Tibbiyot instituti talabalari uchun



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet310/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Og’ir tan jarohati
Agar tan jarohati hayot uchun xavfli bo’lsa yoki ko’rish, eshitish yoki 
qandaydir organni yo’qotish, organlarni funktsiyasini yo’qolishi, ruhiy kasalliklar 
yoki sog’liqni buzilishi tufayli ish qobiliyatini 1/3 qismidan ko’p turg’un 
359


yo’qotilishi (33-foizdan ko’proq); homiladorlikni buzilishi va yuzini tanib 
bo’laydigan darajada haddan tashqari o’zgarishi og’ir tan jarohatlari hisoblanadi 
(O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi).
1. Hayot uchun xavfli tan jarohatlariga kiradi
:
1) kallasiga teshib kiruvchi, shuningdek bosh miyasining 
jarohatlanmasligi bo’lishi;
2) kalla suyagi gumbazi va asosiy suyagining ochiq yoki yopiq sinishi;
3) bosh miyani og’ir darajada bosilib lat eyilishi yoki miyaning 
bosilmasligi;
4) subdural, epidural yoki subaraxnoidal hayotga xavf tug’diruvchi kalla 
suyagi ichiga qon quyilish;
5) umurtqa pog’onasiga teshib kiruvchi yaralanish, orqa miyasi 
zararlanmaganda ham;
6) bo’yin umurtqasi ikkala yoyi tanasining sinishi va sinib chiqishi, 
shuningdek bir tomonlama I-II bo’yin umurtqasi yoyining sinishi, 
shuningdek orqa miya funktsiyasini buzilmasligi ham;
7) bo’yin umurtqalarining chiqishi;
8) orqa miyaning bo’yin qismida yopiq jarohatlanishlar;
9) bir yoki bir necha ko’krak yoki bel umurtqasining sinishi yoki sinib 
chiqishi tufayli orqa miya funktsiyasining buzilishi yoki klinik 
aniqlangan shokning og’ir darajasi;
10) orqa miyaning ko’krak, bel va dumg’aza segmentlarining yopiq 
jarohatlanishi tufayli og’ir spinal shokning yuzaga kelishi yoki chanoq 
organlari funktsiyasining buzilishi;
11) xalqum, hiqildoq, kekirdak va qizilo’ngachni teshib kiruvchi 
yaralanishi;
12) hiqildoq, kekirdak tog’aylarini yopiq sinishi tufayli shilliq pardalarni 
yorilishi va natijada shokning og’ir darajasini rivojlanishi, nafas 
olishning buzilishi yoki boshqa hayotni xavf ostida qoldiruvchi 
holatlar;
360


13) ko’krak qafasini shikastlab, plevra, perikard yoki ko’krak oralig’i 
bo’shlig’i, shuningdek ichki organlarning jarohatlanmasligi ham;
14) qorin va bryushina bo’shlig’iga teshib kiruvchi yaralanish, 
shuningdek ichki organlarning jarohatlanmasligi ham; bryushina 
orqasidagi organlarning (buyrak, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi 
va boshqalar) ochiq yaralanishi; siydik pufagi, yo’g’on ichakning 
yuqori va o’rta qismiga teshib kiruvchi yaralanishlar;
15) ko’krak qafasi, qorin bo’shlig’i, chanoq bo’shlig’i, shuningdek 
bryushina orqasi bo’shlig’i organlarining yopiq jarohatlanishi tufayli 
hayot uchun xavf tug’dirganda;
16) katta naysimon suyaklar – elka suyagi, son yoki katta boldir 
suyaklarining ochiq sinishlari;
17) chanoq suyaklarining sinishi tufayli og’ir darajali shok yoki massiv 
qon ketish kuzatilishi, yoki uretra parda qismining yorilishi;
18) shokning og’ir darajasiga olib keluvchi jarohatlanish yoki massiv 
qon ketishi tufayli kollaps rivojlanishi; klinik yog’ yoki gazli 
emboliyaning ko’rinishi; o’tkir buyrak etishmovchiligidan travmatik 
toksikoz rivojlanishi;
19) katta qon tomirlarining jarohatlanishi – aorta, uyqu arteriyasi, umrov 
tagi, qo’ltiq tagi, elka, yonbosh, son, tizza osti arteriyalarini yoki 
ularni kuzatuvchi venalar jarohatlanishi;
20) tana yuzasini 15 foizdan yuqori III-IV-darajali quyishi; tana yuzasini 
20-foizdan ko’proq III-darajali kuyishi; tana yuzasini 30-foizdan 
ko’proq II-darajali kuyishi, shuningdek, kamroq yuzali kuyishda 
shokning og’ir darajasi kuzatilishi; nafas olish yo’llari kuyishi 
natijasida ovoz bog’lamining shish tufayli siqilishi;
21) kimyoviy moddalardan kuyish (kontsentrlangan kislotalar, o’yuvchi 
ishqorlar, har xil kuydiruvchi birikmalar), bular mahalliy ta’sir 
qilishdan tashqari, umum-zaharli ta’sir qilib hayot uchun xavf 
tug’dirishi;
361


22) bo’yin organlarining siqilishi va mexanik asfiksiyaning boshqa 
turlaridan hayot uchun xavfli kompleks holatlarning kuzatilishi.
«Jarohatlanishning hayot uchun xavfliligi» va «jarohatlanish etkazailish 
usulining hayot uchun xavfliligi» tushunchasini bir-biri bilan almashtirish 
yaramaydi, chunki ohirgi holatni ekspert emas, balki tergovchi va sud belgilaydi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi tajribasi shuni ko’rsatadiki, hayot uchun xavfliligi, 
og’ir toifaga kiruvchi jarohatlanishlar mezonining eng ko’p tarqalgan turi 
hisoblanadi.
Bosh miyaning lat eyishi va chayqalishining og’irlik darajasini sud 
tibbiyotida baholashda «Bosh miya jarohatining sud tibbiyot tashxisi» nomli 
metodik qo’llanmaga asoslanadi (A.I.Iskandarov, E.S.Shamsiev, 2005). Bu 
tavsiyanomada yopiq kalla-miya jarohatlanishi bosh miyaning chayqalishi va lat 
eyishi uning siqilishi va siqilmasligi turlariga bo’linadi. Bosh miya lat eyishi 
og’irlik darajasi engil, o’rtacha og’irlik va og’ir darajaga bo’linishi mumkin. 
Bunday hollarda sud tibbiyoti ekspertizasi nevropatolog ishtirokida o’tkaziladi. 
Agar jarohatlanish hayot uchun xavfli bo’lmasa, bunda og’irlik darajasi ularning 
oqibati va sog’lig’ining natijasiga qarab hamda jabrlanuvchining ish qobiliyatiga 
ko’ra baholanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish