Tibbiyot instituti talabalari uchun


Tomirlardagi o’zgarishlar tufayli organlarda kelib chiqadigan



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet466/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

3. Tomirlardagi o’zgarishlar tufayli organlarda kelib chiqadigan 
ikkilamchi morfologik o’zgarishlar davri.
Bu davrda gipertoniya kasalligida 
to’qima va organlardagi o’zgarishlarning yakunlovchi bosqichi kuzatiladi. Bunda 
tomirlardagina emas, balki organizmning bir qancha eng muhim sistemalarida ham 
qaytmas jarayonlar vujudga keladi. Gipertoniya kasalligi bemor organizmida 
o’zining hamma bosqichlarini qaysi muddatlarda bosib o’tadi, degan masala 
noaniq bo’lib qolmoqda. Ba’zi hollarda, xususan, yoshlarda kasallik dinamikasi 
juda tez zo’rayib boradi va bemorlar 1-2 yil mobaynida buyrak va yurak 
etishmovchiligidan o’lib ketadi. Boshqa hollarda o’zgarishlar juda sekinlik bilan 
necha yillar mobaynida avj olib boradi. Vrach kuzatuvi katta ahamiyatga egadir. 
Kasallikning ikkinchi davrida bemorni vrach kuzatib turishi ayniqsa muhim. Bu 
davrda to’g’ri rejim va davo krizlar paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaydi va shu bilan 
birga arteriolo-sklerotik va aterosklerotik o’zgarishlarning kuchayib borishini 
to’xtatib qo’yadi.
Gipertoniya kasalligining uchinchi davrida yurak, buyrak, bosh miya ko’z 
537


pardalari va boshqalarda vujudga keladigan o’zgarishlar, ayniqsa, muhim 
ahamiyatga egadir. Yurak ba’zan juda ko’p darajada kattalashib ketadi (og’irligi 
800 g gacha boradi va bundan ham ortishi mumkin). Bundan tashqari, sklerotik, 
distrofik va nekrobiotik o’zgarishlarga xos manzaralar ko’riladi.
Buyrakdagi o’zgarishlar gipertoniya kasalligida juda muhim ahamiyatga 
egadir, lekin buyrakka etgan shikastlar har xil darajada, arang bilinadigan 
darajadan tortib, yurak etishmovchiligiga va bemorning o’lishiga sabab bo’ladigan 
og’ir darajagacha etadi. Buyrak funktsiyasining buzilishi arteriolalarning holatiga 
qarab har xil bo’ladi. Gipertoniya kasalligida arteriolalar bilan mayda arteriyalarda 
spazmlar, keyinchalik esa tomir devorining gialinoziga va yo’lining qisman, goho 
esa batamom bekilib qolishiga olib keladigan bir qancha jarayonlar (plazmatik 
shimilish, fibrinoid nekroz, elastofibroz) ro’y beradi. Arteriolalardagina emas, 
balki kapillyar qovuzloqlarida ham plazmatik shimilish va nekroz jarayonlari 
yuzaga kelib, sklerozga olib boradi. Arterioloskleroz kuchayib, qon aylanishi 
susayib borgan sayin nefronlar atrofiyasi boshlanadi va ularning o’rnida asta-sekin 
biriktiruvchi to’qima paydo bo’lib, o’sib boradi. Shikastlanmagan yoki kam 
shikastlangan qo’shni nefronlar o’z ishini kompensator tarzda kuchaytiradi va 
ularni tashkil etgan elementlar kattalashib ketadi. Buyrak o’ziga xos ko’rinishga 
kirib qoladi: atrofiyalangan va sklerozga uchragan nefronlar ichiga tortilib turadi, 
gipertrofiyalangan nefronlar esa buyrak yuzasidan bo’rtib chiqib qoladi, shuning 
natijasida buyrak mayda donador ko’rinishga kiradi. Ana shunday holat birlamchi 
tartibda arteriolosklerotik tarzda bujmaygan buyrak yoki birlamchi bujmaygan 
buyrak deyiladi.
Shu xildagi buyrak gistologik jihatdan tekshirilganda arteriolalar bilan 
mayda arteriyalalarning devoriga oqsil massalari qayta-qayta o’tirib qolganligi 
topiladi. Bu jarayonning bir qancha har xil, ham surunkali, ham o’tkir davrlari 
bo’lishini ko’rsatadi. Arteriolosklerotik nefrotsirrozda koptokchalarda yuzaga 
keladigan o’zgarishlar har xil bo’ladi. O’zgarmagan, lekin kattalashib ketgan, 
atrofiyalangan, puchayib qolgan va alterativ o’zgarishlarga uchragan koptokchalar 
ko’riladi. Alterativ o’zgarishlar kapillyar qovuzloqlarining plazmatik shimilishi 
538


bilan ifodalanadi. Bunga ba’zan fibrin aralashadi. Mana shu jarayon oqibatida 
koptokcha gialinozi boshlanib, ba’zan endotelial va epitelial hujayralar 
proliferatsiyasi bilan birga boradiki, buni proliferativ glomerulonefrit 
manzaralaridan farqlanishi zarur. Bir qancha hollarda alterativ o’zgarishlarga 
koptokchalar kapillyarlari qovuzloqlarining qonga to’lishi, koptokcha kapsulasi 
bo’shlig’iga va kanalchalar yo’liga eritrotsitlar o’tishi ham qo’shiladi. Buyrak 
kanalchalarida atrofik va distrofik o’zgarishlar paydo bo’ladi.
Gipertoniya kasalligida buyraklardagi o’zgarishlarning avj olish tezligi har 
xil bo’ladi. Chunonchi, ba’zi hollarda arteriolalarda kelib chiqadigan hamma 
o’zgarishlar va shu o’zgarishlardan keyin avj oladigan sklerotik hamda atrofik 
jarayonlar juda sekinlik bilan, necha yillar mobaynida avj oladi va kasallar ancha 
yoshga borguncha umr ko’radi. Bu kasallikning xavfsiz bo’lib o’tadigan 
variantidir. Boshqa hollarda gipertoniya kasalligining krizlari damba-dam 
takrorlanib turadi va arteriolalarda paydo bo’ladigan o’zgarishlar (arteriolonekroz) 
o’tkir buyrak etishmovchiligi hamda uremiyaga olib keladi va bunda bemor 
to’satdan o’lib qolishi mumkin. Bunday hollarda buyrak makroskopik jihatdan 
kichrayib qoladi, yuzasi mayda donador bo’lib ko’rinadi. Kesib ko’rilganida nuqta-
nuqta bo’lib qon quyilganligi topiladi. Gipertoniya kasalligining shu xilda o’tishi 
xavfli varianti deb ataladi.
Mikroskopik tekshirishda buyrakda mayda arteriyalar, arteriolalar, 
koptokcha qovuzloklari yoki butun-butun koptokchalarning fibrinoid nekrozi, 
sklerotik o’zgarishlar, qon quyilganligi yaqqol ko’rinib turadi.
Gipertoniya kasalligida buyrakda kelib chiqadigan o’zgarishlar yana shuning 
uchun ham katta ahamiyatga egaki, mayda arteriyalar bilan arteriolalar 
shikastlanganida buyrakka arterial qon kelishi kamayib qolib, buyrak ishemiyasi 
ro’y beradi. Bunday sharoitlarda buyrak qonga vazopressiv (tomirlarni 
toraytiradigan moddalar vazopressin va renin) moddalar ishlab chiqaradi. Bular 
arteriolalar spazmini battar kuchaytiradi va arterial bosimning ko’tarilishiga sabab 
bo’ladi. Buyrak koptokchasi dastasi yonida joylashgan va hujayralari yuqorida 
aytilgan moddalarni ishlab chiqaradigan yukstamedulyar apparatni morfologik 
539


tekshirish natijalari buni tasdiqlab beradi.
Gipertoniya kasalligida bosh miya, vegetativ va intramural nerv sistemasida 
kelib chiqadigan o’zgarishlar ikki katta guruhga bo’linadi. O’zgarishlarning 
birinchi guruhi nerv sistemasining zo’r berib ishlashi va qon tomirlarining 
spazmlari tufayli ro’y beradigan gipoksiya munosabati bilan vujudga keladi. 
Ikkinchi guruh o’zgarishlar arteriolalar va mayda arteriyalarning devorlaridagi 
dag’al struktura jarayonlariga bog’liq bo’ladi.
O’zgarishlarning birinchi guruhi gipoksiya bilan aloqador bo’lib, nerv 
sistemasining hamma bo’limlarida uchraydi va kasallikning og’ir engilligi hamda 
qanchadan beri davom etib kelayotganiga qarab juda har xil bo’lishi bilan ajralib 
turadi. Bosh miyada shish va yumshoq miya pardasining biroz qalin tortganligi 
ko’rilsa, miya po’stlog’i hujayralarida gliyaning biror darajada ifodalangan 
reaktsiyasi bilan birga boradigan o’tkir va surunkali o’zgarishlar ko’riladi. Og’ir 
hollarda hujayralar puchayib qolgan maydonlar vujudga keladi. Bunday maydonlar 
peshona bo’lagi po’stlog’ining II va III-qatlamlarida ayniqsa ko’p uchraydi.
Uzunchoq miyaning somatik va vegetativ yadrolari hujayralarida, xususan, 
adashgan nervning dorsal yadrosida, gipotalamik soha vegetativ yadrolarining 
hujayralarida talaygina distrofik va hatto nekrobiotik o’zgarishlar topiladi. 
Vegetativ nerv sistemasi hujayralarida (gidropik distrofiya, tsitoplazmadagi 
lipofustsinning ko’payishi), adashgan nerv sistemasi va tugunida (ganglioz 
hujayralarining bo’rtishi, karioliz), aorta ravog’i va karotid sinusining refleksogen 
zonasidagi nerv tolalari va uchlarida (tolalarning parchalanib emirilishi, nerv 
hujayralarining atrofiyasi) shunga o’xshagan jarayonlarni uchratish mumkin.
Ikkinchi guruh o’zgarishlar bosh miya arteriolalari va mayda arteriyalarning 
shikastlanishi munosabati bilan kelib chiqadi va miyada qon aylanishning har xil 
ko’rinishda buzilishi bilan namoyon bo’ladi. Miyada qon aylanishining buzilishi 
tomirlar spazmi, mayda-mayda bo’lib qon quyilishidan tortib, katta-katta qon 
quyilishigacha borib etishi mumkin. Bunga

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   462   463   464   465   466   467   468   469   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish