miya to’qimasi bilan to’lgan bo’shliq hosil bo’ladi. Bunga miya kistasi va
miyaning qizil yumshashi
deyiladi. Qon quyilishi har xil kattalikda bo’lib, ba’zan
markaziy kul rang tugunlar zonasini boshdan oyoq qoplab oladi, miyaning yon
qorinchalariga, III va IV qorinchalariga qon quyiladi va miya asosi sohasiga qon
o’tadi. Miya qorinchalariga qon quyilishi tufayli sodir bo’lgan insultlar ko’pincha
bemorlar to’satdan o’limining sababchisi hisoblanadi. Qon quyilgan joy atrofida
miya to’qimasi shishgan, nuqta-nuqta quyilgan qon shimilgan bo’ladi.
Gipertoniya kasalligi tufayli sodir bo’lgan gemorragik insultdan o’lgan
bemor bosh miyasining mayda arteriyalari bilan arteriolalarini sinchiklab
tekshiriladigan bo’lsa, har xil vaqtdan qolgan o’zgarishlarni –
sklerotik,
gialinlashgan eski o’zgarishlarni, plazmatik shimilish hamda fibrinoid nekroz
ko’rinishidagi yangi o’zgarishlarni topsa bo’ladi. Gipertoniya kasalligida
birmuncha yirikroq kalibrli miya arteriyalari va ularning
tarmoqlarida hamisha
aterosklerotik o’zgarishlar ko’riladi va buning oqibatida tromboz rivojlanishi
mumkin.
Tomirlar shikastlanishining organlarga aloqador yuqorida keltirilgan
xususiyatlari munosabati bilan gipertoniya kasalligining 4
ta kliniko-anatomik
shakli farqlanadi: yurak, buyrak, miya va aralash shakllari.
Gipertoniya kasalligi deyarli hamisha ateroskleroz bilan birga o’tadi.
Ba’zan, xususan yoshi qaytgan odamlarda ateroskleroz shu qadar kuchli
rivojlangan bo’ladiki, ana shu ikkita kasallikni klinikada bo’lsin, sektsion stolida
bo’lsin differentsial diagnostika qilishda katta qiyinchiliklar tug’diradi.
Gipertoniya kasalligi bilan ateroskleroz munosabati juda murakkab bo’lib,
bu masalaning hamma tomonlari ham aniqlangan emas. Gipertoniyaning
ateroskleroz avj olishiga shart-sharoit yaratib berishini klinikada o’tkazilgan
kuzatuvlar, shuningdek tajriba ma’lumotlari ishonchli qilib ko’rsatib beradi.
Chunonchi, arterial qon bosimi normal odamlarda
yuqori ichak tutqich
arteriyasining 12 foiz, arterial qon bosimi yuqori bo’lgan odamlarda esa 30-foiz
hollarda ateroskleroz bilan shikastlanishi aniqlanilgan. Birinchi toifa odamlarning
12 foizida, ikkinchi toifalilarning 45 foizida esa buyrak arteriyalari shikastlanishi
541
topilgan. Shunday qilib, gipertoniya kasalligida gemodinamik va mexanik ta’sirlar
aterosklerozni kuchaytiradigan faktorlar ekanligini ta’kidlash maqsadga
muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda juda og’ir darajadagi gipertoniya kasalligini ham
aytarli aterosklerozsiz o’tgan hollari ham ma’lum. Gipertoniyaga xos belgilarsiz
o’tadigan keskin ateroskleroz hollari ham uchrab turadi.
A.L.Myasnikov gipertoniya kasalligi bilan aterosklerozni bir-biriga
yaqinlashtiradigan bir qancha belgilarni keltiradi. Ikkala kasallikning oilaviy-irsiy
xarakterda bo’lishi, qon biokimyoviy ko’rsatkichlarida bir xil o’zgarishlar topilishi
(xolesterin, lipoproteinlarning ko’payishi), yurakning
gipertrofiyaga uchrashishi
ana shu umumiy belgilar qatoriga kiradi. Ikkala kasallikning kelib chiqish vaqtida
ham ularni bir-biridan ajratadigan farqlarni topish qiyin. Klinik kuzatuvlar
gipertoniya kasalligi odam 30 yoshga kirganidan keyin boshlanishi mumkinligini
ko’rsatadi. Ma’lumki, simptomsiz o’tayotgan aterosklerozning boshlanishi deb
hisoblanadigan lipoidoz ham xuddi shu yoshlarda paydo bo’lishi mumkin. Mana
shu narsalarning hammasi A.L.Myasnikovga tomirlar sistemasining kasalligi bitta
bo’lib, u idora etuvchi markaziy apparatning izdan chiqishi tufayli vujudga keladi
va ba’zi hollarda gipertoniya kasalligiga (vazopressor o’zgarishlar
ustun
turganida), boshqa hollarda esa aterosklerozga (lipid almashinuvining buzilganida)
olib keladi, deb fikr bildirishga asos beradi.
Biroq gipertoniya kasalligi bilan ateroskleroz avj olgan vaktida bir-biriga
yaqin turadigan, lekin o’zining dastlabki ko’rinishlari mexanizmi jihatidan keskin
farq qiladigan 2 ta mustaqil kasallikdir, deb hisoblash ancha to’g’riroq bo’ladi.
Gipertoniya kasalligi, avvalo, o’zining kelib chiqish mohiyati bilan markazga
aloqador bo’lgan angionevrozdir. Angionevroz bo’lganida
ham muayyan
arteriyalar sistemasi, chunonchi, arteriolalar
shikastlanadigan tarqoq
angionevrozdirki, butun kasallikning rivojlanish dinamikasi shularning
shikastlanishiga bog’liq bo’lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: