O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov


Miqdor va sifat o’zgarishlari birligi



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

Miqdor va sifat o’zgarishlari birligi. 
Bizni qurshab turgan narsa va hodisalarni 
o’rganar ekanmiz, ularni bir-biridan farq qildiruvchi narsalar: 
sifat, miqdor
va 
me 
‘yor 
ekanini ko’ramiz. 
Sifat deb, 
narsa va hodisalarga nisbiy barqarorlik bag’ishlaydigan, ularning 
ichki muayyanligini ta’minlaydigan, bir narsa va hodisani ikkinchi narsa va 
hodisadan farq qildiradigan barcha muhim belgi va xususiyatlar birligiga aytiladi. 
Ma’lumki, tabiat va jamiyat juda ko’p xilma-xil narsalar, voqea va hodisalarning 
birligidan tashkil topgan. Ularning bunday xilma-xilligi narsa va hodisalar o’rtasidagi 
sifatiy tafovutlarning ifodasidir. Masalan, noorganik tabiat bilan organik tabiat sifat
jihatdan bir-biridan farq qiladi. Organik tabiat o’z atrofidagi muhit bilan uzluksiz 
modda almashinib turadi. Noorganik tabiatda bunday modda almashinish bo’lmaydi. 
Sifat bir narsani ikkinchi bir narsadan ajratibgina qolmasdan, balki uning boshqa 
narsalar bilan bog’liqligini ham ko’rsatadi. Shuning uchun muayyan sifatga ega 
bo’lgan narsa va hodisalarni bir-biridan ajratib, bir tomonlama o’rganish bilan 
chegaralanmay, balki ularni bir-biri bilan bog’laydigan umumiy xususiyatlari asosida 


154 
ham o’rganish zarur. Agar organik tabiatdagi tirik organizmning atrof-muhit bilan 
modda almashinishi to’xtab qolsa, bu organizm halok bo’ladi, o’zining tiriklik sifatini 
yo’qotadi, chunki tirik organizmning tirikligi, undagi-hayotning mohiyati — modda 
almashinuvidan iborat. 
Narsa va hodisalarning sifati, ularning xususiyatlari orqali namoyon bo’ladi. Har 
bir narsa yoki hodisa ko’pgina xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlardan bir qanchasi 
birikib, shu narsa yoki hodisaning muayyan sifatini tashkil qiladi. Narsa va 
hodisalarda xususiyatlar ko’p bo’lib, ularning muhim, nisbiy turg’unlarigina sifatni 
tashkil etadi. Sifat narsa va hodisaning mohiyati bilan bog’liq bo’ladi. 
Narsa va hodisalar no muhim xususiyatlarini yo’qotishlari yoki yangidan hosil 
qilishlari natijasida muayyan sifatlarini o’zgartirmaydilar. Agar bu narsa va hodisalar 
o’zlarining muhim xususiyatlarini yo’qotsa yoki o’zgartirsalar, ular yangi sifatga 
o’tadilar. Masalan, benzin uchun rang muhim xususiyat emas. Benzin rangini 
yo’qotgani yoki boshqa rangga kirgani bilan u boshqa suyuqlikka aylanmaydi. Tez 
yonuvchanlik esa, benzinning muhim xususiyatidir. Benzin o’zining bu xususiyatini 
biror sabab bilan yo’qotsa, u dvigatel uchun boshqa kimyoviy moddaga aylangan 
bo’ladi. 
Borliqdagi narsa va hodisalar bir-biridan nafaqat sifatlari bilan, balki miqdorlari 
bilan ham farqlanadilar. Ularning sifatlari doimo miqdorlari bilan birga mavjuddir. 
Narsa va hodisalardagi son, hajm, daraja kabi tomonlarning muayyanligi miqdor 
deb ataladi. 
Narsa va hodisalarda miqdor turlicha ifodalanadi. Ularda miqdor bir holatda son 
tariqasida, ikkinchi holatda o’lchov darajasi tariqasida, uchinchi holatda esa narsa va 
hodisalarning makondagi o’zaro munosabati (uzunligi, kengligi, balandligi) tariqasida 
ifodalanadi. 
Ijtimoiy hodisalarda ham sifat va miqdor birlikda bo’ladi. Masalan, bir ijtimoiy 
tuzum ikkinchi ijtimoiy tuzumdan ishlab chiqaruvchi kuchlarining taraqqiyoti, ishlab 
chiqarish munosabatlarining xarakteri sifat jihatidan farq qilishi bilan birga, ishlab 
chiqarishning o’sish sur’ati, unumli mehnatda band odamlaming soni, milliy 


155 
daromadning miqdori, uning jamiyat a’zolariga taqsimlanishi (miqdor) va shu 
kabilar bilan farq qiladi. 
Har bir narsa va hodisa muayyan miqdor va sifat birligidan iborat meyorga ham 
ega bo
!
ladi. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish