Бухоро давлат университети жисмоний маданият факультети


BADIIY GIMNASTIKA VA SOG’LOM GENOFOND



Download 3,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/374
Sana19.02.2022
Hajmi3,4 Mb.
#459411
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   374
Bog'liq
“Xotin – qizlar sporti imkoniyatlar va istiqbollar”

BADIIY GIMNASTIKA VA SOG’LOM GENOFOND 
Jabborov B.I.,
 katta o’qituvchi, 
Tolmasova N.G’
, o’qituvchi 
Buxoro davlat universiteti. Buxoro sh.
 
Sog’lom odam tabiatning eng bebaho asari bo’lishi bilan birga tabiatning mahsuli hamdir. Inson 
mo’jizakor tabiatdan, hayotdan bahra olish, ilhom olish va lazzatlanish uchun har tomonlama sog’lom, 
baquvvat, zukko bo’lmog’i zarur. Inson har tomonlama sog’lom, baquvvat, zukko bo’lishi uchun esa, uning 
tanasiga har xil harakat va jiddiy mashq turlari zarur. Bu borada sport har qaysi millat, xalqni dunyoga 
tanitishning, uning o’z salohiyatini namoyon etishi, g’urur va iftixorini yuksaltirishning eng samarali va 
ta’sirchan vositalaridan bo’lishi bilan birga navqiron avlodni jismonan sog’lom, ma’nan yetuk, intelektual 
salohiyatli etib tarbiyalashning muhim omilidir. 
Mukammmal, sog’lom, baquvvat avlod nasl va millat davomchilarini tarbiyalashda sportning eng 
harakatchan, jiddiy mashqlari to’plamini o’zida jamlagan inson tanasini har tomonlama ko’rkam, sog’lom, 
nazokatli, nafosatli, kuchli, baquvvat irodali, sabr-bardoshli, fikri tetik, jismonan baquvvat yoshlarni ya’ni – 
Komil insonni tarbiyalashda Badiiy gimnastikaning o’rni beqiyosdir.. 
Biologik va fiziologik nuqtai nazardan qaraganimizda har bir organizm alohida xususiyatga ega. 
Shuning barobarida badiiy gimnastika tanani chiniqtiradi. Natijada qizlar salomatligi tiklanadi va tabiiyki 


“ХОТИН-ҚИЗЛАР СПОРТИ: ИМКОНИЯТЛАР ВА ИСТИҚБОЛЛАР” 
27 
kasalliklarga beriluvchanlik kamayadi. Fiziologik jihatdan qaraganda badiiy gimnastika bilan shug’ullanish, 
ayniqsa, yosh rivojlanayotgan organizm uchun foydali. Gimnastikachi qizlarda qon tomir faoliyati va nafas 
olish tizimi faol ishlaydi. Bu jarayon esa qon tomir kasalliklarini oldini oladi. Tomirlaridagi qon yaxshi 
harakatlanganidan ularda ishchanlik oshadi, imunitet mustahkamlanadi va organizmning tashqi salbiy 
omillariga bo’lgan himoyasi kuchayadi. 
Badiiy gimnastikada musiqaning o’rni ham katta. Odam yoqimli musiqa eshitib ovqatlansa, ta’m 
bilishning 30% ga yaxshilangani kabi badiiy gimnastika mashqlarni bajarishda harakat muskullari rivojlanib, 
ijodkorlik, iroda, ruhiyat kabilar yaxshilanadi. Shu bilan birga qizlarda raqs mahorati ham oshiriladi. 
Gimnastikaning bu turi qizlarda o’ziga bo’lgan ishonchni, intiluvchanlikni, sabrni va irodani shakillantiradi. 
Kuchli iroda esa har bir yigit qizni kelajakda katta- katta g’alabalar sariboshlovchi, yetaklovchi kuch 
bo’libxizmat qiladi. Badiiy gimnastika nafaqat sport turi, balki ayollarning nafosat maktabi, 
sog’lomlashtiruvchi, qad-qomatining raso bo’lishi chiniqishini ruhan tetiklikni ta’minlovchi sport turidir. Bu 
sport turi bilan shug’ullangan qizlar, mayin tabassum qilish, boshni chiroyli egishi, qomatni tik tutishi, 
chaqqonlikni ziyraklikni o’rganishadi. Biz yuqorida keltirgan xislatlar qiz bolaning oila bekasi bo’lishi 
sog’lom turmush tarzini yaratib, sog’lom millat davomchilari yaratishni genofondni yaxshilash yo’lidagi 
ajoyib harakat bo’lishi shak-shubhasiz. 
Yoshlikda yoki bolalikda qo’lga kiritilgan har qanday bilim va ko’nikmalar butun umrga muhirlanib 
qoladi. Bir so’z bilan aytganda badiiy gimnastika qizlarni har tomonlama hayotga, turmush tarziga, oilaga 
tayyorlab rivojlantiradi. 
Har bir xonadon sohibi o’z farzandining sog’lom bo’lishi, Vatan va el xizmatida bo’lishi, jamiyatda o’z 
o’rnini topib, uning rivojiga o’z hissasini qo’shib, o’z o’rnini, mavqeini, obro’yini, hurmatini topishini istasa, 
uning hayotini sportning badiiy gimnastika turi bilan bog’lashi kerak. 
Bu sport turiga yosh qizlarni4-5 yoshdan olib kelgan ma’qul. Bolalar bu sport turiiga qancha vaxli jalb 
qilinib olib kelinsa, shuncha yaxshi natija beradi. Qizlarni busport turiga berishga undagi qiziqish, 
imkoniyatlar, jismoniy va ruhiy psixologik rivojlanishlar e’tiborga olinsa, yanada yaxshiroq natija beradi. 
So’lom yigit qizlar tarbisi uchun viloyatning chekka qishloqlarida, tuman markazlarida ham zamonaviy bolalar 
sporti inshootlari barpo etilmoqda. Ular xalqaro andozalar darajasida jihozlanib markaz, sport komplekslari 
misolida faoliyat ko’rsatmoqda. Ayniqsa qizlarning bu borada jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam 
shug’ullanishiga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Chunki millat genofondining salomatligi, avvalo bo’lajak 
onalar- qizlarga bog’liq. Bugungi kunda badiiy gimnastika qizlar o’rtasida eng jadal ommalashayotgan sport 
turiga aylanib ulgurdi. Shu uchun badiiy gimnastika kishi yoshligini va umrini uzaytiradi va tibbiyotning 
shifobaxsh qismidir. Inson tanasiga har xil shifobaxsh harakatlar va jiddiy mashqlar to’plami gimnastika orqali 
o’tkaziladi. Oilada sog’lom go’dak yig’isi yangrashi uchun, ham ona- ham ota sog’lom va ahil bo’lishi kerak. 
Bir so’z bilan aytganda sog’lom farzand sog’lom oilada dunyoga keladi. Ota-onalar uchun faqat jismoniy 
jihatdan baquvvat bo’lgan odamni tarbiyalash unchalik qiyin ish emas. Ammo uni ham jismoniy , ham 
ma’naviy jihatdan kamol toptirish ular uchun g’oyat murakkab vazifa. Yuqoridagi vazifani amalga oshirish 
uchun Vatanimiz yoshlarini dunyoviy ilm olishi, sog’lom va Yurt kelajagi, Millat ravnaqi va dunyo tan 
oladigan komil inson tarbiyasida ota-ona, mahalla-kuy, sport murabbiylari, sog’liqni saqlash hodimlari, 
tarbiyachilar, psixologlarning o’zaro hamkorligi, maslahati , nazoratini yo’lga qo’yishimiz kerak bo’ladi. Biz 
sport turlari orqali sog’lom shaxs, sog’lom nasl, jismonan baquvvat, ruhi, fikri sog’lom, iymon e’tiqodi butun, 
bilimli ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar, so’lom millatni tarbiyalashimiz kerak. Bu uchun 
qizlarni ayollarni, oilalarni, jamiyatni asrash kerak. Bu degani farzandlarni asrash, naslni asrash, oxir- oqibat 
millatni asrash demakdir.
Bugun sportga mehr qo’ygan qizaloqlarning hammasi ham kelajakda chempion bo’lmasligi mumkin. 
Ammo ular jismoniy mashqlarda toblanganligi uchun tanasi sog’lom, ruhi tetik, fikri tiniq, irodasi mustahkam, 
kelajakda hayotning turli sinovlarini yengib o’tishga qodir insonlar bo’lib yetishishi shubhasiz.
Eng muhim,i har tomonlama barkamol voyaga yetgan qizlar kelajakda oila qo’rg’onida sog’lom 
zurriyotni dunyoga keltiradi va farzandiga ham sportga mehr tuyg’usini singdiradi, har birini sog’lom turmush 
tarziga o’rgatadi. 

Download 3,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   374




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish