Ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklaridan to’satdan o’lim.
Bunday
o’lim katta odamlarda kamroq uchraydi. Ko’pincha u qizilo’ngachning varikoz-
kengaygan tomiri, oshqozon yoki ichaklar katta qon tomirlari, emirilgan o’smalar
yoki yaralardan o’tkir qon yo’qotilishi tufayli yuzaga keladi. Bunda murdani kesib
ko’rilganda oshqozon yoki ingichka ichakda quyma shaklidagi kattagina qon
laxtasi topiladi (117-rasm).
Yaraning tagida yoki o’smaning ichida ochilgan katta qon tomiri ko’rinishi,
biroq ba’zan qon ketishining ko’zga ko’rinuvchi manbai topilmasligi mumkin.
Bunday hollarda diapedez yo’li bilan qon ketish nazarda tutiladi.
Ba’zan to’satdan o’lim tromboz yoki ichak tutqichlari arteriyasi
emboliyasidan, shuningdek gemorragik pankreonekrozdan ham sodir bo’ladi.
550
Do'stlaringiz bilan baham: |