9- mavzu. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirish modellari hamda ekspert baholash usullari reja



Download 370 Kb.
bet1/5
Sana19.12.2022
Hajmi370 Kb.
#891207
  1   2   3   4   5
Bog'liq
9- mavzu. Ishlab chiqarishni rivojlantirish va joylashtirish mod


9- mavzu. ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH VA JOYLASHTIRISH MODELLARI HAMDA EKSPERT BAHOLASH USULLARI


Reja:

  1. Xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirish masalalari va uning turlari.

  2. Bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni joylashtirish va rivojlantirish modellari.

  3. Ko’p turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni joylashtirish va rivojlantirish modellari.

  4. Ekspert baholash usullari.




  1. Xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirish masalalari va uning turlari

O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy turli-tuman va korxonalardan iborat bo’lib ular respublika xududining turli joylarida faoliyat olib boradilar. Ularning samarali faoliyati respublika iqtisodiyotini asosini tashkil qiladi, shuning uchun ham ularni samarali joylashtirish va rivojlantirish doimo dolzarb muammodir. Respublikaning barcha xududlari tabiiy resurslar va ishchi kuchlariga boydir.
Iqtisodiy nazariyadan ma’lumki har bir tarmoqning korxonalarini rivojlantirish va joylashtirishga turli xildagi omillar ta’sir etadi va ularni hisobga olish talab qilinadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir tarmoqning, korxonaning rivojlanishi va joylashishi uning mahsulotiga bo’lgan talablarning shakillanishi bilan aniqlanadi. Tarmoq sistemasini optimallashtirishda uning mahsulotiga bo’lgan talab bilan birga quyidagi asosiy elementlar va jarayonlarni ko’rsatish mumkin:
-ishlab chiqarish korxonasi ishlab chiqarish asosi bo’lib tarmoq masalasida asosiy elementdir. Masalaning qo’yilishiga qarab bu korxonalar guruxi, korxona yoki sex, uchastka bo’lishi mumkin;
-korxonaning faoliyat olib borish turlari – bu uning ishlab chiqarish harakteristikasi bo’lib, ishlab chiqarish harajatlari va natijalarining miqdorini, samaradorligini bildiradi;
-transport aloqalarini amalga oshirish turlari – ob’ektdan,korxonadan iste’molchilarga mahsulotni tashib ketish shartlarini harakterlaydi. Bunda yuk tashish yo’nalishi, transport turi va samaradorligi aniqlanadi.

Ishlab chiqarishni optimal rivojlantirsh va joylashtirish modellari tanlangan maqsad mezoniga qarab quyidagi muammolarni aniqlashga imkon beradi:


a) ishlab chiqarish korxonalarini rivojlantirish, joylashtirish va ixtisoslashtirish;
b) mavjud texnologiyalar ichidan eng samaralilarini tanlash;
v) yangi qurilish va qayta jixozlash o’rtasidagi optimal nisbatni tanlash;
g) transport aloqalarini aniqlash;
d) rivojlantirish uchun zarur bo’lgan kapital mablag’lar va boshqa resurslarga bo’lgan talabni aniqlash va ularni samarali taqsimlash;
e) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni samaradorligini baholash;
Korxonalarni rivojlantirish va joylashtirish modellari mazmuni, ko’rib chiqilishi va boshqa belgilari bo’yicha turli tiplarga bo’linadi. Iqtisodiy –matematik modellashtirish nazariyasi va amaliyotiga bag’ishlangan adabiyotlardan quyidagi tiplari keltirilgan:
-optimallashtirilayotgan sistemani (tarmoqni) ifodalanishiga qarab bir bosqichli va ko’p bosqichli. Bir bosqichli masalada sistema bir butun deb faraz qilinadi va shunday holda bir model yordamida modellashtiriladi. Ko’p bosqichli va ular orasidagi munosabatlar bilan birgalikda optimallashtiriladi;
-tanlangan maqsad mezoniga qarab tuzilgan masala harajatlarini minimallashtirish, talabi yuqori bo’lgan kamyob mahsulotlarni ishlab chiqarishni maksimlashtirish, olinadigan foydani maksimallashtirish, tejamkorlik samarasini oshirish va boshqalar;
-masalaga kiritilgan yillar davriga qarab statistik va dinamik modellar;
-ishlab chiqarish usullariga va kiritilgan o’zgaruvchilarning o’zgarishiga qarab diskret / o’zgarmovchi / va o’zgaruvchi harakterli modellar;
-masalaga kiritilgan mahsulotlar va resurslar turlari bo’yicha bir mahsulotli va ko’p mahsulotli ishlab chiqarish modellari;
-ishlab chiqarish rejasiga transport omilini ta’sirini hisobga olish bo’yicha ishlab chiqarish va ishlab chiqarish-transport modellari;
-ishlab chiqarish korxonalarini qamrab olinishiga qarab bir etapli va ko’p etapli modellar;
-transport aloqalarini ifodalanishiga qarab ishlab chiqarish-transport masalasi turli va jadvalli modellarga bo’linadi.



Download 370 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish