Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»



Download 3,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/113
Sana26.02.2022
Hajmi3,27 Mb.
#465174
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   113
Bog'liq
majmua Sanoat mikrobiologiyasi 2021

Nazorat savollari: 
1.
Ishlab chiqarish sharoitida fagolizisga qarshi kurashish choralari? 
2.
 
Bakteriofaglarni sanoat mikrobiologiyasidagi axamiyati?
 


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI 
BIOINJENERIYA VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI FAKULTETI 
«BIOTEXNOLOGIYA» KAFEDRASI 
 
 
 
 
“SANOAT MIKROBIOLOGIYASI” 
fanidan amaliy mash
g‘
ulotlari bajarish uchun uslubiy 
q
o‘llanma 


1-AMALIY MASHG‘ULOT. 
MAVZU: 
HAVO VA SUVDAGI MIKROORGANIZMLARNI ANIQLASH 
USULLARI. 
Reja: 
1.
Havo mikroflorasi. 
2.
Atrof-muhit ob’ektlarini sanitariya-bakteriologiya jihatdan baholash. 
3.
Tuproqni koli-titri va perfringensni titrini aniqlash. 
Ishdan maqsad:
Havo va suvdagi mikroorganizmlarni aniqlash usullarini 
o’rganish va ozuqa muhitini tayyorlash usullarini o’rganishdan iborat. 
Havo mikroflorasi
 
Suv 
va 
tuproqdan 
farqliroq, 
havoda 
mikroblar 
faqat 
hayot 
qobiliyatini vaqtincha saqlab turadi, so’ngra nam yetishmasligi, quyosh nurlarining 
ta’siri, harorat o’zgarishi, oziq moddalar yo’qligi kabi noqulay faktorlar ta’sirida 
o’lib ketadi. Mikroblarni havoda saqlanib turishini ma’lum darajada muollaq 
turovchi suv, chang zarralari taminlab turadi. Uy, turar joy xonalari havo 
mikroflorasi tarkibi va miqdori jihatdan atmosfera florasidan tubdan farq qiladi. 
Bakteriyalar va ularning patogen formalari uy, turar joy xonalarida uchrashi 
birmuncha atmosfera havo mikroflorasidan ko’p uchraydi, chunki bu muhitlarga 
kasal odam va hayvonlar, bakteriya tashib yuruvchilardan tushishi mumkin. Havo 
mikroflorasi ham shartli doimo (rezident) topiluvchi (Micrococcus roseus, M. 
flavus, M. candicanis, Sarcina . flava, S. alba, Bacillus subtilis, Actinomyces va 
Penicllium, Aspergillus, Mucor zamburug’lar va sporadik doimo topilmaydigon 
(suv va chang zarralari bilan tushovchi ) mikroorganizimlarga bo’linadi. Patogen 
mikroorganizimlar og’iz bo’shlig’i yoki nafas yo’llari kasallanganda atrofdagi 
havoga patogen mikroorganizimlar: stafilokokk, streptokokk, bo’g’ma, ko’k yo’tal, 
sil qo’zg’atuvchilari, viruslardan gripp, qizomiq qo’zg’atuvchilari tarqaladi. Bu 
mikroorganizimlar havoda aerozol tarkibida uchraydi. Aerozol- bu kolloid sistema 
bo’lib, asosiy tarkibi havo, suyuqlik yoki qattiq moddalar, zarralaridan iborat 


bo’ladi. Ayrozol o’lchami 10 dan 2000 nm teng bo’lishi mumkin. Odam aksirganda 
40 000dan ortiq aerozollar hosil bo’ladi. Aerozollar o’lchami,elektirik zaryadi, 
havodagi harakat tezligi bo’yicha tomchi, changli va tomchi yadroli fazalarga 
bo’linadi. Biz uchun eng muhimi tomchi yadroli aerozol bo’lib uning o’lchami 100 
nm atrofida bo’ladi, aerozolni bu fazasi uzoq vaqt havoda saqlanishi tarkibida 
ma’lum miqdorda namlik bo’lganligi uchun chidamli aerodispers sistemani havoda 
shakillantiradi. Ulardagi namlik bakteriyalarni havoda uzoq vaqt saqlanishini 
taminlaydi. Masalan, yadroli aerozolda bo’g’ma qo’zg’atuvchisi 1 sutkagacha, 
gemolitik streptokokk 2 kungacha, sil qo’zg’atuvchisi 18 kungacha hayot faoliyatini 
saqlab qolishi mumkin. Bu esa odatda yopiq binolarda yuqumli kasalliklar 
qo’zg’atuvchilarini havo-tomchi yo’li bilan tarqalishi uchun qulay sharoit yaratiladi, 
chunki hona havosida patogen bakteriyalar miqdori ko’p bo’lishi mumkin. 

Download 3,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish