Mavzu: tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi pedagogik fan sifatida


Bilimni tekshirish uchun savollar



Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/100
Sana18.02.2022
Hajmi1,21 Mb.
#456252
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
fayl 545 20210428

Bilimni tekshirish uchun savollar
1.
1- va 2- sinflarda tabiatshunoslik materialini o’iganishning mohiyati 
nimada? 
2.
1- sinf o’quvchilarida tabiat to’g’risida qanday tushunchalar shakllantiriladi? 
3.
Kuzatishlar bilan bogiiq bo’lgan mashg’ulotlarning asosiy maqsadi nima? 
4.
1- sinf o’quvchilariga kuzatuvchanlikni rivojlantirishda ekskursiya darslarining 
ahamiyati nimada? 
5.
Ekskursiya darslari jarayonida bolalarga estetik tarbiya berish xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
6.
1- sinfda ob-havo va mehnat kalendari qanday yuritiladi? 
7.
Ekskursiya materiallari bilan ishlashda predmetlararo bog’lanish darslarini 
qaysi metodlar asosida tashkil etish mumkin? 
8.
1- sinf “Atrofimizdagi olam” darsligini o’qitishda birinchi yarim yillikda 
qanday vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan? 
9.
1- sinf “Atrofimizdagi olam” darsligining o’qitilishida ikkinchi yarim yillikda 
o’quvchilar bajaradigan asosiy vazifalar nimalardan iborat? 
10.
1- sinf “Atrofimizdagi olam” darsining bolalar nutqini rivojlantirishda 
tutgan o’rni qanday? 
11.
“Atrofimizdagi olam” darsligi bilan ishlashda asosan qanday metodlardan 
foydalaniladi? 
12.
“Atrofimizdagi olarm darsligi o’quvchilarning qaysi faoliyati turlarini 
rivojlantirishga qaratilgan? 
20-MAVZU. 3-4- SINFLARDA “TABIATSHUNOSLIK”NI O’QITISH
METODIKASI
 
Reja: 
1.
 
3- 
sinfda “TabiatshunosIik”ni o’qitish metodikasi. 
2.
4- sinfda “Tabiatshunoslik”ni o’qitish metodikasi.
Tabiatshunoslikni alohida predmet sifatida o’qitish 3- sinfdan boshlanadi. 
o’quv materiali - “Tabiat va odam”, “Tabiat jismlari”, “O'simlik va hayvonot olami”, 


“Sog’ligimizni saqlaymiz” va “Ekologiya” mavzulariga birlashtirilgan. Tabiatshunoslik 
bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi 
va boyliklarinigina emas, balki barcha xalqlar bilan qardoshlarcha hamkorlikda 
rivojlanayotgan respublikamizning tabiatini ko’rsatishga ham imkon beradi. 
o’z Vatanining tabiati va odamlari mehnati to’g’risidagi bilimlarning 
keng doirasi o’qituvchiga umumiy ta'lim va hunar maktablarini isloh qilishning 
asosiy yo’nalishlarini tashkil etgan eng muhim ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga 
oshirish mas'uliyatini zimmaga yuklaydi. 
3- sinfda o’quvchilar ob-havoni muntazam kuzatishni davom ettiradilar, 
bulutlanishni, shamol kuchini (kuchli, kuchsiz, mo’tadilligini) belgilaydilar. 
Fenologik kuzatishlar o’tkazishda davom ettiradilar: kunning uzunligini (kalendar 
bo’yicha), barglarning sarg’ayishini, xazonrezgilikni, yil fasllari bo’yicha o’simlik 
va hayvonlar holatini belgilaydilar. Barcha kuzatishlar “Kundalik kuzatish daftari” 
va umumsinf tabiat hamda mehnat kalendariga yozib boriladi. 
Har oyning oxirida kuzatishlar umumlashtiriladi va yig’ma jadvalga kiritiladi. 
Unda joriy oyning fenologik xususiyatlari belgUanadi. Kundaliklarga o’simlik va 
hayvonlar ustida olib borilgan umumlashgan kuzatishlar yoziladi. o’quvchilar jonsiz 
tabiatdagi o’zgarishlaming o’simlik va hayvonlar hayotidagi o’zgarishlar bilan uzviy 
bog’liq ekanligi haqida xulosa chiqaradilar, qanday bog’liqligini o’rganadilar. 
3- sinfda umumsinf tabiat va mehnat kalendarini yuritish davom etadi, bu ikki 
yil davomida kuzatilgan hodisalarni taqqoslash 
mkonini beradi. Har kuni ob-havo, o’simlik va hayvonlar holatini belgilab, 
o’quvchilar joriy kuzatishlarini o’tgan yili shu kunda o’tkazgan kuzatishlari bilan 
solishtiradilar. Bunday ish kuzatishlarga qiziqishni, ishning sifatini oshiradi, 
tabiatshunoslik tushunchalarini chuqurroq o’zlashtirishga yordam beradi. “Tabiat va 
odam” mavzusini o’rganishda bolalar tabiat, jonli va jonsiz tabiat, tabiatdagi 
o’zaro bog’liqliklar, tabiatni asrab-avaylash haqidagi ma'lumotlatga ega bo’lishadi. 
Bolalar ekskursiyada tuproq bilan tanishadilar, tuproq kesmalarini ko’rib 
chiqadilar. o’qituvchi ular e'tiborini yer ostida joylashgan tuproq qatlamlari va tog’ 
jinslarining yotishiga qaratadi. Amaliy ish va tajribalar jarayonida o’quvchilar tuproq 
tarkibini bilib oladilar, o’z o’lkalari tuproqlarining xilma-xilligi to’g’risida tasavvur 
hosil qiladilar. Bu bo’lim birinchi bo’lib o’iganiladi, chunki u o’quvchilarni qishloq 
xo’jaligi mehnati bo’yicha mashg’ulotlarga (tuproqni kuzda haydashga, ko’chat 
qalinligining ildizmevalar hosiliga va manzarali o’simliklarning gullash vaqtiga, 
o’g’itlashning ildizmevalarning hosiliga, gul manzarali o’simliklarining o’sishiga 
ta'sirini o’iganish bilan bog’liq bo’lgan tajribalar qo’yishga) nazariy jihatdan tayyorlaydi. 
Tuproq tarkibi to’g’risida tasavvuiga ega bo’lmay turib, o’quvchilar madaniy 
o’simliklarning o’sish va rivojlanishi to’g’risidagi bilimlarni ololmaydilar. 
Mahalliy o’simlik va hayvonlarning bir necha turlari bilan o’quvchilar tabiat 
va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga, shuning-dek, o’quv-tajriba maydonchasiga 
o’tkazilgan ekskursiyalarda tanishadilar. E'tibor jonli tabiat burchagi hamda 
tabiatning o’zida 
o’simlik va hayvonlarning o’sishi va rivojlanishini kuzatishga qaratilishi kerak. 
“Suv” mavzusi bilan tanishgan o’quvchilar tabiatda suv, suvning uch holati, tabiatda 
suvning aylanishi, suvni asrab-avaylash, ehtiyot qilish, suvni ifloslanishdan muhofaza 
qilish haqidagi bilimlarga ega bo’lishadi. Bolalar o’zbekistonning eng katta daryolari, 
ularning hosil bo’lishi, quyilishi, boshlanishi, o’zani to’g’risida dastlabki bilimlami 


oladilar. Ular tabiatdagi suv bilan mahalliy suv havzalariga ekskursiyaga boiganlarida 
tanishadilar. 
“Foydali qazilmalan> mavzuchasi quruqlik har xil tog’ jinslaridan: granit, qum, 
loy, kalsit va boshqalardan iborat ekanligi to’g’risidagi dastlabki tasavvurni beradi, 
foydali qazilmalarning xususiyatlarini o’iganish mavzuda markaziy o’rinni egallaydi. 
Ularni o’iganish predmetli darslarda kuzatishJar o’tkazish yo’li bilan olib boriladi. 
Ekskursiyalar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, bolalar foydali qazilmalarni qazib 
olish, ishchilar mehnatini mexanizatsiyalash bilan tanishishlari, oikamizni turli 
foydali qazilmalarga boy ekanligini bilib olishlari mumkin. “o’simlik va hayvonot 
olami” mavzusida o’quvchilar o’simliklarning xilma-xilligi, suv o’tlari, moxlar, 
xushbo’y hidli o’simliklar, dorivor o’simliklar va ularning ahamiyati haqida dastlabki 
tushunchalarga ega bo’lishadi. Shuningdek, dalalar, bog’lar, tomorqalarda o’sadigan 
madaniy o’simliklar, manzarali, texnik, g’o’za, donli o’simliklar haqida ham 
ma'lumotga ega bo’lishadi. Ekinzorlarning foydali va zararli hasharotlari, bog’larning 
doimiy hasharotlari, ipakqurti vauning ahamiyati haqida ma'lumotlar ham bu mavzuda 
atroflicha yoritilgan. Hayvonot olamining xilma-xilligi, ovqatlanishi, oziqlanish zanjiri 
va uning ayrim odamlar ta'sirida buzilishi, organizmlarning tabiiy sharoitda moslashuvi 
haqidagi dastlabki bilimlarni ham o’quvchilar bu mavzuni o’zlashtirish jarayonida 
olishadi. 
“Sog’ligimizni saqlaymiz” mavzusi bolalarning 1- va 2- sinflarda egallagan 
sanitariya-gigiyenaga oid bilimlari va ko’nikmalari asosida o’rganiladi. Ko’rgazmali 
qurollami namoyish qilish bilan birga bolalarni gigiyena qoidalarini amaliy jihatdan 
bajarishga ham o’igatish zarur. 
“Sog’ligimizni saqlaymiz” mavzusini o’iganishga bag’ishlangan darslarda bir 
necha daqiqani sanitar - o’quvchilarning shaxsiy gigiyena qoidalarining bajarilishi 
to’g’risidagi axborotlariga ajratish ma'qul bo’ladi. Bu bolalarni intizomli qiladi, ularda 
mas'uliyatni his etishni tarbiyalaydi. Gigiyenik bilimlar hamda ko’nikmalarni egallab 
olishga bolalarni odam tanasining tuzilishi va a'zolarining vazifalari to’g’risidagi 
oddiy ma'lumotlar bilan tanishtirish yordam beradi. Bolalar odam oiganizmining bir 
butun ekanligini tushunib olishlari kerak. 
3- sinf o’quvchilariga muskullar bilan qon aylanish, muskullar bilan 
ovqatlanish o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar tushunarli. “Nerv sistemasi” va “Sezgi 
organlari” mavzularini o’igana borib, ular fazalar o’rtasidagi, shuningdek, 
organizm bilan atrof-muhit o’rtasidagi aloqalarning qanday amalga oshishi 
to’g’risida ma'lumotlar oladilar. Bu bilan bir qatorda o’quvchilar ovqatlar va 
ovqatlanish qoidalari, pashshalardan ehtiyot bo’lish, chekish va uning oqibatlari, 
yuqumli kasalliklar va ulardan saqlanish tartib-qoidalari, spirtli ichimliklarning zarari 
haqidagi dastlabki tushun-chalarga bu mavzu orqali ega bo’lishadi. 
Gigiyenik bilimlar va ko’nikmalarni o’qitishni shakllantirishni faqat o’qish 
vaqti bilan cheklamaslik kerak. Salomatlikni muhofaza qilishga, kun tartibini, shaxsiy 
ijtimoiy gigiyena qoidalarini bajarishga, o’quvchilarturmushiga jismoniy mashqlar 
hamda sport o’yinlarini tatbiq qilishga bag’ishlangan o’qishdan tashqari vaqtlarda 
suhbatlar, kinofilmlar namoyish qilish, shu mavzuga bog’liq ertaliklar o’tkazish 
darslarda olingan bilimlar hamda ko’nikmalarni chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi. 
Gigiyenik ko’nikmalarni yanada shakllantirish uchun maktab bilan oila 
aloqasini mustahkamlash kerak. Bunda ota-onalar o’rtasida sanitariya-oqartuv 
ishlarini olib borish g’oyat muhimdir. o’qituvchi ota-onalarni o’zining 


o’quvchilarning sanitariya-gigiyena jihatdan tarbiyalash sohasidagi ishlari bilan 
tanishtirishi va asosiy e'tiborni nimalarga qaratish zarurligini ko’rsatish zarur. 

Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish