Har qanday fanning o’ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo’ladi. 
Masalan, fizikada flzik qonunlar, og’irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko’p 
duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur 
olimlarning nomi bilan bog’langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avagadro 
qonunlari va hokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl Gausning 
qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. 
Xuddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, 
qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o’rganishdan avval, qonun va 
kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An'anaviy tavsiflarga 
ko’ra, «qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi 
jarayonidagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, 
ichki o’zaro bog’lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini 


163 
yuqorida ko’rib o’tdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa 
tanishaylik. 
Kategoriya nima? Bu so’z qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash», 
«tushuntirish», «ko’rsatish» degan ma'nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday 
xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan. 
Falsafa tarixida ularni birinchi bo’lib, Arastu ta'riflab bergan. U o’zining 
«Kategoriyalar» degan asarida ularni obektiv voqelikning umumlashgan in’ikosi 
sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi 
kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», 
«o’rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, 
o’z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Keyinchalik Arastu 
«Metaflzika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham 
izohlagan. 
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o’rganishni 
aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda 
ko’proq politika va ritorika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida 
tizimga tushirilgan edi. Chunki o’sha davrda qo’shinni, mamlakatni va odamlarni 
boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega 
bo’lgan. Ammo o’sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy 
tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar 
sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va 
mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali goyoki shakllanmagan fan bilan 
shug’ullangani va yoshlarni bu ilm yo’liga boshlab, ularning noto’g’ri tarbiyasiga 
sabab bo’lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi 
Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki 
bo’lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, 
ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko’targan. O’sha davrdan boshlab falsafa o’z 
qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo'lgan fanga aylangan. 
Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar. 


164 
XVII—XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga 
keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), 
«miqdor» (birlik, ko’plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va 
harakat, o’zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va 
novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o'laroq, Hegel esa 
mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, she’uog), «mohiyat» (asos, hodisa, 
mavjudlik), «tushuncha» (obektiv, subektiv, absolyut g’oya) tarzida izohlagan. 
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib 
aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) obektiv 
voqelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o’zaro bog’lanish va aloqadorligini 
mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan 
o’zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan 
tarixiy-mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko’pchilik mutaxassislar kategoriyalar 
olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini 
ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo’shiladilar. Bu 
ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar 
falsafaning ana shunday kategoriyalaridir. 
Falsafada o’z xususiyatlariga ko’ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy 
bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular 
narsa va hodisalarning muayyan yo’nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan 
barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog’lanish va alo ladorlik munosabatlarini 
ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog'lanish, aloqadorlik va 
munosabatlarning yaxlitligi bilish jara yonining uzluksizligini ta’minlaydigan 
umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish