Toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/128
Sana26.02.2022
Hajmi18,93 Mb.
#468020
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash. Qodirova S. 2020

15.1
-
rasm
.Frankfurt shahridagi Badiiy hunarmandchilik muzeyi, Germaniya, 
arxitektor R.Meyer, 1979-1984. 
15.2. Shaharsozlik yechimi 
Muzey binolari uchun joylashuvning shaharsozlik vaziyatiga bog‘liq ravishda 
uchta asosiy turini ajratish mumkin: 

park zonasida
– orol ko‘rinishidagi erkin joylashuv; 

qurilgan binolar rekonstruksiya qilinayotgan
zonadagi joylashuv; 
- shaharning 
madaniy markazi tarkibidagi
joylashuv. 
Muzey shahar tashqi muhitidan maksimal tarzda ajratilgan bo‘lib, yashil 
o‘simliklar bilan himoyalangan, havoni filtrlash va tozalash tizimi bilan 
jihozlangan bo‘lishi lozim. Muzey shahardagi imoratlar o‘rtasida joylashtirilsa, u 
holda uning uchastkasi aniq ajratilishi zarur. Muzey binosi orol ko‘rinishida 
joylashtirilganida, uning chegaralarini shartli ravishda ko‘rsatishga yo‘l qo‘yiladi. 
Muzey uchastkasiga yondosh shahar yoki park hududi ham, garchi, rasman 
muzeyga tegishli bo‘lmasada, agar muzeyning tashqi qiyofasiga mos tushsa va 
uzviyyaxlitlikni tashkil etadigan bo‘lsa, muzeyga taalluqli bo‘lishi mumkin. Muzey 
uchastkasi kelgusida muzey kengaytirilishi uchun imkoniyat berishi lozim. Muzey 
uchastkasining maydoni kolleksiyalar o‘lchami va turiga bog‘liq tarzda 
belgilanadi. Muzey uchastkasi quyidagi funksional zonalarga bo‘linadi: kirish, 


241 
ekspozitsiya, rekreatsiya, xo‘jalik. Barcha zonalar, ayniqsa, birinchi uchta zona 
aniq bo‘linishga ega bo‘lmasliklari mumkin. 
Kirish zonasi
. Muzeyga kirish zonasi “qizil liniya”dan kamida 15 metr 
masofada joylashib, ba’zida ochiq joydagi eksponatlar o‘rnatilgan holda, 
psixologik tayyorgarlik zonasini tashkil qilishi lozim. Muzeyga yaqinlashishda bu 
zonada psixologik nuqtai nazardan vaekspozitsiya bilan tanishish uchun diqqat 
yo‘nalishini o‘zgartirish maqsadida tashrif buyuruvchilarga zarur bo‘lgan pauza 
yaratiladi. Kirish zonasini obodonlashtirishda kichik me’moriy shakllar, axborot va 
reklama vositalari, ayrim hollarda esa – yirik va predmetli eksponatlar ishlatiladi. 
Kirish zonasi yaqinida ekskursiya avtobuslari va avtomashinalar turargohi tashkil 
qilinadi. Kirish zonasi, bino joylashuvi va uning tevaragiga bog‘liq ravishda, 
hashamdor va tantanavor yoki, aksincha, oddiyroq qilib tashkil qilinishi mumkin. 
Muayyan shaharsozlik sharoitlarida jamoat markazi maydonining bir qismi 
muzeyga kirish zonasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Avtomobil turargohlari 100 
ta tashrif buyuruvchi uchun 10-15 o‘rin hisobidan tashkil qilinadi. 
Ekspozitsiya zonasi
funksional va kompozitsion nuqtai nazardan eng muhim 
ahamiyatga ega. Ekspozitsiya muzey uchastkasida bino yaqinida joylashishi yoki 
tomoshabinlarni jalb qilish maqsadida ko‘cha bilan bog‘langan bo‘lishiham 
mumkin. Bu zona relefning tabiiy imkoniyatlariva obodonlashtirish elementlaridan 
foydalanib tashkil etilgan xushmanzarali rejaviy tuzilmasi bilan ajralib turadi. 
Ekspozitsiya, aksariyat hollarda, bino yaqinida, ichki hovlilar va birinchi qavatning 
qurilmalari bo‘lmagan qismi – galereya, o‘tish yo‘llari va shu kabilarda 
joylashtiriladi. Ekspozitsiya, muzeyning ta’sir zonasiga yon-atrofdagi maydonlarni 
kiritish maqsadida,muzey yoniga, tomoshabinlar yig‘iladigan joylarga olib 
chiqilgan holda, ko‘cha yoki maydon bilan bog‘lanishi mumkin. Ochiq 
ekspozitsiya uchun rivojlangan sokolli qavatlar qoplamalari, maxsus podiumlar va 
maydonchalar ajratiladi. Ba’zida, eksponatlarni turli rakurslardan ko‘rish uchun, 
ekspozitsiya relef bo‘yicha turli, jumladan chuqurlashtirilgan sathlarda ham 
joylashtiriladi. Eksponatlari chimli ochiq maydonchalarda, daraxtlar guruhi ichida 
joylashtirilgan xushmanzarali rejaviy tuzilmalar keng tarqalgan.


242 
Bunday joylashtirishda tomoshabinlar muayyan manzaraga ega yo‘nalish 
bo‘yicha harakatlanadilar. 

Download 18,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish