Nazorat savollar.
1.
Bakteriyalarning hayot faoliyati qanday bo`ladi?
2.
Vitamin aseton olishdagi hodisani tushuntiring?
3.
Bakteriofaglarni ishlab chiqarish maxsulotlariga tushish manbalari nimalar?
MA’RUZA № 13.
Mavzu: Lizogeniya hodisasi. Bakteriyalarning fagga bardoshlilik
xususiyati.
Reja:
1.
Lizogeniya xodisasi.
2.
Bakteriyalarning faglarga bardoshlilik mexanizmi.
Tayanch atamalar:
Lizogeniya xodisasi, fag.
Lizogeniya xodisasi
Lizogeniya xodisasi mikroorganizmlarni xamma sistematik guruxida keng
tarqalgan.Birorta kulüturani ishonch bilan aytish mumkin emaski, bu lizogen
bakteriya emas deb,xattoki undan fag ajratish mumkin bo‘lmagan taqdirda xam.
Agar tadqiqotchi o‘ziishlaydigan kulüturasini lizogen deb qarasa xato qilmaydi.
Lizogeniya xodisasining bakteriyalar orasida juda keng tarqalganligi tufayli
bizto‘liq asos bilan ayta olamizki, bu xodisa mikroorganizmlar evolyusiyasining
xozirgibosqichida tasodifiy bo‘lmasdan balki, tabiiydir. SHuning uchun ishlab
chiqarishga fagtushish manbasining oldingi ikkitasidan farqli o‘loroq lizogen
kulüturasi zavodda fagpaydo bo‘lishining muxim manba xisoblanadi va bu doimiy
qutilib bo‘lmaydiganfaktordir.
Ayrim vaqtlarda ishlab chiqarish sharoitida sanoat kulüturasiga qarshi
lizogenkulüturasidagi fagdan boshqa yangi fag paydo bo‘lishi xam mumkin.
Fermentasiyavaqtida zavod kulüturasini lizis qiladigan fag tashqaridan tushishi
mumkin, natijadalizogen kulüturasi fagi genomi bilan atrofdan kirgan fag genomi
o‘rtasida bakteriyaxujayrasida rekombinasiya (chatishtirilish) xodisasi ketadi va
natijada yangi, oldingiikkitasiga o‘xshamagan uchinchi fag paydo bo‘ladi. U
fermentyorlarga tarqaydi, natijadabakteriyadan olinadigan maxsulotning sifati
buziladi yoki uni butunlay olib bo‘lmayqoladi.
Ma’lumki, lizogen kulturalar o‘zining tarkibidagi mo‘tadil fagiga
chidamlidir. Demak, mo‘tadil fag mutatsiya natijasida virulent fagga aylanganida,
kulturaning lizisi amalga oshadi. Mo‘tadil faglarning virulent faglarga aylanishining
mutasiya mexanizmi yaxshio‘rganilgan. Bunda mo‘tadil faglar DNK si operator
maydonchasidagi nukleotidlar ketma-ketligini bakteriya xujayrasi sitoplazmasidagi
oqsil repressor bilan muvofiqligi buziladi, natijada repressor fag DNK si
replikasiyasini to‘xtataolmay qoladi, fag xujayraichida ko‘paya boshlaydi, ya’ni
virulent xolatga o‘tadi.
Ishlab chiqarishda kuzatilgan bakteriofaglarni asosiy xususiyatlarini bilish
va ularnioldingi ma’lum fag xossalari bilan solishtirish zavodda faglarga qarshi
kurashishningasosiy shartlaridandir. Umuman xar bitta amaliy va nazariy
axamiyatga ega bo‘lgankulüturani lizogen xolati oldindan chiqarishga berilmasdan
o‘rganilishi zarur, uningmo‘tadil fagi ajratilib uning xususiyatlari taxlil qilinishi
kerak, shu bilan uni virulentmutant xosil qilishi ishlab chiqarishga bermasdan
ma’lum bo‘lishi shart.
Shu virulent mutanti ma’lum fagga (fagga bardoshli mutanti) oldindan
amaliy axamiyatga ega bo‘lgan bakteriyani zavodga bermasdan olinishi kerak va
mutantni fagga bardoshlilik mexanizmi o‘rganilishi zarur. Bakteriyalarning fagga
bardoshlilik mexanizmi yaxshi o‘rganilgan. Bakteriyalarni ularga faol faglari bilan
qo‘shib suyuq oziqa muxitida yoki agar-agar solingan qattiq muxit yuzasida
o‘stirilganda fagga bardoshli bakteriya koloniyasi tezda ko‘rinadi. Uni bir necha
marta qayta ekib (fagdan tozalash uchun) ma’lum bakteriofagga chidamli birqancha
kultura koloniyalari olish mumkin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, koloniyalarning fagga bardoshlilik mexanizmi
turlich bo‘ladi. Ayrim koloniyalar fagni adsorbsiya qilish qobiliyatini yo‘qotgan,
boshqalari esa fag adsobrsiya bo‘lib xujayra ichiga kirgandan keyin uni u erda
ko‘payishiga yo‘l bermaydi. Xujayra ichida fagning ko‘paymaslik sababi xam turli
xil bo‘ladi: xujayra lizogenbo‘lganligi tufayli; sitoplazmada oqsil-repressor
konsentrasiyasi kuchli bo‘ladi, bureprossor yuqorida aytib o‘tilganidek fag DNK
sidagi operator qism nukleotidi bilanbirlashib uning replikasiyasiga yo‘l bermaydi;
xujayrada ma’lum plazmida bo‘lishimumkin, plazmida o‘z maxsuloti bilan fag
replikasiyasini sekinlashtiradi.
Bakteriya ichida fagning ko‘paymaslik mexanizmining yana bittasi
xujayrasitoplazmasida
endonukleaza-restriksiya
(restriktaza)
fermentining
bo‘lishidir (5).Ma’lumki, bu ferment fag DNK sini fragmentlarga parchalab yuborib,
uningko‘payishiga to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |