ko’rsatadi, darsda o’rganilayotgan qushlar uyasini alohida namoyish qiladi va bu
uyalarning boshqa qushlar uyalariga o’xshashligi va farqlarini ta'kidlaydi.
Chumchuq va zag’chani diqqat bilan kuzatish va ularning tashqi
ko’rinishlarini taqqoslashdan keyin o’quvchilarga quyidagi savollarga javob
berish taklif qilinadi.
1. Zag’chani chumchuqdan qanday ajratish mumkin?
2. Zag’chaning tumshug’i qanaqa? Chumchuqniki-chi?
3. Zag’cha patlarining rangi qanaqa? Chumchuqniki-chi?
4. Zag’cha va chumchuqlarning tana o’lchami (katta-kichikligi) qanday? Ular
nima bilan farqlanadilar?
Puxta tayyoigarlikdan so’ng o’qituvchi qushlar ustida kuzatish o’tkazish
metodlarini tushuntiradi va o’quvchilarning oldindan tuzilgan rejaga muvofiq
kuzatishlar olib borayotganliklarini har kuni nazorat qilib boradi.
Kuzatishlar jarayonida o’quvchilar to’plagan faktlardan atrof-olam bilan
tanishish, nutqni rivojlantirish bo’yicha darslarda foydalaniladi. Darsda o’qituvchi
mavjud bilimlarni kengaytiradi va rivojlantiradi. U o’zbekistonga zag’chalarning
kuzda uchib kelishlarini, ularni ko’pincha maktaboldi maydonida ko’rish
mumkinligini, bu yerda ular hasharot va hasharotlarning lichinkalari bilan
oziqlanishlarini, har xil o’t-o’lanlarning urug’larini to’plashlarini belgilaydi.
Zag’chalar respublikamizda qishlaydilar. Bahorda biz tomonlarga jiblajibonlar uchib
keladilar. Ularni suv havzalari, ariq va soylar (daryochalar) yaqinida ko’rish mumkin.
Bu davrda bolalarning kelib-ketuvchi qushlar to’g’risidagi tasavvurlari
kengayadi va aniqlashadi: bahorda issiq mamlakatlandan pushti maynalar,
uzunqanotlar uchib keladilar. o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida janubdan uchib
keladigan tuma, g’oz, o’rdaklarni kuzatadilar. Tashqi ko’rinishi va xulq-atvoriga
qarab kelib-ketadigan qushlarning farqiga borishga, qushlar shovqini orasida pushti
mayna, chumchuq, musicha va boshqa qushlarning ovozlarini tanib olishga
o’iganadilar.
o’simlik va hayvonlar ustida kuzatishlarni doimiy ravishda tabiatshunoslikka
oid maqolalar o’qish bilan mustahkamlab borish lozim. o’quv yili oxirida 1- sinfda
“Men daraxt rivojlanishini qanday kuzatdim” mavzusi bo’yicha umumlashtiruvchi ish
o’tkazish zarur. Bunda butun yil davomida to’plangan materialdan foydalanish kerak.
Bilimlarni baholashda o’quvchilarga avvalgi kuzatishlardan tanish bo’lgan
ma'lumotlarni hisobga olish zarur. Gerbariylarni
baholashda materialni o’simlikning rivojlanish davrlari bo’yicha
joylanishining izchilligi hisobga olinadi.
Masalan, daraxt gerbariysining birinchi varag’ida bo’rtgan kurtaklari
bo’lgan shoxcha, ikkinchisida mayda barglari bo’lgan shoxcha, qolganlarida izchillik
bilan yirik bargli, gulli, mevali, iloji bo’lsa, sarg’aygan bargli shoxlar bo’ladi.
Agar o’quvchilar o’simlikda avval gul, keyin baig rivojlan-ganligini
kuzatgan bo’lsalar, gerbariyda materialni shu o’simlik rivojlanishining izchilligi
tartibida
joylashtirishlari
kerak.
Ish
baholanganidan keyin to’plangan
materiallardan jonli tabiat burchagida foydalaniladi. Bunday ish bolalarni oddiy
umumlash-tirishga olib keladi, kuzatiladigan tabiat obyekti to’g’risida elemen-tar
tushunchalarni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: