olib keladi. Bu o’z navbatida fizik
va psixik holatning kuchayishi, spirtli
ichimliklarni ichishi, oilaviy janjallar bilan bog’liq. Har bir bunday hollarda
masalani hal qilishda voqea holati, jarohatlanish kuchi, miya arteriyasi devoridagi
patologik o’zgarishlar darajasini aniq hisobga olgan holda individual yondoshiladi.
Yuqumli kasalliklardan to’satdan o’lim.
Mamlakatimizda
yuqumli
kasalliklarni keskin kamayishi va ayrimlarini batamom yo’qotilishiga qaramasdan
to’satdan o’limning sababchisi sifatida ikkinchi o’rinni egallaydi va barcha
hollarning 2-4 foizini tashkil etadi. Ko’pchilik hollarda o’limning sababchisi gripp
hisoblanadi.
Ekspert oldida yuqumli kasallikllarni tashxisini qo’yishda murdani kesib
ko’rish va yig’ishtirishda, shuningdek marhumni qarindoshlari uni ko’mishda
maxsus qoidaga rioya qilishligi masalasi turadi.
O’ta xavfli infektsiyalardan (o’lat, natural chechak, kuydirgi, vabo, manqa)
o’lganda murdani kesishda o’latga qarshi maxsus kiyim kiyiladi. Bunda, albatta,
o’ta xavfli infektsiyalarni yaxshi biladigan mutaxassis-vrachlar qatnashishi talab
qilinadi. Murdani kesib ko’rishda murdadan organlarni ajratib chiqarish tavsiya
etilmaydi. Ichki organlarni joyida ko’zdan kechiriladi va kesib ko’riladi. Bu o’z
navbatida murda kesilayotgan joyni qon va murdaning boshqa suyuqliklari bilan
kamroq ifloslanish imkoniyatini beradi.
O’ta xavfli infektsion kasalliklar bilan o’lganlarning
murdasi egalariga
berilmaydi. Bunday hollarda murda maxsus qoidaga binoan ko’miladi.
O’likxonada bo’lgan barcha kishilar hamda uni ko’mishga qatnashganlar
hamma ishlar tugagach, ularning ustki va oyoq kiyimlari dezinfektsiyalanib sanitar
ishlov beriladi va keyin inkubatsion davridagi muddatda alohida ajratiladi.
O’tkir yuqumli kasalliklardan (bug’ma, qizilcha, ichburuq,
qorin tifi va
boshqalar) o’lgan shaxslarning murdasini yaxshilab yopilgan tobutda ko’milishiga
ruxsat beriladi. Tobutning tagiga va murdaga dezinfektsiyalovchi moddalar (xlorli
ohak va boshqalar) sepiladi.
Murdani ko’muvchi shaxs yuqumli kasalliklarni tarqatilishi uchun
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257 moddasi bilan jinoiy
547
javobgarlikka tortilishi ogohlantiriladi. Ular tobutni ko’milish
joyigacha olib
kelishi zarur, ammo uyiga va boshqa joyga burilib kirish taqiqlanadi. Murda kesib
ko’rilgach va jo’natilgach, asbob-uskunalar, murda kesilgan xona va o’likxonaning
boshqa qo’shimcha xonalari dezinfektsiyalanadi. Murdani kesib ko’rgan vrach va
sanitar maxsus ishlovdan o’tkaziladi.
Grippning sektsion tashxisi nafas yo’llarida xarakterli o’zgarishlar
topilishiga asoslanadi. Barcha hollarda yuqori nafas yo’llari shilliq qavati
shishganligi va to’laqonligi, hiqildoq, kekirdak va bronxlar shilliq qavatida qon
quyilganligi ko’zga tashlanadi. Doimo o’pkaning kuchli to’laqonligi, qon quyilish,
alveolalar va bronxlar bo’shlig’iga shish suyuqligining chiqishi, ya’ni gemorragik
toksik shish kuzatiladi. Shuningdek bosh miya pardasi va moddasida kuchli shish
va to’laqonlilik ko’rinadi. Gistologik tekshirishda miya kapillyarlar to’rining
kuchli to’laqonliligi, eritrotsitar tromblar, perivaskulyar shish, miya po’stlog’i va
po’stloq osti hujayralarida distrofik o’zgarishlar topiladi.
Grippdan o’lgan
shaxslarda, ayniqsa kasallikning 5-6 kunida ko’pincha
pnevmoniya aniqlaniladi. O’pkaning grippdan yallig’lanishi odatda virusli
bakteriyali (ko’pincha strafilokokkli) bo’lib, gemorragik xarakterga ega bo’ladi.
Kesib ko’rilganda o’pka ola-bula tuzilishdaligi gemorragik maydonlar yallig’lanish
va nekrozga uchragan joylar bilan almashinib turgani uchun ko’zga tashlanadi.
Doimo yiringli gemorragik va nekrotik traxeit uchraydi. Grippning boshqa
asoratlari
orasida plevritlar, perikarditlar, meningitlar va entsefalitlar topilishi
mumkin.
Tashxisni aniqlash uchun nafas yo’llari
va bosh miyadan mayda
bo’lakchalar olinib gistologik tekshiruv o’tkazilishi zarur. Shuningdek burun,
hiqildoq, kekirdak va bronxlar shilliq qavatidan predmet shishachasiga surtki va
tamg’a tekshirish uchun olinadi.
Virusologik tekshirish uchun material sterillangan asbob yordamida
sterillangan idishga (o’pkaning har xil qismidan, bronxlar, kekirdakni bo’lingan
joyidan, qonni yurakni bo’shlig’idan) olinadi. Immunoflyuorestsent taxlil usuli eng
muhim diagnostik foydali bo’lib, bu usul yordamida 85-90 foiz virusli antigenlar
548
aniqlaniladi.
Boshqa yuqumli kasalliklar (qizilcha, bug’ma, bezgak, epidemik gepatit va
boshqalar) sud tibbiyoti ekspertizasi amaliyotida kamroq uchraydi, chunki ularning
ko’pchiligida o’lim holatlari kamroq uchrab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: