Toshkent arxitektura qurilish instituti



Download 18,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/128
Sana26.02.2022
Hajmi18,93 Mb.
#468020
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128
Bog'liq
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash. Qodirova S. 2020

 
14.4. Klub binolari 
Klub binolari 
tomosha ko‘rsatiladigan
va 
klub faoliyati yuritiladigan
qismlarga bo‘linadi. 
Klublarning tomosha namoyish etiladigan qismiga quyidagilar kiradi: 
- estrada yoki sahna va unga xizmat ko‘rsatuvchi xonalari mavjud ko‘p 
maqsadli tomosha zali (bitta tomoshabin uchun 0,65 m
2
); 
- foye – bitta tomoshabin uchun 0,4 m
2
hisobidan, raqs zallari bilan; 0,6 m
2

raqs zallarisiz; 
- o‘yin maydonchasi; 
- kinoapparat xonasi; 
- hajmli dekoratsiyalar saqlanadigan omborlar; 
- artistlar xonalari. 
Klublardagi tomosha zallarining asosiy o‘ziga xos xususiyatlari: 
- universallik, transformatsiyalarni bajarish imkoniyatlari; 
- klub zali sig‘imi kam bo‘lganida ham leksiya va majlislarni o‘tkazish 
uchun tabiiy yoritilishi lozim (klub xonalari tarkibida maxsus leksiya zali 
bo‘lmagan hollarda), bunda zalni qorong‘ilashtirish tez amalga oshirilishi zarur; 
- klub zali sig‘imi kam bo‘lsada, gorizontal polga va yig‘iladigan estradaga 
ega bo‘lishi lozim. 


235 
O‘rinlarning yon chegaralari portaldan chiquvchi 30
0
gradusli gorizontal 
burchak chegaralarida belgilanadi; o‘rinlarning orqa chegarasi sahna “qizil 
liniyasi” (parda liniyasi)dan 27 metrdan uzoq bo‘lmasligi zarur. Klub foyesi tabiiy 
yoritilganlikka ega bo‘lib, shuningdek universallik talablariga javob berishi, ya’ni: 
turli ko‘rgazmalar, raqs kechalarini o‘tkazishda foydalanilishi, vestibyul 
funksiyalarini bajarishilozim. Klublardagi o‘yin maydonchasi ikki turda bo‘lishi 
ko‘zda tutiladi: tomosha zali bilan birlashtirilgan estrada yoki zaldan portal devor 
bilan ajratilgan sahna. 
Klub faoliyati yuritiladigan xonalar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- leksiyaklublar arxite zali yoki auditoriyasi; 
- kutubxona; 
- turli to‘garaklar xonalari; 
- mehmonxonalar; 
- sport zali; 
- raqs zali; 
- dam olish xonalari. 
Ko‘p funksionallik, ikki qismga bo‘linganlik, moslashuvchan tarzda 
rejalashtirilganlik, ikkala qismining alohida faoliyat ko‘rsata olishi klublar 
arxitekturasining o‘ziga xos tipologik jihatlaridan biridir. Ana shu o‘ziga xos 
xususiyatlar klublarni jamiyatning ijtimoiy hayotida doimo zarur va talab etilgan 
hamda ommabop jamoat binolari sifatida e’tirof etilishiga xizmat qiladilar. Ko‘p 
funksiyali bino sifatida zamonaviy klubga quyidagi tipologik jihatlar xos: 
- ijtimoiy nuqtai nazardan bu binolar, birinchi navbatda, odamlarning o‘zaro 
muloqot qiladigan joyi hisoblanadilar; 
- funksional dasturda, klub faoliyati bilan bog‘liq xonalardan tashqari, ofis, 
savdo do‘konlari, axborot markazi, restoranlar ham bo‘lishi lozim; 
- ichki va tashqi kommunikatsiyalarga alohida e’tibor berilishi lozim; 
- kompozitsion jihatdan ikkita yondoshuv yaqqol ko‘zga tashlanadi: 
kompleksning ko‘p funksiyali elementlari avtonom tarzda mavjud bo‘lishini 


236 
ta’minlovchi rivojlangan ko‘p hajmli kompozitsiya; barcha xonalarni 
joylashtirishdagi yaqqol vertikal zonalashning ustuvorligi; 
- aksariyat hollarda sfera, parallelopiped, piramida kabi “toza” geometrik 
shakllarga murojaat qilinishi; 
- tashqi kompozitsiya rejalashtirish tuzilmasi orqali ifodalanishi; 
- bo‘shliqlardan samarali foydalanish; 
- badiiy obrazning yuqori darajadagi ifodalilikni va ramziylikni ta’minlab 
berishi. 
Bugungi kunda klub binolarining yangi turi – ishbilarmonlar klubi –
shakllanmoqda. Ishbilarmonlar klubi madaniy hordiq chiqarish maskani sifatida 
o‘zining ikki asosiy: ishbilarmonlar uchun dam olish va o‘zaro muloqot muhitini 
yaratish funksiyalarini mujassamlashtirish natijasida shakllanadi. Shunday qilib, bu 
turdagi klub binolarining tarkibida, tomoshalarni namoyish qilish va an’anaviy 
klub faoliyatidan tashqari, ishbilarmonlik bilan bog‘liq faoliyat uchun xonalar 
zonasi ham ko‘zda tutiladi. Bunday zonalarda ofis xonalari guruhi, muzokaralar 
uchun alohida xonalar, majlislar zali, shuningdek universal vazifali bir qator 
xonalar loyihalashtiriladi. 


237 

Download 18,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish