14.11
-
rasm.
Yozgi teatrlar sxemalari:
I – yozgi teatr-konsert zali (sahnalar turi: a – chuqur, alohida joylashtirilgan;
b – uch tomonli – panoramali, ochiq; v – chuqur – uch tomonli, yopiq,
tomoshabinlar o‘rinlari transformatsiya qilinadigan; g – chuqur – orqa tomoni
transformatsiya qilinadigan); II – tabbiy va tarixiy-me’moriy teatr (sahna turlari:
a – frontal cho‘zilgan; b – halqasimon, aylanuvchi amfiteatr bilan; v –uch
tomonli – halqasimon; g – kombinatsiyalashgan, yon-atrof bilan keng front
bo‘yicha tutashgan; d – tabiiy yoki me’moriy fonli panoramali); III – inshoot
kooperatsiyasi (a – ochiq amfiteatr, yil bo‘yi ishlaydigan teatr bilan; b – shahardagi
zal tomidagi ochiq amfiteatr; v – ochiq amfitetar, yopiq raqs zali bilan; g – bir
nechta amfiteatrlar; 1 – sahna maydonchasi; 2 – boshqa turdagi inshoot).
238
14.12
-
rasm.
Ruan shahridagi “Le Zenit” konsert zali, Fransiya, arxitektor
B.Chumi, 2001.
239
XV BOB. MUZEY VA KO‘RGAZMA BINOLARI
15.1. Umumiy holatlar
Eksponatlarni saqlash va tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsa
tish muzeylar
faoliyatining asosini tashkil qilib, xonalar tuzilmasi, tarkibi va maydonini belgilab
beradi. Muzeylarni loyihalashda ikkita asosiy texnologik oqim – tashrif
buyuruvchilar marshruti va eksponatlar hamda xodimlar harakatlanishi yo‘llarini –
masimal ajratish prinsipi amalga oshirilishi lozim .
Muzey faoliyati yo‘nalishini binoning murakkab hajmiy-rejali tuzilmasi
belgilab berdi. Xonalarning o‘zaro bog‘liqligi tashrif buyuruvchilar va muzey
xodimlari oqimlarining intensivligi va muntazamligi bilan tavsiflanadi va quyidagi
asosiy variantlarda berilishi mumkin: xonalar va intensiv oqimlar o‘rtasidagi
doimiy bog‘liqlik ular o‘zaro yaqin va qulay, yo‘llarning boshqa oqimlar bilan
kesishishini istisno qilgan holda joylashishini talab qiladi: bu, birinchi navbatda,
vestibyul-ekspozitsiya zallari guruhi va ekspozitsiya zallari guruhi ichidagi
bog‘lanishlarga taalluqlidir;
- xonalarning intensiv oqimlar bilan kam sonli bog‘liklar, bunda asosiy
maqsad boshqa intensiv oqimlar bilan kesishishga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat
bo‘lib, xonalarga qulay tarzda kirish-chiqish imkonyatlari ham ko‘zda tutiladi;
- xonalar va kam sonli harakatlanishlar o‘rtasidagi doimiy bog‘liqlik, bunda
ular qulay va yaqin joylashishini talab qilinadi; oqimlarning kesishishi muhim
ahamiyatga emas; bu kabi bog‘lanish fondlar saqlanadigan xona, fotolaboratoriya
va ustaxonalar, ekspozitsiya zallari, dam olish joylari, ma’muriyat xonalari
o‘rtasida bo‘lishi kerak;
- kam sonli va epizodik harakatlanishlar istalgan xonalar guruhlari o‘rtasida
yuzaga kelishi mumkin, lekin ular asosiy xonalarning o‘zaro joylashuviga ta’sir
o‘tkazmaydi.
240
Do'stlaringiz bilan baham: |