Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet462/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Gipertoniya kasalligi
Bu arterial qon bosimini ko’tarilishi bilan bog’liq bo’lgan surunkali kasallik 
bo’lib, bunda mayda va kichik kalibrdagi arteriyalar, arteriolalar va 
kapillyarlarning zararlanishi kuzatilib, asosiy klinik belgisi minimal va maksimal 
arterial qon bosimining uzoq muddatda yuqori bo’lib turishi, ya’ni gipertenziya 
bilan xarakterlanadi.
Gipertoniya kasalligida arterial qon bosimining ko’tarilishi organizmda qon 
bosimini doim bir me’yorda saqlab turadigan neyrogumoral mexanizmlarning 
buzilishi tufayli go’yo o’z-o’zidan boshlangandek bo’ladi. So’nggi yillarda 
gipertoniyaga qarama-qarshi arterial qon bosimining uzoq muddatda pasayib 
turishi bilan xarakterlanadigan gipotoniya kasalligi tasvirlanmoqda.
Patologo-anatomik ma’lumotlar ko’rsatib berganidek, arteriolalardagi 
spazmdan keyin struktura o’zgarishlari ro’y beradi, shu bilan birga buyrak 
tomirlari ayniqsa ko’proq shikastlanadi. Buyrakning qon bilan etarlicha 
ta’minlanmay qolishi (ishemiyasi) – qonda pressor moddalar paydo bo’lishiga olib 
keladi, shuning natijasida arterial bosim ko’tarilib ketadi. Buyrakka aloqador deb 
hisoblanadigan ana shu gumoral faktor kasallikning sababi emas, biroq 
kasallikning avj olishini tezlashtiradi. Endokrin bezlarda ham kasallik davomida 
o’zgarishlar vujudga keladi. Gipofiz orqa bo’lagida bazofillar paydo bo’lishi 
alohida ahamiyatga ega. Bular ham pressor moddalar ishlab chiqaradi. Buyrak usti 
531


bezlari, miya qatlami giperplaziyasi, karotid sinusda atrofik o’zgarishlar ko’riladi. 
Mana shu gumoral va endokrin faktorlar gipertoniya kasalligini go’yo quvvatlab 
mustahkamlaydi va ma’lum bir vaqtga kelib arterial bosimning doimo yuqori 
bo’lib turishiga sabab bo’ladi. Shunday qilib, hozir gipertoniya kasalligi 
patogenezining neyro-gumoral nazariyasi to’g’risida gapirilsa to’g’riroq bo’ladi. 
Mana shu nazariya kasallikning ma’lum fazalarini ajratishga va oldini olish hamda 
unga davo qilish yo’llarini belgilab chiqishga imkon beradi.
Gipertoniya kasalligining patologik anatomiyasi uning qanchadan beri 
davom etib kelganiga qarab juda xilma-xil bo’lishi bilan ajralib turadi. 
Kasallikning avj olishida 3 davr tafovut qilinadi:
1) funktsional davr;
2) arteriolalar bilan arteriyalarda morfologik o’zgarishlar kelib chiqadigan 
davr;
3) tomirlardagi o’zgarishlar tufayli organlarda ikkilamchi morfologik 
o’zgarishlar vujudga keladigan davr.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   458   459   460   461   462   463   464   465   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish