Gimnastika rivojlanish tarixi



Download 1,72 Mb.
Sana04.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#527630
Bog'liq
Gimnastika rivojlanish tarixi

Gimnastika rivojlanish tarixi

  • Sport gimnastikasi, akrobatika va badiiy gimnastika. Sport gimnastika-sportning olimpiada turi xisoblanadi. (1896) yildan beri. Akrobatika va badiiy gimnastika musobaqalarning oliy formasi-jahon birinchiliklaridir.
  • Akrobatika mashqlari akrobatik sakrashlar va statik holatlarni ham o`z ichiga olgan muvozanat saqlash mashqlarini birlashtiradi. Ular turli kontingentlar bilan o`tkaziladigan mashg`ulotlarda kuch, chaqqonlik, epchillikni, reaktsiya tezligini, fazoda mo`ljal olishni rivojlantirish uchun, shuningdek, vestibulyar apparatni mashq qildirish uchun keng qo`llaniladi.
  • Badiiy gimnastika
  • Badiiy gimnastika mashqlari gimnastika asboblari (arg`amchi, gardish, sharf, to`p, cho`qmolar va x.k) bilan G asboblarisiz ijro etiladigan, shartli jihatidan turlicha tantsa harakteridagi harakatlarning uzviy va birikib ketgan kombinatsiyalaridan iborat.
  • Ular muzika jo`rligida ijro etilib, jismoniy kafolot hamda nafislik, erkinlik va jozibadorlikni tarbiyalash vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunday mashqlar kontingenti Xotin-qizlardan iborat mashg`ulotlarda qo`llaniladi.
  • Gimnastika
  • Akrobatika
  • Sport
  • Asosiy
  • Davolash
  • Badiiy
  • Jismoniy tarbiya vositasi sifatida gimnastika uzoq vaqt mobaynida rivojlanib kelgan. uning qaror topishi ijtimoiy tuzum o`zgarishi bilan, odam haqidagi fanning rivojlanishi bilan, shuningdek urush qilish usullarining o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan. bular gimnastikaning mazmunan o`zgarishiga, uning o`qitish metodikasi va hatto mashqlarni bajarish texnikasining o`zgarishiga ham muhim ta`sir ko`rsatgan.
  • XVIII-XIX asrlardagi gimnastika tizimisiga kirgan ayrim mashqlar qadimgi rimda hamda bir qancha g`arbiy evropa mamlakatlaridagi o`rta asrlar-davridayoq harbiya-jismoniy tayyorgarlik ko`rishda qullanilgan edi. yog`och ot (yog`och kon`) da, narvon va raqib qal`alariga hujum qilishni o`rgatishda qullanadigan boshqa inshoatlardagi mashqlar shular jumlasiga kiradi. akrobatik mashqlar va arqon ustidagi mashqlarni darbadarlikda yurgan artistlar namoyish qilardilar.
  • Uyg`onish davridagi gumanistlar yoshlarni har yoqlama tarbiyalashga katta ahamiyat bera boshladilar. gimnastika mashg`ulotlarini ular insonning sog`ligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirishning eng yaxshi vositasi deb bilardilar. xvi asrda jismoniy tarbiyaga oid bir qancha ajratdi. sog`lomlashtirish gimnastikasini, ya`ni raqibdan ustun chiqish hissi bilan bog`liq bo`lmagan gimnastikani u asosiy jismoniy tarbiya vositasi deb hisoblagan edi.
  • Ya.a. Komenskiyning asarlari va uning didaktik printsiplari tizimi XVIII asr pedagogika klassiklari jan-jak russo (1712-1778 yillar) va ayniqsa pestalotstsi (1746-1827 yillar) dunyoqarashlarining taraqqiyotiga yordam berdi. bularning jismoniy tarbiya sohasidagi xizmatlari shundan iboratki, ular gimnastikaning chinakam tiklanishiga turtki berdi. russo jismoniy mashqlar inson tanasini mustahkamlaydi va toblaydi, kuch va harakat imkoniyatlarining rivojlanishi uchun kerakli sharoit yaratib beradi, yashash uchun tayyorlaydi, aqliy kamol topishga hamda salomatligini mustahkamlashga yordam beradi, deb hisoblagan.
  • Milliy gimnastika tizimlarining yaratilishi xix asr boshlariga to`g`ri keladiki, bu ijtimoiy talablar oqibati edi. urush qilish usullari bir vaqtda harakat qilishni, komandalarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va hokazolarni talab qilardi. usha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to`g`ri uslubi bo`lib ko`rinardi. komandalarning aniq bajarilishini, jang maydonida saflanishlarni va hokazolarni talab qilardi. o`sha vaqt pedagoglari va vrachlariga gimnastika yoshlarni jismoniy tarbiyalashning birdan-bir to`g`ri uslubi bo`lib ko`rinardi.
  • Russo, pestalotstsi va boshqa usha zamon pedagogikasi arboblarining pedagogik g`oyalari g`arbiy evropa mamlakatlarining burjua intelligentsiyasi tomonidan qullab-quvvatlanar edi. bu sohada amaliy ishlar ilk bor germaniyada boshlandi. xviii asrning 70-yillarida, ayrim shaharlarda yangi tipdagi maktablar-filantropinlar tuzila boshlandi, bu maktablarda nemis milliy gimnastikasi yuzaga kela boshladi.
  • XIX asrning birinchi yarmiga kelib gimnastika taraqqiyotida uchta yo`nalish ko`zga tashlana boshladi:
  • gigienik yo`nalish (gimnastika odamning salomatligini mustahkamlash va jismoniy kuchini rivojlantirish vositasi hisoblanardi);
  • atletik yo`nalish (gimnastika murakkab mashqlarni, shu jumladan gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlarni qo`llanish yo`li bilan odamning harakat imkoniyatini rivojlantirish vositasi deb hisoblanardi);
  • amaliy yunalish (gimnastika urushda uchraydigan turli tusiqlardan oshib o`tishni soldatlarga o`rgatish vositasi hisoblanardi).
  • Shved gimnastika tizimi. nemis gimnastikasi bilan ketma-ket paydo bo`lgan. unda gigiena yo`nalishi yaxshi ishlab chiqilgan edi. p. ling (1776-1839 yillar) gimnastikani xix asrning birinchi yarmida daniyada o`rgana boshladi. usha vaqtlarda gimnastika yoyilganligi jihatidan daniya g`arbiy evropadagi ilg`or mamlakatlardan biri edi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish