250
bilan belgilanadi. Ekspozitsiya zallari uchun umumiy talablar V.I.Revyakin
tomonidan quyidagicha ta’riflanadi:
-
zallarning fazoviy-rejali va badiiy yechimlari ekspozitsiyalar tematik
tuzilishiga mos bo‘lishi lozim;
-
butun muzey bo‘ylab marshrutni va tanlab turib etakchi bo‘limlarni tomosha
qilish imkoniyati;
-
ekspozitsiyalar to‘ldirilishi va yangilanishi munosabati bilan zallar
tuzilmasiga o‘zgartishlar kiritish imkoniyati;
-
ochiq ekspozitsiya bilan bog‘liqlik;
-
ekspozitsiya zallari tuzilmasiga maxsus dam olish zonalari va
ekspozitsiyalarni tayyorlash va inventar saqlash uchun xonalarini kiritish.
Ekspozitsiya
zallari
fondlar
saqlanadigan
xonalar
va
ustaxonalar
bilanfunksional va texnologik jihatdan bog‘langan bo‘lishlari zarur. Agar ular
binoning turli qavatlarida joylashgan bo‘lsalar, u holda eksponatlarni ko‘chirish
uchun yuk liftlari yoki yuk ko‘targichlar ko‘zda tutilishi lozim. Ekspozitsiyaning
ikkinchi va uchinchi qavatlarda, markaziy kirish zali atrofida joylashtirilishi muzey
binolari uchun eng ko‘p tarqalgan kompozitsiya turi hisoblanadi.
Ekspozitsiyani
uchinchi qavatdan yuqorida joylashtirilishi doim ham maqsadga muvofiq emas
(ko‘p qavatli komplekslar qurilishida avvaldan loyihada ko‘zda tutiladigan holatlar
bundan istisno). Badiiy muzeylarning zallari, tabiiy yoritilishini nazarda tutgan
holda, yorug‘lik tushadigan derazalari shimol tomonga qaratib loyihalanadi; badiiy
grafika eksponatlarini namoyish qilish shartlariga ko‘ra, ular uchun maxsus zallar
ajratilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bitta tashrif buyuruvchi uchun
ekspozitsiya maydoni
3-4 m
2
ni tashkil qiladi. Katta bo‘lmagan muzeylarda
(ekspozitsiya maydoni 500 m
2
gacha) ekspozitsiya
maydonlarida uchrashuvlar,
kinofilmlar namoyishi, shuningdek muvaqqat ko‘rgazmalar o‘tkazilishini nazarda
tutish lozim. Zallarni loyihalashtirishda deraza va eshik o‘rinlarini, qayta
rejalashtirish va ekspozitsiyalarni tashkil qilishni murakkablashtiruvchi muqim
konstruktiv tayanchlar va orayopmalar sonini imkon qadar qisqartirish maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
251
Bu talablarga rioya qilish uchun binoning umumiy sxemasini, qavatliligini, pol
va
ship sathlarini, hajmlar va maydonlar plastikasini tanlash, yorug‘lik va ranglar
uyg‘unligi hamda kompozitsion yechimlarga urg‘u berish kabi me’moriy usul va
vositalarning barchasidan foydalanish lozim. Qator joylashtiriladigan ekspozitsiya
zallarining balandligi 4-5 metr, katta zallar balandligi 6-8 metr, ekspozitsiya
qatorining balandligi esapoldan 0,8-0,9 metr masofada 1,50-1,70
metrqilib qabul
qilinadi. Ekspozitsiya qatorining uzunligi 20-50 metrdan oshmasligi zarur.
Ekspozitsiya qatoridagi maydonning eksponatlar bilan to‘ldirilishi 50-60% ga teng
qilib qabul qilinadi. Tomoshabin va eksponat o‘rtasidagi masofa, odatda, eksponat
balandligining ikki barobariga teng bo‘ladi. Ekspozitsion hajmni tomoshabinlar qabul
oladigan yaxlitligi 24 metr bilan cheklanadi.
Eksponatlarni tomosha qilish
marshrutining
majburiy, erkin yoki ularning
birlashtirilgan varianti qo‘llanilishi mumkin. Barcha bo‘limlarga muayyan ketma-
ketlikda kirish bilan bajariladigan majburiy varianti ko‘proq
didaktik tusga ega
ekspozitsiyalar uchun xosdir. Badiiy muzeylarda bunday variant kamdan-kam
qo‘llaniladi. Eksponatlarni tomosha qilish ketma-ketligini chapdan o‘ngga,
ekspozitsiya ko‘p sathli qilib tuzilgan hollarda esa – yuqoridan pastga qilib tashkil
qilish maqsadga muvofiq. Eksponatlarni ko‘rish marshruti va yoritish tizimi
kompozitsion sxemalarni tuzishda asosiy omillar bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Ekspozitsiya tashkil qilishning ilmiy, tarkibiy va funksional-texnologik
masalalarini birlashtirish uchun kolleksiya turi va uning naturadagi individual
mujassamligiga mos bo‘lgan muzeyning yagona badiiy
konsepsiyasini ishlab
chiqish talab etiladi. Ekspozitsiyani ko‘p qavatli binoning turli qavatlarida
joylashtirilganida marshrutni yuqoridan pastga qarab tashkil etish maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Zallar ichida ekspozitsiyani ko‘rish chapdan o‘ngga qilib tashkil
qilinadi. Ekpozitsiyani ko‘rish jadvalini tuzishda markaziy joylar etakchi
eksponatlarni joylashtirish uchun ajratilishi lozim. Bunday eksponatlar yoritish,
rang, fon kabi badiiy bezash vositalari yordamida boshqa eksponatlardan ajratiladi.
Polni yirik eksponatlar va vitrinalar bilan yuklanishi 20-30%ni, bosh o‘tish
yo‘lining kengligi – 2-3 metrni, ikkinchi darajali o‘tish yo‘linining kengligi – 1,5-
252
2,0 metrni tashkil qiladi. Etakchi eksponatlar oldida 10-15 metrlik bo‘shliq
qoldirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ko‘rgazma zallari (muvaqqat ko‘rgazmalar zallari)
– zamonaviy muzeyning
ajralmas qismi.. Ko‘rgazmada namoyish etiladigan
ekspozitsiya mavzusi
chegaralanib, bu ekspozitsiyalar, asosan, axborot tusiga ega bo‘ladilar. Shuning
uchun ham, agar muzeylarning doimiy ekspozitsiyasi 7-10 yilda bir marta
o‘zgartirilsa, ko‘rgazmalar ekspozitsiyasi har 1-2 oyda o‘zgarib turadi.
Ekspozitsiyaning tez-tez o‘zgartirilishi, unga nisbatan talablarning o‘zgarib turishi
ko‘rgazma zallari ekspozitsiya zallariga qaraganda moslashuvchanroq (universal)
bo‘lishi talab qiladi. Ko‘rgazmalar zali turli konstruksiyalar va uskunalar
o‘rnatilishi uchun moslashgan bo‘lishi lozim.Ko‘rgazma zali imkon qadar
vestibyulga yaqin joylashgan yoki mustaqil kirish yo‘liga ega bo‘lishi kerak.
Ko‘rgazma zallari qoshida ekspozitsiyani tashkil
qilishda ishlatiladigan
uskunalarni saqlash uchun maxsus xona, eksponatlarni vaqtincha saqlash va turli
tayyorgarlik ishlari uchun alohida xonalar ajratilishi maqsadga muvofiqdir.
Muzeyning hajmiy tuzilmasi unga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘pgina omillar sababli
turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin, bu masalani hal qilishdagi eng zamonaviy va
maqbul yechim – moslashuvchan rejaviy tuzilmaga va tezkor o‘zgartirish
imoniyatlariga ega universal maydondan foydalanishdir. Muzey zallari tashqi
muhit uchun ochiq bo‘lib, tabiat bilan ideal bog‘lanishi (galereya usuli) yoki
diqqat-e’tibor faqat ekspozitsiya ob’yektiga qaratilishini ta’minlash
maqsadida
tashqi muhitdan ajratilgan bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: