REJA:
Dala tajribalarini joylashtirish
Uni o‘tkazish texnologiyasi
Dala tajribalaridan olingan ma’lumotlar ularni oldiga qo‘yilgan talablarga to‘g‘ri rioya qilingan taqdirdagina to‘g‘ri va qoniqarli hisoblanadi. Tajribani bajarishning qaysi bosqichda bo‘lishidan qat’iy nazar, yo‘l qo‘yilgan har bir xatolikni tajriba noto‘g‘ri joylashtirilsa, ekish noto‘g‘ri bo‘lsa, mineral o‘g‘it me’yoridan noto‘g‘ri solinsa yoki hosilni noto‘g‘ri terib olinsa. Yil davomida uni to‘g‘irlash, imkoniyati bo‘lmaydi.
Tajriba noto‘g‘ri joylashtirilsa, ekish noto‘g‘ri bo‘lsa, mineral o‘g‘it me’yoridan noto‘g‘ri solinsa yoki hosilni noto‘g‘ri terib olinsa. Ushbu xatoliklarni matematik yo‘l bilan ham ishlab chiqib to‘g‘irlash mumkin emas. Shuning uchun tajribadan aniq va ishonchli ma’lumot olishning birdan bir yo‘li: bu dala tajribalariga qo‘yilgan talablarning to‘g‘ri bajarishdan iborat.
Dala tajribalarini to‘g‘ri joylashtirish tajriba uchun qo‘yilgan talablarning asosiylaridan biridir. Dalada tajribani to‘g‘ri joylashtirish uchun avvalombor, maydonning hamma tomonlarini o‘lchab siljimaydigan muallaq qismlarga sim yog‘och yoki biror daraxtga nisbatan necha metrda joylashganligini ko‘rsatib aniq masshtab (o‘lchamlar) asosida dala jurnaliga tushirib qo‘yish kerak. (10-rasm). Agarda dala jurnaliga tushiriladigan tajribada millimetrovka qog‘ozga chizilsa, yana aniqroq chiqadi. Dalaning chekkasida muallaq narsa bo‘lmasa, u holda uzun qoziqlar (reyperlar) qoqiladi.
Tajribani joylashtirish.
Tajribalarni bu tartibda joylashtirilsa, kuzatuvchi uchun variantlarni ajratishda osonlik tug‘dirsa, ikkinchi tomondan esa, ko‘p yillik va uzoq muddatlik dala tajribalarida o‘rganilayotgan omil bu yildan keyin ham shu o‘ringa tushirishi uchun qulay bo‘ladi. Tajribalardan mineral o‘g‘itlarning me’yorini yoki chuqur haydovning kelgusi yildagi qayta ta’siri o‘rganilayotgan bo‘lsa, u holda, albatta, hamma variantlar o‘rni o‘rniga tushishi kerak.
Dala tajribalarini joylashtirish uchun dastlab kerakli qurollar: to‘g‘ri burchak chiqarishi uchun teodolit yoki eker, 10 yoki 20 metrli ruletka, uzunligi 150-200 metrli pishiq ip, diametri 3-4 sm.lik 30-35 sm.lik uzunlikdagi 25-30 ta yog‘och qoziq va boshqalarni tayyorlab olish kerak. Dalada tajriba maydonini shunday joylashtirish kerakki, hamma variantlar va qaytariqlarni yuqori va quyi qismlarida 5-10 metrgacha shu ekinlar ekilgan himoya maydonlari qolishi kerak. Dala tajribasini joylashtirishda variant va qaytariqlarning maydonlarni ajratishda juda aniqlikka amal qilinishi zarur. O‘lchamlar metr hisobida xatolik 10 sm. dan oshmasligi kerak. Agar bu xatoliklar ortib ketsa, variantlar o‘rtasida joylar qolib, terib olingan hosilni hosildorlikka aylantirishda xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Bu xatoliklar ortib ketsa, variantlar o‘rtasida joylar qolib terib olingan hosilni hosildorlikka aylantirishda xatolikka yo‘l qo‘yiladi.
Tajribani joylashtirishda yana tuproqning tekislik darajasi ekish yo‘nalishi, qiyalik darajasi, sug‘oriladigan tomonlar, o‘qariqlarning o‘rni kabi ko‘rsatkichlarini ham hisobga olish kerak.
Dala tajribalarining samaradorligi tajribaning oxirgi ko‘rsatkichidan olingan hosildorlikka bog‘liq. Hosildorlik esa o‘z navbatida terib olingan maydonning (hosildorliligiga) yuzasiga bog‘liqdir. Har gektar maydondan olingan hosilni hosildorlikka aylantirishda variantning hisobga olinadigan maydonning yuzasi asosiy ko‘rsatkich bo‘ladi. Hamma variantlarni hisobga olishda maydonlarning yuzasi bir xil bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bu xol hisob-kitob ishlarini engillashtiradi. Hisobga olish maydonining bir bo‘lishi esa variantlarni tajriba maydonida joylashtirishga bog‘liq. Buning uchun tajriba variantlarining burchaklari to‘g‘ri burchak bo‘lishi shart. Tajriba maydonlarining burchaklarida to‘g‘ri burchak chiqarish uchun ekker degan uchmakdan foydalanish mukmkin.
Ekker bo‘lmasa, u holda to‘g‘ri burchakli uchburchaklar uchun Pifagor teoremasidan foydalaniladi. Ushbu teoremada, to‘g‘ri burchakli uchburchaklarda gepotinuzaning kvadrati katetlar kvadratlari yig‘indisiga teng deyiladi, ya’ni S2 =A2 +V2 bo‘ladi. Dala tajribalarining burchaklarini 900 qilish uchun 5-10 m. ichkariga kirib, qulay joyga (chekkalarida daraxtlar, stolbalar bo‘lgan) qoziq qoqiladi. Eshik yo‘nalishi bo‘yicha, ya’ni AS kateti bo‘yicha 4 m o‘lchanib, qoziq qoqib qo‘yiladi. Dastlabki S qoziqdan ko‘ndalangiga V burchak yo‘nalishi bo‘yicha 3 m o‘lchaymiz va yana qoziq qoqib qo‘yamiz. AS va VS katetlarning uzunligi aniq bo‘lganligi uchun AV gipotenuzaning uzunligi esa Pifagor teoremasi bo‘yicha aniqlaymiz.
S2=A2 +V2 = 42 +32= 16 +9= 25
S=25=5C=5 demaak, A va V qoziqlar o‘rtasidagi masofa 5 m bo‘lgunicha u yoki bu yoqqa tomon siljitiladi. Shundagina tajribaning bir tomonidagi S burchak to‘g‘ri burchak bo‘lib, 90 ga teng bo‘ladi. Eshik sxemasi aniq bo‘lgandan keyin variantlarni joylashgandagi kengligi aniq bo‘ladi.
A
S V
Shu usul bilan keyingi burchakni ham to‘g‘rilanadi. Har ikkala burchakdan uzunligi o‘lchanib, to‘g‘ri to‘rtburchakli maydon tashkil qilinadi. Dala tajribalarining maqsadi bo‘yicha urug‘ni ekkandan keyin ham joylashtirish mumkin bo‘lsa, variantlarni ekib bo‘lgandan keyin joylashtirilsa, yanada aniq bo‘ladi, ya’ni variantlar o‘rtasida va variantlarning qatorlari o‘rtasida ortiqcha joy qolmaydi.
Dala tajribasi to‘liq joylashtirilgandan keyin, maydon qaytariq va variantlarga bo‘lib joylashtiriladi. Hamma variantlar ularning nomeri ko‘rsatilgan qoziqlar bilan ajratiladi. Qoziqlar ko‘rib o‘qish va farqlashga oson bo‘lishi uchun yuritiladigan yo‘lakka nisbatan 130-140 qilib qoqiladi. Yog‘ingarchiliklarda o‘chib, bo‘yalib ketmasligi uchun qoziqdagi yozuvlar oddiy qora qalam bilan yoziladi.
Dala tajribaning atrofida hisobga olinmaydigan, lekin tajribada o‘rganilayotgan ekinlar ekiladigan 3-4 m. Masofada himoya maydoni bo‘ladi. Dala tajribasi uchun muallaq nuqta yoki jism bo‘lmasa, u holda reper (temir qoziq) lardan foydalaniladi. Reper sifatida bir yoki bir yarim metr uzunlikdagi har xil ishdan chiqqan temir naylar yoki paxta teradigan mashinaning eski shpendellaridan tayyorlanadi. Pastki tomonga tortganda ko‘chmasligi uchun 15-20 sm. truba yoki temirlardan svarka qilinib, kavlab, ko‘mib qo‘yilsa, yanada pishiq bo‘ladi. Dala tajribalar ko‘p yillik bo‘lsa, bu reperlarning o‘rni yanada muhimdir. Dala tajribasini o‘tkazishda olib borilgan agrotexnik tadbirlar, dala ishlari hamma sharoitlarda bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. Tajriba qaytariqlarining yarmigacha mineral o‘g‘it solinib, keyin yomg‘ir yog‘ib qolgan variantlarga bir kun o‘g‘it solinsa, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga ancha ta’sir ko‘rsatadi. Bunda mineral o‘g‘it me’yori bir bo‘lishiga qaramasdan bir xil variantlar o‘rtasidagi natijalardan katta farq kelib chiqishi mumkin. Shuning uchun dalada bajarilayotgan hamma ishlar bir xil muddat yoki bir xil usulda bajarilishi maqsadga muvofiqdir. Dala tajribalarida bajariladigan ishlarga qo‘yiladigan talablardan yana biri-qisqa muddatlilik hisoblanadi. Bundan tashqari, tajriba maydoniga solinayotgan mineral va organik o‘g‘itlarning bir tekisda taqsimlanishini ham nazorat qilishi zarur. Shu bilan birga qo‘llanilayotgan organik o‘g‘itlarning tarkibi hamma ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir xil bo‘lishi shart. Organik o‘g‘itlarni har bir variantiga alohida me’yorda solish kerak bo‘lsa, u holda bu ish qo‘lda tortib bajarilsa aniq bo‘ladi. Mineral o‘g‘itlarni qo‘llash muddatlarida ekishdan oldin solish kerak bo‘lsa, u holda variantlar bo‘yicha alohida me’yor qo‘lda yoki alohida moslamalar bilan bir tekis qilib taqsimlanishi kerak. Dala tajribalarida bajariladigan agrotexnik tadbirlarning asosiylaridan biri asosiy ishlov (kuzgi shudgor) bo‘lib hisoblanadi.
Shuning uchun, kuzgi shudgorni amalga oshirishda dala yaxshi tozalanib, ekish yo‘nalishiga perpendikulyar holatda bajarilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu hollarda shudgor vaqtida paydo bo‘lgan jo‘yak yoki marzalar hamma variantlarga teng taqsimlanadi. Jo‘yak yoki marzalar ekishdan oldin tekislanganda ham tuproq unumdor qatlami siljishi mumkin.
Tuproqqa ishlov berishning qolgan turlarida (ekishgacha va ekishdan keyingi) ham bajarilayotgan protsesslar bir xil muddatda, shu bilan birga hamma qatorlardagi ishchi organlarning chuqurligi va kengligi bir xil qilib o‘rnatilish kerak.
Qishloq xo‘jalik ekinlarini yaxshi ham dala tajribalarida hal qiluvchi asosiy omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, hamma madaniy ekinlarning urug‘lari namligi va iqtisodiy (effektiv) haroratiga munosabati yoki talabi har xil. Dala tajriba maydonida, o‘rganilayotgan ekinlarning turiga qarab, ekish muddati ham har xil bo‘ladi. Madaniy ekinlar ichida beda tuproqning harorati 5 0S dan boshlab ekila boshlaydi. + 10 0S dan boshlab esa makkajo‘xori, +12 0 , +14 0S dan boshlab esa chigit ekila boshlaydi. Shuning uchun madaniy ekinlar uchun aniq kalendar muddati qo‘yilmasdan, tuproqdagi haroratga va namlikka qarab ekiladi. Ekish vaqtida hamma qatorning ekish chuqurligi, bir xilligi, ekish davomida doimiy nazoratda bo‘lishi shart. Agar nav sinash tajribalari bo‘lib, urug‘ qo‘lda ekilganda ham ekilayotgan urug‘ning tushish chuqurligiga katta ahamiyat berish kerak. Aks holda, har xil chuqurlikka tushib qolib, unib chiqishi har xil bo‘ladi. Shu bilan birga tajribaning mohiyatiga ham bir oz ta’sir qilishi mumkin, ekish apparatlarining yonma-yon qatorlari orasidagi va hamma qatorlar orasidagi masofalar ham bir xil bo‘lishi kerak.
Dala tajribasida o‘rganilayotgan omilning unib chiqishiga ta’siri o‘rganilayotgan bo‘lsa, u holda har bir uyaga tushayotgan urug‘lar soni ham bir xil bo‘lishi shart. Sababi, urug‘larning unib chiqish energiyasi urug‘ soniga bog‘liqdir. Buning uchun har gektar maydonga va shu bilan birga har bir variantga tushayotgan urug‘lar miqdorini to‘g‘ri moslash kerak. Ekishdan oldin, ekish apparatlari bir necha bor sinab ko‘riladi. Har gektar maydonga sarflanadigan urug‘larning me’yorini aniqlashda ularning unuvchanlik darajasi, ekishga yaroqliligi va kasalliligi kabi ko‘rsatkichlarini ham hisobga olish kerak. Ekish paytida ekish apparatlari tajribani hisobga olish, maydonlarda to‘xtamasligi maqsadga muvofiqdir. Aks holda urug‘larni bir teksida tushishi ta’minlanmaydi.
Tajriba maydoniga qarab talab qilinadigan urug‘ miqdorini aniqlash uchun ekin sxemasi bo‘yicha jami maydondagi nazariy uyalar soni aniqlanadi. Har uyaga tushishi zarur bo‘lgan urug‘lar soni va 1000 dona urug‘ning massasi aniqlanib, unuvchanlik darajasi ham hisoga olinadi.
Misol: Ekish sxemasi 60x20 - bo‘lib, 1 ta uyaga o‘rtacha 5 donadan chigit tushishi kerak bo‘lsa va 1000 dona chigitning massasi 110 gr. bo‘lganda, urug‘ normasini quyidagicha hisoblash mumkin. Dastlab 1 gektar maydondagi uyalar soni hisoblab chiqiladi. 1 gektar (10000 m2) uzunligi va kengligi 100 m. dan bo‘lganda, 100 metrda joylashadigan qatorlar soni aniqlanadi. 0,6 - 1 ta 100 - X
X = = qator joylashadi.
1 ta qatordagi uyalar soni esa quyidagicha aniqlanadi.
0,2 m - 1 ta uya X ta uya
100 m - x ta uya
1ta maydondagi jami uyalar sonini aniqlash uchun 1 qatordagi uyalar sonini (500) 1 ga maydondagi qatorlar soniga (166,7) ga ko‘paytiramiz. 500 x 166,7 = 83 350 dona nazariy uyalar mavjud bo‘ladi. Tajriba maydoni aniq bo‘lganligi uchun shu maydonga talab qilinadigan chigit miqdori ham aniqlanadi. Agar tajribamiz 4 ta qaytariq (P=4) va 5 ta variantdan (e=5) iborat bo‘lsa jami bo‘lakchalar (delyannalar soni № 5x4=20) soni 20 dona bo‘ladi. Maydonning uzunligi 100 metr va har bir variantda 8 tadan qator bo‘lganida variantning umumiy maydoni (Sb=100x4,8=480 m2) 480m2 bo‘ladi. Tajriba maydonining jami maydoni (St=480x20=9600m2) esa 9600 m2 ni tashkil etadi 1 ga maydonda, 1000m2 - 83 350 dona uya 9600 m2 - X 9600 x 83 350
X dona uya mavjud bo‘ladi.
Har bir uyaga 5 donadan chigit tushsa, 1 ga maydonga tushishi kerak bo‘lgan chigitlar soni quyidagicha aniqlanadi.
81615 x 5 - 408075 dona
Agar 1000 dona chigitni massasi 110 gr.ni tashkil etsa 1 ga erga ketadigan jami chigit miqdorini aniqlanadi.
1000 - 110 gr 408075 x 110 408075 - x X = 44888, 3 gr yoki = 44,9 kg 45 kg chigit talab qiladi. Tajriba maydonining hisobga olish maydonlardan tashqari himoya maydonlarini ham hisobga olib, keyingina urug‘ olinishi kerak. Tajriba maydonidagi agatlarning to‘g‘ri ekilishiga traktor va ekish apparatining birinchi yurish yo‘liga bog‘liq. Agar dastlabki agatlar to‘g‘ri olinsa, qolganlari ham shunga mos holatda to‘g‘ri chiqadi. Agatlarni to‘g‘ri chiqishligi uchun, ekish himoya qatorlari joylashadigan maydondan har 4-5 m. Masofaga traktorning oldi g‘ildiragi to‘g‘risiga qoziq qoqib chiqiladi va maydoni chekasiga muallaq narsaga mo‘ljallab ekiladi.
Dala tajribalarida bajariladigan hamma agrotexnik tadbirlar, ya’ni o‘rganilayotgan omildan boshqa ishlar hamma variantlarda bir xilda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |