4- sinfda “Tabiatshunoslik”ni o’qitish metodikasi.
Tabiatshunoslikni
alohida o’quv predmeti sifatida o’qitish 4- sinfda ham davom etadi. o’quv materiali
“Atrofimizdagi tabiat”, “Geografik xarita”, “Yer - Quyosh sistemasidagi sayyora”,
“O'zbekiston - globus va dunyo xaritasida”, “Tabiatning xilma-xilligi”, “O'zbekiston
tabiatini asraymiz”, “Foydali qazilmalar”, “Tabiat muhofazasi” kabi materiallarni
birlashtiradi.
“Atrofimizdagi tabiat” mavzusini o’igana boshlashda bolalar yozgi topshiriqlarga
yakun yasaydilar, jonajon o’lka tabiati to’g’risidagi materialni takrorlaydilar va jonli
tabiat, uning asosiy belgilari, jonajon o’lkamizning iqlimi haqida ma'lumotlar
olishadi. Keyin “Geografik xarita” mavzusi bilan tanishadilar. Amaliy ish va
mashg’ulotlar jarayonida ayrim narsalarni, sinfni, maktab maydonchasini pejada
qanday tasvirlash kerakligi bilan tanishadilar. Bu mavzu o’quvchilarni geografiya
xaritasini tushunishlarida asos bo’lib xizmat qiladi. o’z joyini o’iganishga asoslanib,
o’qituvchi o’quvchilarda o’zbekistonning tabiiy xaritasi to’g’risida, keyin esa
MDHning tabiiy xaritasi to’g’risida boshlang’ich tasavvurlar hosil qiladi. Xarita bilan
ishlash butun o’quv yili davomida davom etadi.
Xaritalarda foydalanilgan shartli belgilar bilan o’quvchilarni tanishtira borib,
ularni o’z oikasi tabiatining tegishli rasmlari bilan taqqoslashi kerak. Shunga intilish
kerakki, xarita ham bolalar uchun kitob kabi bilim manbai bo’lib qolsin.
“Yer - Quyosh sistemasidagi sayyora” mavzusi orqali o’quv-chilar globus -
yerning kichraytirilgan shakli ekanligi, Oy Yerning yo’ldoshi, Yerning harakati,
kun bilan tun, issiqlik va yorug’likning Yerda taqsimlanishi, yerning sun'iy
yo’ldoshlari va raketalar haqidagi dastlabki bilimlarga ega bo’lishadi. Amaliy ishlarni
bajarish jarayonida yarim sharlar xaritasi, globus bilan ishlash, nechta okean, qifa
mavjudligi, bizning davlatimiz - o’zbekiston Yer sharining qayerida joylashgan,
nima uchun oy yerning yo’ldoshi deb atalishi, qaysi xususiyatlari bilan yerdan farq
qilishi, quyosh va uning yerdagi hayot uchun ahamiyati, kun va tunning hamda yil
fasllarining hosil bo’lishi kabi savollarga javob topishlari va bajarishlari lozim.
“Tabiatning xilma-xilligi” kichik mavzusi bolalarni mamla-katimiz
tabiatining xilma-xilligi to’g’risidagi asosiy ma'lumotlar bilan tanishtiradi. Bu
ma'lumotlar o’quvchilarga tabiiy geografiya kursida MDHning tabiiy hududlari
to’g’risidagi materialni o’zlashtirilishini osonlashtiradi.
“Tabiatning xilma-xilligi” mavzusini muvaffaqiyatli o’rganish uchun MDH
(tabiiy va tabiiy zonalar) xaritalaridan, gerbariy, devoriy surat, kinofilm, rasm,
jurnal va gazetalardagi foto-suratlardan, radio va teleko’rsatuvlardan, berilgan
Gidrometeorologiya xizmati xabarlaridan keng foydalanish zarur. o’quv-chilarni
daftarda yozilgan har bir hududning tabiiy sharoitlari xarakteristikasi: 1- xaritadagi
holati; 2- yuzasi; 3- daryo va ko’llari; 4- yil fasllari; 5- o’simliklari; 6- hayvonot
dunyosi; 7- shahar va qishloqdagi odamlar mehnati kabilarni o’z ichiga olgan rejadan
foydalanishga o’rgatish kerak. Ular xaritadan har bir hududni, u MDHning qaysi
qismida joylashganligini ko’rsatib bera olishlari kerak. Tabiiy zonalar relyefi umumiy
doirada, masalan, “asosan tekisliklar va tog’lar va hokazolar bor” tarzida ta'riflanadi.
Yil fasllarini xarakterlash qish va yozning xarakterli harorati va yog’inning ko’p-
ozligini tasvirlash bilan biiga olib boriladi. Bunda yil fasllarining xususiyatlarini shu
mintaqada Quyoshning yoz va qish vaqtlarida yoritish xarakteri bilan bog’lash lozim.
Masalan, “Cho'lda Quyosh yozda ufqdan yuqoriga ko’tariladi va deyarli tik tushuvchi
nurlari Yer yuzasini kuchli qizdiradi” yoki “Tundrada, hatto yozda ham Quyosh ufq
ustida pastda turadi va uning nurlari Yer yuzasi bo’ylab qiya holda o’tadi, uni
kuchsiz qizdiradi” shaklida.
Bolalarni u yoki bu zonaning xususiyatlarini jonajon o’lkasi tabiati va
odamlar mehnati bilan solishtirishga o’rgatish g’oyat muhimdir. o’quv materialini
taqqoslash bilan o’rganish tafak-kurni rivojlantiradi, bilimni konkretlashtiradi,
predmetga qizi-qishni oshiradi.
Bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun xarita
bo’ylab xayolan sayohat o’tkazish foydalidir, sayohat vaqtida bolalar yo’lga nimalar
kiyib olishlarini, yo’lda nimalarni ko’rishlarini, qanday o’simlik va hayvonlar
uchrashini aytishlari kerak bo’ladi. Bu mavzuni o’zlashtirishda, ayniqsa, o’zbekiston
hududidagi tabiiy zonalarni tahlil etishga keng o’rin berilgan. Cho’Uar tabiati,
cho’lning inson tomonidan o’zlashtirilishi, cho'l o’simliklari va hayvonot dunyosi
haqidagi bilimlarni o’quvchilar cho'l zonasini o’zlashtirish mavzusi orqali olishadi.
“Tog’ tabiati”, “Subtropiklar tabiati”, “Dashtlar tabiati” va “o’rmon zonalari
tabiati” mavzulari orqali o’quvchilar xaritalarda ularning joylashishi, ob-havo
xususiyatlari, tabiiy boyliklari, o’simlik va hayvonot dunyosi, hamma zonalarda
inson ta'siri tufayli bo’ladigan o’zgarishlar haqidagi ma'lumotlar£a ega bo’lishadi.
Amaliy darslarda xarita bilan ishlab, ularning tasvirlanishini tahlil etish, o’z o’lkasida
mavjud bo’lgan zonalarga sayohat uyushtirish, o’simliklardan gerbariylar yasash,
hayvonot dunyosini tasvirga tushirish, rasm chizish va hokazo ishlarni bajarish
tavsiya etiladi.
O’lkamiz biror qismining tabiiy xususiyatlarini o’igana turib, o’quvchilar
uning uchun xarakterli bo’lgan qishloq xo’jaligi va sanoat ishlab chiqarishning
turlari to’g’risida tasavvur olishlari kerak. Mavzu o’rganish o’lkamiz hayoti bilan
chambarchas bog’lanishi lozim.
“Insonning tabiatdan foydalanishi va uni muhofaza qilishi” mavzusini
o’igana turib, o’qituvchi tabiat muhofazasi bo’yicha qonuniy hujjatlar, ularni har
biri jamiyatimiz fiiqarosi tomonidan bajarilishi zarurligi to’g’risida gapirib berishi kerak.
Mavzuda alohida e'tibor tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishlarga qaratiladi.
Tabiat muhofazasiga oid masalalar tabiatshunoslikning deyarli barcha
bo’limlariga daxldordir. Mavzuning asosiy masalasi tabiat muhofazasi to’g’risidagi
ilgarigi darslarda bayon qilingan ayrim ma'lumotlarni bildirish, tabiat muhofazasi
bo’yicha qanday tadbirlar amalga oshirilayotganligini o’quvchilarga ko’rsatishdir.
Tabiat muhofazasining ma'nosi va ahamiyatini o’quvchilarga ocha borib, o’qituvchi
bu mavzuning katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini e'tiborda tutishi kerak.
Tabiat faqat jamiyatning moddiy hayoti uchun boylik olish manbaigina bo’lib
qolmasdan, balki xalq ma'naviy boyligining asosi hamdir. o’qituvchi tabiat
muhofazasi va tabiiy boyliklardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish to’g’risida qanday
g’amxo’rlik
qilinayotganini
gapirib
berishi,
o’quvchilarni
o’zbekiston
Konstitutsiyasida o’z aksini topgan tabiat muhofazasi to’g’risidagi modda bilan,
shuningdek, o’zbekiston tabiatini muhofaza qilish jamiyatining Nizomi bilan
tanishtirib borishi kerak. Bu kichik yoshdagi maktab o’quvchilarining ma'naviy
tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Tabiat muhofazasi to’g’risida g’amxo’rlik bolalarda
kompleks tarbiyaning muhim qismi sifatida, vatanparvarlik hissini shakllantirishda,
inson va tabiat o’rtasida oqilona o’zaro munosabat o’rnatishda g’oyat katta ahamiyat
kasb etadi.
Tabiat muhofazasi masalalarini o’rganish ushbu mavzu bilan cheklanmaydi.
Bu tabiatshunoslik kursining bosh masalasidir. Tabiat muhofazasi bo’yicha amaliy
faoliyat bolalarda tabiat boyliklarini himoya qilish hamda ko’paytirishga
intilishni rivqjlantiradi. Shunga ko’ra ularni qushlar uchun oziqa tayyorlashda
qatnashishga, kech kuz, qish va erta bahorda qushlarni boqishga, gul manzarali
o’simliklar urug’larini yig’ishga, ularni aholi o’rtasida tarqatishga, guzarlarda
ko’kalamzorlarni parvarish qilishga, tuproqni yemirilishdan saqlovchi o’simliklarni
o’stirishga jalb qilish kerak.
Bilimni tekshirish uchun savollar
1.
3- va 4- sinflarda tabiatshunoslikni o’rganishning o’ziga xos xususiyatlari
nimada?
2.
3- sinfda tabiatda kuzatishlar o’tkazish metodikasi qanday, u 2-sinf
metodikasidan nima bilan farq qiladi?
3.
“Tabiatshunoslik” darsligida kuzatishlarni murakkablashtirib borishni qanday
izohlaysiz?
4.
4- sinfda tabiatshunoslikni o’iganish xususiyatlari haqida nima deya olasiz?
5.
4- sinfda tabiatshunoslikni o’qitishda qaysi metodlardan foydalaniladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |