5.
Homiladorlikni to’xtatilishi.
Agar homilador ayolga jarohat
etkazilsa, bunday hollarda abort chaqirishi yoki muddatidan ilgari tug’ishi tufayli
homila o’lishi mumkin. Bunday jarohatlanishlar og’ir tan jarohati sifatida
baholanadi. Maxsus akusher ginekologik tekshiruv natijasida homiladorlikni
to’xtatilishi organizmning individual xususiyatlari hamda qandaydir kasallik bilan
bog’liq bo’lmay, balki etkazilgan jarohat bilan sababiy bog’langan bo’ladi.
Shuning uchun ham ekspertiza akusher-ginekologlar bilan birgalikda o’tkaziladi.
Bunda homiladorlik muddatining ahamiyati yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |