Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet468/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Ateroskleroz –
organizmning ko’pgina sistemalari hamda yirik va o’rta 
kalibrli tomirlar devoridagi moddalar almashinuvining o’zgarishi, metabolik 
o’zgarishlar birinchi o’ringa o’tib qoladigan kasallikdir. Aterosklerozning avj 
542


olishida angiospastik o’zgarishlar ham muhim rol o’ynaydi, lekin ular, aftidan, 
angioretseptorlarning to’planib qolgan lipidlardan ta’sirlanishiga javoban 
ikkilamchi tartibda ro’y beradi.
Gipertoniya kasalligi bilan aterosklerozni bir-biriga yaqinlashtiradigan ba’zi 
umumiy belgilar bo’lsa-da, ikkala kasallikning juda aniq ifodalangan turlari ham, 
ularning kombinatsiyalari ham klinitsistlar bilan patologoanatomlarga ma’lumdir. 
Shu munosabat bilan ana shu ikkala kasallikning hamma variantlarini yagona 
angionevrozlarga kiritish mumkin degan ayrim tadqiqotchilarning fikriga qo’shilib 
bo’lmaydi. Bunday fikr ateroskleroz xususida ham, gipertoniya kasalligi xususida 
ham ilmiy jihatdan asoslangan profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishga imkon 
bermaydi, chunki bularning avj olishida angiopastik faktorning ahamiyati bir xil 
emas.
Gipertoniya kasalligining asoratlari tomirlardagi o’zgarishlar va organdagi 
ikkilamchi o’zgarishlarga bog’liqdir. Uremiyaga olib keladigan buyrak 
etishmovchiligi, miya yoki pardalariga qon quyilishi, miokard infarkti, yurakning 
o’tkir anevrizmasi va yorilishi, aortaning klapan ustidan yorilishi hammadan 
muhim va xatarli asoratlar bo’lib, ko’pincha bular bemorlar to’satdan o’limining 
sababchisi bulib hisoblanadi. Shuning uchun ham sud tibbiyoti ekspertlari 
gipertoniya kasalligi bilan kasallanib o’lgan bemorlar murdasini kesib ko’rishda 
yuqoridagilarga, albatta, ahamiyat berishlari zarur.
Ayrim hollarda ko’z pardalarining tomirlari shikastlanishi munosabati bilan 
ko’z xiralashib qolishi, to’r pardasi ko’chishi mumkin, meda-ichak yo’li tomirlari 
shikastlanganida ichak, o’t pufagi devorlari nekrozga uchrab yorilishi, peritonit 
ro’y berishi mumkin.
Gipertoniya kasalligining navbatdagi krizislari paytida anevrizmalar paydo 
bo’lib yorilishi, arteriyalarda (miya, ichak tutqichi, oyoq arteriyalari va 
boshqalarda) trombozlar paydo bo’lishi va qon aylanishi jiddiy ravishda izdan 
chiqishi mumkin.
Gipertoniya kasalligida bemorlarning o’limiga sabab, odatda, yuqoridagi 
aytib o’tilgan asoratlar bo’lishligini barcha sud tibbiyoti ekspertlari va 
543


patologoanatomlar unutmasliklari kerak. O’tkir yoki surunkali yurak 
etishmovchiligi, uremiya va bosh miyaga qon quyilishi o’limga hammadan ko’ra 
ko’proq sabab bo’lishligini alohida ta’kidlashni lozim, deb hisoblaymiz.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   464   465   466   467   468   469   470   471   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish