14.8
-
rasm.
Novosibirsk shahridagi Yosh tomoshabinlar teatri, Rossiya,
arxitektorlar A.Sabirov, M.Starodubov, 1966-1971.
230
Yon tarafdagi yoritish lojalari zalning bo‘ylama o‘qiga nisbatan 55
0
va 65
0
gradusli burchaklar bilan chegaralangan va cho‘qqisi avansahnaning oldingi
chegarasidagi zonada joylashtiriladi. Yoritish lojasi o‘rnining kengligi 1,8 metrdan
kam bo‘lmasligi lozim. Tomosha zalining har bir tomonidagi yoritish lojalarining
soni ikkitadan kam bo‘lmasligi kerak. Pastki yoritish lojasi polidan sahna plansheti
sathigacha bo‘lgan masofa kamida 2,5 metr, ustma-ust joylashgan lojalar pollari
sathlarining o‘rtasidagi maofa 2,5 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Lojalar
chuqurligi kamida 2 metr qilib loyihalanadi. Balandligi va kengligi 2 metrdan kam
bo‘lmagan ko‘chma sofit xonasi tomosha zali tepasida shunday joylashtirilishi
lozimki, yoritish asboblarining optik o‘qlari gorizontal tekislikka 50
0
dan 60
0
gacha
burchaklar o‘rtasida, cho‘qqisi avansahna (orkestr o‘rasi bareri)ning old
chegarasidan sahna tomonga 1 metr masofada; 9
0
dan 15-20
0
gacha burchaklar
o‘rtasida, cho‘qqisi o‘yin portali yuqori qismida “qizil liniya”dan sahna ichiga 1
metr masofadagi sathdatushadigan nurlar bilan chegaralangan zonada bo‘lishi
kerak.
Sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar.
Sahnaga xizmat ko‘rsatuvchi xonalar
sirasiga quyidagilar kiradi:
- sahnaga chiqishni kutish uchun xonalar;
- artistlarning pardozxonalari (grimxonalari);
- repetitsiya xonalari;
- omborxonalar.
Sahnaga chiqishni kutish uchun xonalar
bir vaqtning o‘zida tezda kiyim
almashtirish va grimni almashtirish yoki tuzatish, sahnaga chiqishlar orlig‘ida dam
olish yoki so‘nggi tayyorgarlikni ko‘rish, birinchi yordam ko‘rsatish, ijrochilarning
kostyumerlar va rekvizitorlar bilan tezkor bog‘lanishi uchun ham xizmat qiladi.
Amaliyotda bu kabi xonalarning ikkita turi mavjud bo‘lib, birinchisi – o‘lchamlari
nisbatan kichik bo‘lsada, qulaylik darajasi yuqoriroq – dramatik va musiqali drama
teatrlari uchun, ikkinchisi – sahnaga chiqish oldidan so‘nggi tayyorgarlik ko‘rishga
mo‘ljallangan va muvofiq uskunalarga ega qo‘shimcha zonasi bo‘lgan musiqali
komediya teatrlari uchun mo‘ljallangan xonalardan iborat bo‘ladi.
231
Ikkinchi turdagi xonalar yosh tomoshabin teatrlari, pantomima va intensiv
harakatlar bilan bog‘liq boshqa teatrlar uchun ham tavsiya etiladi. Sahnaga chiqish
uchun xona maydoni bir vaqtda yig‘iladigan artistlar sonidan kelib chiqqan holda
belgilanadi. Dramatik va musiqali drama teatrlarida har bir xonada bitta artist
uchun kamida 1,7 m
2
, musiqali komediya teatrlarida – 1,8 m
2
, opera va balet
teatrlarida – 19 m
2
qilib belgilanadi.
Artistlarning pardozxonalari (grimxonalari) sahna yoki repetitsiya kostyumini
kiyish, grimni qo‘yish va olish, gigienik amaliyotlarni bajarish, dam olish,
repetitsiya ishidagi alohida bosqichlarni bajarish, maxsus treninglarni o‘tkazish va
matn hamda boshqa materiallar bilan ishlash uchun mo‘ljallangan. Xonalardagi
artistlar soniga qarab pardozxonalar individual – bitta ijrochi uchun, 2 tadan 6
tagacha kishidan iborat guruhlar uchunva 6 tadan ko‘p artistni sig‘diradigan –
umumiy (yoki ommaviy) bo‘lishi mumkin. Vazifasi (janri) turlicha bo‘lgan teatr
binolari uchun pardozxonalarning uchta asosiy turi loyihalashtiriladi: dramatik,
musiqali drama aktyorlari, musiqali teatr xonandalari va balet artistlari uchun
pardozxonalar. Sahnalashtirish (postanovka)da qo‘llaniladigan anjomlar uchun
omborlar sahnada o‘rnatish uchun tayyor sahna bezaklari va anjomlari
saqlanadigan –
navbatchi ombor
; muayyan teatr mavsumidagi repertuar uchun
mo‘ljallangan barcha bezak va anjomlar saqlanadigan –
joriy mavsum ombori
; kam
qo‘yiladigan yoki repertuardan olingan spektakllar uchun tayyorlangan va qayta
ishlatishga mo‘ljallangan bezak va anjomlar saqlanadigan –
zaxira omborlarga
ajratiladi. Alohida saqlash prinsipiga ko‘ra omborxonalar 8 ta asosiy turga
bo‘linadilar: hajmli va stanok dekoratsiyalari; mebel, butaforiya va rekvizit;
kostyumlar; poyafzal; elektr apparatura va elektr rekvizit; ovoz texnikasi
appraturasi; yumshoq va manzarali dekoratsiyalar; pariklar va boshqa pastijyor
buyumlar saqlanadigan omborlar. S-1-S-5 sahnalar uchun repetitsiya zallarining
o‘lchamlari, vazifalari va soni quyida keltirilgan jadvalga muvofiq qabul qilish
tavsiya etiladi.
232
Do'stlaringiz bilan baham: |