“Atrofimizdagi olam” darsligi bUan ishlash metodikasi
(tahlillari darslikning
2004- yilgi nashri asosida berilyapti). 1-sinf o’quvchilari birinchi mashg’ulotdanoq
kuzatish, ekskursiya, sayr, ajoyib odamlar bilan uchrashuvlar vositasida atrof olam
bilan tanisha boshlaydilar. Ular hali o’qish va yozishni bilmasliklari tufayli atrof
olamni kuzatish uchun topshiriqni o’qituvchidan og’zaki shaklda oladilar.
“Atrofimizdagi olam” kitobidagi topshiriqlarni ham birinchi sinf o’quvchilari
o’qituvchi rahbarligida bajaradilar.
o’qituvchiga yordam sifatida “Atrof olam bilan tanishish” metodik
qo’llanmasi nashr qilingan, unda mashg’ulotlar va tantanali sanalarga
bag’ishlangan ertaliklarning namunaviy ishlan-malari, shuningdek, o’quvchilar bilan
ishlash uchun qo’shimcha material hamda o’qituvchi uchun ma'lumotli material
keltirilgan. Metodik qo’llanmada o’zbekistonning o’simlik va hayvonot dunyosini
aks ettiruvchi 16 ta rangli jadval ham berilgan.
Darslikning asosiy mavzu yo’nalishi - odamning tabiat bilan o’zaro aloqalari,
odam mehnatining tabiatdagi ahamiyati, tabiatda o’zini tutish qoidalaridir.
Darslikdagi ishlar o’quvchilar faoliyatining ushbu turlarini nazarda tutadi:
1.
o’qituvchining topshirig’iga muvofiq rasmlar tanlash.
Chunonchi, 5-
sahifada topshiriq berilgan: “Rasmni ko’ring. Qaysi rasmda o’quvchi qo’lini to’g’ri
ko'targan?” Alternativ (qarama-qarshi) topshiriqlarning kiritilishi bolalarning bir
necha variant-lardan to’g’risini tanlab olishlari uchun zarurdir, bunday ishlar
topshiriqni murakkablashtiradi, unga qiziqishni oshiradi (17-, 28-va boshqa
sahifalarga qarang). Pastda har qaysi rasmga doiracha chizilgan. Agar suratdagi
vaziyat bolalar ishining to’g’riligini aks ettirsa, doiracha yashil qalam bilan bo’yab
qo’yiladi.
2.
Rasmlarning munosabatdoshligi.
8- sahifada shunday topshiriq berilgan:
“Rasmlarni qarab chiq. Bu baiglar qaysi daraxt va butalarniki? Barg va unga tegishU
mevalar yonidagi doirachalarni bir xil rang bilan bo'ya”. 12- sahifada ham shunga
o’xshash topshiriq bor.
3.
Jarayonlarning izchilligini aniqlash.
22- sahifadagi topshiriq esa
quyidagicha: “Rasmni qarab chiq. Unda qanday predmetlar aks ettirilgan?
Svetoforning qaysi signali yonyapti? Maktab o’quv-chilarining yo’lini strelka
(ko’rsatkich) bilan ko'rsat”. Shunga o’xshash topshiriqlar 23-, 24-, 25- sahifalarda
ham bor.
4.
Rasmlarni ular mazmunini tahlil qilish bilan bo 'yash.
11- sahifa. “Rasmni qarab chiq. Qanday dala tasvirlangan? Shu dalada
o’sayotgan o’simlik nima deb ataladi? o’simlikning qismlarini aytib ber”.
40-41- sahifalar. “Hasharotlarni ko’rib chiq. Ularning nomlarini ayt. Sen
ularni qayerda ko’rgansan? Ular nimalar bilan oziqlanadi?” Bu hayvonlardan
olinadigan mahsulotlarning rasmini chizing.
22- sahifa. “Svetoforni shartli ranglar (sariq, qizil, yashil) bilan bo’ya, toki
birinchi holat yurishning man qilinganligini, ikkinchisi diqqatni, uchinchisi yurishga
ruxsat berilganligini ko’rsatsin.
5.
Rasm chizish.
8-, 32-, 37-, 40-, 41-, 49-, 50-, 58-, 59-sahifalar. 40-41-
sahifada “Rasmlarni ko’rib chiqing. Unda qanday uy hayvonlari tasvirlangan? Bu
hayvonlar qayerda boqiladi? Siz yashayotgan joyda qanday uy hayvonlari bor? Bu
hayvonlarning tana a'zolarini sanab o’ting (Bosh, tana oyoqlari, dum). Sigir va
otning dumida qanday farq bor? g’oz, o’rdak, tovuq va xo’roz
oyoqlarini qanday farqlaysiz? (g’oz va o’rdaklarning oyoqlari suzishga
moslashgan). Suzish pahjalari nima uchun kerak? Sizning uyingizda uy hayvonlari
bormi? Uy hayvonlaridan olinadigan mahsulotlarning rasmini chizing”.
Darslikdagi xilma-xil topshiriqlarni bajara borib, bolalar kuzatishga,
taqqoslashga, o’xshashlik va farqlarni anglashga o’rganadilar. Ba'zi topshiriqlar
bolalarning ijodiy ishlarini nazarda tutadi. Bu ishlar har bir konkert darsning ta'lim-
tarbiya vazifalarini hal qilish bilan uzviy bog’liqdir, dasturning asosiy bo’limlarini
o’zlashtirishga yordam beradi, o’qitish jarayonida bolalarning umumiy rivojlanishi
uchun sharoit yaratadi.
Sinfda, maktabda va jamoat joylarida xulq-atvor madaniyati; yo'l harakati,
ko’chadagi, transportdagi xulq-atvor qoidalari; har xil kasbdagi kishilarning
mehnati bilan tanishish; tabiatga insoniy munosabatda bo’lish kabi mavzular butun
kurs davomida o’tiladi.
58-59- sahifalar bolalarni tabiat bilan tanishtirishga bag’ish-langan.
Darslikdagi topshiriqlarni bajarish o’qituvchiga atrof tabiat obyektlari to’g’risida
bolalar tasavvurlarini tekshirish imkoniyatini beradi. Bolalarga, masalan, yovvoyi va
uy hayvonlarining, qish-lovchi va kelib-ketuvchi qushlarning, daraxt va butalarning
farqiga borish; odamlar yilning har xil fasllarida tabiatni muhofaza qilish uchun nima
qilishlarini aniqlash taklif etiladi. Olingan tasavvurlarni tiklashga qaratilgan
topshiriqlardan tashqari darslikda muammoli xarakterdagi topshiriqlar ham bor, ular
bolalardan vaziyatni tahlil qilishni talab qiladi. Masalan, 5-, 18-, 26-, 27- va shu
kabi sahifalarda bolalarga talab qilingan bir nechta vaziyatlarni to’g’ri hal qilish yo’li
taklif qilinadi.
Mashg’ulotga tayyorlanishda o’qituvchi darslik bilan ishlashning mazmunini,
uni bolalar faoliyatining boshqa turlari bilan bog’lanishini oldindan o’ylab olishi
va shunga muvofiq o’qish kitobining darsdagi o’rnini aniqlab olishi kerak.
Bolalarning individual ishlarni bajarishlari uchuin ham yetarli darajada yaxshi
tayyorgarlikka ega emasliklarini va ba'zi bolalarga topshiriqlar yetarli darajada
tushunarli bo’lmasligini hisobga olib, o’qituvchi ularga amaliy yordam ko’rsatishi
zarur. Bolalarga topshiriqni bajarish bilan bog’liq holda tug’ilgan savollarini
o’qituvchiga berishlariga ruxsat etiladi.
Darslikning topshiriqlari bolalarning mustaqil ijodlari uchun keng
imkoniyatlar ochib beradi, ularni har jihatdan rag’bat-lantirmoq zarur. Shu
maqsadda har bir topshiriq bajarilgandan keyin ishning mazmuni va bajarilishi
bo’yicha eng qiziqarlilarini sinfga ko’rsatish kerak. Agar hali hamma o’quvchilar
yaxshi o’qiy olmasalar, matnni ancha yaxshi tayyorlangan o’quvchilar o’qiydi. Keyin
suratlar bo’yicha suhbatlar o’tkaziladi, suratlarning har biri tarbiyaviy maqsadga
ega.
Yilning ikkinchi yarmida bolalar darslikning oxirida kelitirilgan ob-havo
kalendarida har kunning ob-havosi holatini shartli belgilar bilan belgilaydilar. Ob-
havoni kuzatishni uchinchi tanaffusda o’tkazish maqsadga muvofiq. To’rtinchi
chorakdan boshlab bolalar kuzatishlarini kun davomidagi o’zgarishlarni hisobga olib,
mustaqil qayd qilib boradilar.
Barcha kuzatish va topshiriqlar tabiiy sharoitlarni hisobga olgan holda
bajariladi.
Ob-havo kalendari bilan ishlashga kirishishda o’qituvchi bolalarni shartli
belgilar bilan tanishtiradi, 65- sahifadagi yog’in, isish va sovish bilan bog’liq holda
tabiatdagi o’zgarishlarni xarakterlovchi suratlar bo’yicha suhbatlar o’tkazadi.
Shuningdek, har bir oyning xususiyatlarini xarakterlovchi ko’rgazmali vositalar
mazmuni bo’yicha suhbat o’tkazish zarur. Bolalar u yoki bu oyga xos tabiat
xususiyatlari bilan tanishadilar.
Darslik bilan ishlash yil fasllari, madaniy xulq-atvor qoidalari to’g’risidagi
suhbat,22-23- sahifalardagi topshiriqlarni bajarish bilan tugallanadi. Darslik
bo’yicha topshiriqlarni bolalarning tayyorgarliklarini hisobga olgan, faqat mavjud
tavsiyalarga tayanib berish lozim. o’qituvchi, o’z joyining tabiiy sharoitlarini hisobga
olib, tabiatga o’tkaziladigan ekskursiyalarning muddatlarini o’zgartirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |