Ishning holati bilan tanishish
. Bunda avvalo ekspert tergovchining
qarori va sud ajrimi bilan tanishadi. Tergovchi ham ekspertga ish materiallari bilan
tanishish huquqini beradi. Bu o’z navbatida ekspert xulosasini berishda muhim
hisoblanadi.
2.
Tibbiyot hujjatlari bilan tanishish
. Bunday hujjatlarining, ayniqsa,
kasallik tarixi va ambulatoriya kartasining qiymati shundaki, ularda
jarohatlanishning birlamchi belgilari yozilgan bo’lib, bular xirurgik ishlash
natijasida, yaraning bitishi va asoratlanishi jarayonida jarohatlanshning xarakteri
o’zgarishi mumkin. Shuningdek tibbiyot hujjatlarida guvohlik beruvchining holati
haqidagi ob’ektiv ma’lumotlar, maxsus tekshiruv usullari va analiz natijalari
bo’lib, bularsiz ekspert oldiga qo’yilgan savollarni hal qilish mumkin emas.
Tibbiyot hujjatlari ish materiallarining bir qismi bo’lib, ularning haqiqiy
nusxasi ekspert ixtiyoriga berilishi zarur. Shaxsiy ayblash ishlarida ekspert
davolash muassasasi rahbari orqali kerakli tibbiyot hujjatlarini so’rashi mumkin.
3.
Do'stlaringiz bilan baham: |