Техник ва технологик фанлар со
ҳ
аларининг инновацион масалалари. ТДТУ ТФ 2020
360
3. Borisova L.V., Metlyuk A.A. Theoretical phonetics of the English language. - Minsk, 2001
.-- 343 p.
4. Vasiliev V.A. Phonetics of the English language. - M .: Higher school, 1998 .-- 272 p.
5. Golovin B.N. Introduction to linguistics. - M .:
Higher school, 2002 .-- 246 p.
6. Longman Dictionary of American English.
7. Reformatsky A.A. The hierarchy of phonological units and the phenomenon of
syngharmonicity. - Moscow: Nauka, 2000 .-- 135 p.
8. Sokolova M.A., Gintovt K.P., L.A. Kanter., Krylova N.I., Tikhonova I.S. and other
Practical phonetics of the English language. - M .: Vlados, 2001 .-- 306s.
EVROPA ITTIFOQI MAMLAKATLARIDA AGRAR SIYOSATNING
XUSUSIYATLARI
Matchanova M.B., Xolmo’minova D.A.
JizPI, Jizzax shahri
Evropa Ittifoqi tashkil qilinganidan keyin qishloq xo’jaligini yagona asosda rivojlantirish
siyosati eng qiyin amalga oshirilgan siyosatlardan biri hisoblanadi.
Umumiy agrar siyosat
o’zining paydo bo’lish maqsadiga ko’ra Evropa Ittifoqiga kirgan dastlabki 6 ta mamlakatning
qishloq xo’jaligi sohasidagi iqtisodiy manfaatlarini hal qilishi lozim edi. Umumiy agrar
siyosat asosan Evropa Ittifoqi mamlakatlari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi integratsiyasini
va umumiy siyosatini belgilab berish maqsadida tashkil qilingan.
Evropa Ittifoqi zamonaviy ko’rinishini shakllantiradigan integratsion
jarayonlar ikki asosiy
yo’nalishda rivojlanmoqda:
1. Ekstensiv - Evropa Ittifoqiga yangi a’zo mamlakatlarini qo’shib olish asosida integratsiyani
kuchaytirish;
2. Intensiv - hamkorlikning ancha oddiy usullaridan murakkabroq shakllarga o’tish orqali
integratsiyani kuchaytirish.
Evropa Ittifoqi integratsiyalashuvi jarayonining boshqa integratsion
ittifoqlardan farqli
tomonlarini quyidagi xususiyatlar tashkil qiladi:
1. Bosqichma-bosqich rivojlanish: bojxona ittifoqi orqali erkin savdo zonalarini tashkil qilish;
yagona ichki bozor; iqtisodiy va valyuta ittifoqi.
2. Unikal millatlararo institutlarni tashkil qilish; Evropa kengashi, EI ministrlar kengashi, EI
qo’mitasi, Evropa parlamenti, Evropa sudi.
3. Millatlararo
darajada moliyaviy, tarkibiy va ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritish.
Evropa Ittifoqini rivojlantirish bosqichlari asosan quyidagilardan iborat:
Birinchi bosqich (1957-1971 yy.)
Ikkinchi bosqich (1972-1978 yy.)
Uchinchi bosqich (1979-1985 yy.)
To’rtinchi bosqich (1986-1992 yy.)
Beshinchi bosqich (1993-2002 yy.)
Ma’lumki, har bir qabul qilinayotgan yangilik keyin qanday samara berishidan qat’iy nazar
bir qator qarshiliklarga duch keladi. YAgona qishloq xo’jalik siyosati
ham birdaniga qabul
qilingan jarayon emas va uni to’la shakllanish bosqichlarini ko’rib chiqib, ma’lum belgilarini
o’rganib chiqamiz. YAgona qishloq xo’jalik siyosatining g’oyasidan tortib to to’la
shakllanguniga qadar bo’lgan davrni quyidagi davrlarga bo’lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: