Bog'liq sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1
Tekshiriluvchini ko’zdan kechirishdan maqsad ekspert oldiga qo’yilgan
savollarni echishda ob’ektiv ma’lumotlarni aniqlashdan iboratdir. Ko’zdan
kechirish odatdagi vrachlarning ambulatoriyada tekshirish rejasiga muvofiq
ekspertizaning mohiyati va echilishi zarur bo’lgan savollarning xarakteriga bog’liq
holda amalga oshiriladi. Shubhalanuvchini ko’zdan kechirishda jinoyat sodir
bo’lishida bunday manfaatdor shaxslar o’zida bo’lgan jarohatlanishlar va jinoyat
sodir bo’lishi izlarini yashiradilar.
Jarohatlanishlarni ko’zdan kechirish va yozish sud tibbiyotida qabul qilingan
umumiy sxema bo’yicha o’tkaziladi. Kerakli antropometrik o’lchashlar
mamlakatimizda qabul qilingan birdan bir uslub asosida amalga oshiriladi.
5.