Tibbiyot instituti talabalari uchun


I V B O ’ L I M . TIRIK SHAXSLARNING SUD TIBBIYOTI



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

I V B O ’ L I M . TIRIK SHAXSLARNING SUD TIBBIYOTI 
EKSPERTIZASI
XIV BOB.
TIRIK SHAXSLARNING EKSPERTIZASINI O’TKAZISH 
TARTIBI VA SHARTLARI.
Bu sud tibbiyoti ekspertizasining eng ko’p uchraydigan turi bo’lib, sud 
tibbiyoti tekshiruvlari orasida birinchi o’rinni egallaydi va barcha ekspertizaning 
80-foizini tashkil qiladi. Statistik ma’lumotlarga ko’ra tirik shaxslar 
ekspertizasining 90-foiziga yaqinini tan jarohatlarining og’irlik darajasini aniqlash 
egallaydi. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual 
kodeksida bunday hollarda sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazilishi majburiyligi 
ko’rsatilgan. Bundan tashqari, tirik shaxslar sud tibbiyoti ekspertizasining sabablari 
xilma xil bo’ladi.
Shunga ko’ra tirik shaxslar ekspertizasining asosiy turlariga quyidagilar 
kiradi.
I. Tan jarohatlarining ekspertizasi, bu:
1) tan jarohatlarining xarakteri va og’irlik darajasini aniqlash;
2) umumiy va professional ish qobiliyati yo’qotilish darajasini 
aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
II. Sog’lig’ini aniqlash, simulyatsiya, dissimulyatsiya, aggravatsiya, sun’iy 
kasalliklar va o’z-o’zini jarohatlash holatlarini ekspertizasi.
III.Bahsli jinsiy holatlar ekspertizasi:
1)
jinsini aniqlash;
2)
jinsiy etilganlikni aniqlash;
3)
qizlik holatini aniqlash;
4)
mahsuldorlik qobiliyatini belgilash;
5)
homiladorlik, tuqqandan keyingi va abortdan keyingi holatni 
aniqlash;
6)
tanosil kasallar yuqtirilganligini aniklash.
351


IV. Jinsiy jinoyatga oid ekspertiza:
1)
zo’rlash (nomusiga tegish) bilan bog’liq jarohatlanishlarni 
aniqlash;
2)
jinsiy buzuqilik qilishni aniqlash;
3)
besoqolbozlik.
V. Ekspertizaning alohida turlari:
1) yoshini aniqlash;
2) mastlik holatini aniqlash;
3) bahsli otalik va onalikni, bolani almashtiruv holatlarini aniqlash;
4) shaxsini aynan o’xshashligini aniqlash.
Tirik shaxslarning sud tibbiyoti ekspertizasi tergov organlarining qarori va 
sud ajrimiga binoan o’tkaziladi. Shaxsiy ayblash hollarida militsiya organlari yoki 
xalq sudining yo’llanmasiga asosan o’tkazilishi mumkin. Jabrlanuvchining 
shikoyatiga ko’ra ayblanuvchiga nisbatan qo’zg’atilgan jinoiy ish har ikkala 
tomonning kelishi bilan to’xtatiladi. Bu qasddan engil tan jarohati (O’zbekiston 
Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi), to’xmat (139-modda), haqorat 
qilish (140-modda) hollarida kuzatiladi.
Tirik shaxslarning ekspertizasi ko’pchilik hollarda vrachning o’zi tomonidan 
shaxsan o’tkazilib, u barcha tekshiruv ishlarini olib boradi va o’z xulosasini beradi.
Qandaydir tibbiyot mutaxassisligiga aloqador savollarni echishda va 
ko’pincha maxsus tekshiruv o’tkazishda (rentgenolog, nevropatolog, okulist va 
boshqalar) ekspert mutaxassislardan maslahat so’raydi.
Ish qobiliyatini yo’qotish darajasini aniqlash ekspertizasida, shuningdek tirik 
shaxslar ekspertizasining murakkab hollarida sud tibbiyoti eksperti va boshqa 
mutaxassis vrachlar ishtirokida komission ekspertiza o’tkaziladi.
Ekspertiza o’tkazishdan oldin ko’zdan kechiriluvchini pasporti yoki boshqa 
surati yopishtirilgan hujjatini tekshirish orqali shaxsi aniqlaniladi. Bu uning o’rniga 
boshqa shaxsni ekspertizadan o’tishini oldini oladi. Hujjati bo’lmagan taqdirda 
uning shaxsini tergov organlari (militsiya) tasdiqlaydi va ekspert xulosasiga imzo 
chekadi. Ba’zi hollarda ko’zdan kechiriluvchini shaxsi noma’lum bo’lsa, suratga 
352


olinib, uning surati ekspert hujjatiga yopishtirib qo’yiladi.
Agar ko’zdan kechiriluvchining jinsi jinsiga to’g’ri kelsa yoki boshqa jinsga 
aloqadorligiga qaramasdan uning qatnashuviga qarshilik bo’lmagan taqdirda 
tergovchi ekspertiza vaqtida qatnashish huquqiga egadir. 16 yoshga etmagan 
shaxslarning ekspertizasida ota-onalarining yoki o’qituvchilarining qatnashuvi 
maqsadga muvofiqdir.
Ayrim hollarda surishtiruv organlari yoki sud organlari ruxsati bilan 
jabrlanuvchining ishtirokisiz tibbiyot hujjatlariga asosan ekspertiza tayinlaniladi. 
Bunday hollar jabrlanuvchi bo’lmaganda ba’zi vaqtlarda amalga oshirilib, bunda 
tibbiyot hujjatining aniq o’zi va ekspert oldiga qo’yilgan savollarni echish uchun 
etarli ma’lumotlar bo’lgan taqdirda amalga oshirilishi ko’zda tutilgan.
Tirik shaxslarning ekspertizasi yorug’, etarli haroratga ega kunduzgi 
yorug’liq ostida o’tkaziladi. Tirik shaxslarni tekshirish ishning holatiga qarab 
ambulatoriya, poliklinika va statsionarda, sud xonasi va qamoqxonada, ayrim 
hollarda ekspertiza jabrlanuvchini uyida o’tkazilishi ham mumkin. Ekspertizani 
vrachni uyida o’tkazish qat’iy taqiqlanadi.
Sud tibbiyoti ekspertizasi ambulatoriyasida tan jarohatlarini og’irlik darajasi 
va xarakterini aniqlash, bahsli jinsiy holatlar va jinsiy jinoyatga oid ekspertizalarni 
o’tkazishda maxsus xonalar tashkil qilinadi. Tumanlar va tumanlararo byuro 
bo’limlarining sud tibbiyoti ekspertlari, shuningdek shtatsiz vrach-ekspertlar 
odatda tirik shaxslarni ekspertizasini tuman kasalxonasi qoshida amalga 
oshiradilar.
Ayrim hollarda tergovchining ko’rsatmasiga ko’ra, agar jabrlanuvchini 
ekspertizaga kelish imkoniyati bo’lmasa uyda o’tkazishga to’g’ri keladi. Bunday 
hollarda ekspertni noto’g’ri yoki qonunsiz harakatda ayblanishiga shubha 
to’g’ilmasligi maqsadida uyda ekspertiza o’tkazilayotgan paytda tergovchi yoki 
sud vakillarining qatnashuvi, albatta, zarurligini doimo esdan chiqarmaslik kerak.
353



Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish