Tibbiyot instituti talabalari uchun


Xlororganik birikmalardan zaharlanish



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet298/577
Sana14.02.2022
Hajmi6,49 Mb.
#448516
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   577
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Xlororganik birikmalardan zaharlanish.
Xlororganik pestitsidlar 
organizmga oshqozon ichak traktidan tashqari, teri, shilliq pardalar va nafas 
yo’llari orqali ham kirishi mumkin. Ko’pchilik xlororganik birikmalar lipoidlarda 
eruvchi moddalar hisoblanadi. Ular yog’ to’qimasida yig’ilib, ko’pincha nerv 
sistemasiga zaharli ta’sir ko’rsatadi.
Xlororganik yadoximikatlar ichida ancha keng tarqalgani DDT 
(dixlordifeniltrixloretan) hisoblanadi. U tashqi muhitning har xil ta’sirlariga juda 
chidamli bo’ladi. Masalan, tuproqda 7 yilda uning zaharliligi faqat 50-foizga 
kamayadi. Shuning uchun ham mevalarda saqlangan DDT ning miqdori 
zaharlanish chaqirish uchun etarli bo’ladi. Ko’pgina tadqiqotchilar har xil o’tlarni 
zaharlanish belgilari uni organizmga qanday yo’l bilan kirishiga bog’liq. Zaharli 
modda oshqozon orqali kirganda ko’ngil aynishi, qusish, bosh og’rig’i, ko’kragida 
siqilish sezgisi, tana haroratining 38-40
0
gacha ko’tarilishi kuzatiladi. Keyinchalik 
umumiy darmonsizlik, kam sezuvchanlik, tirishish, alahsirash paydo bo’ladi. 
Siydigida oqsil, eritrotsitlar, donali tsilindrlar topiladi. DDT teri orqali kirganda 
terining qizarishi va har xil darajadagi dermatitlar, nafas yo’llari orkali 
zaharlanganda esa xansirash va yo’talish kuzatiladi. DDT bilan surunkali 
zaharlanishda ishtahani yo’qolishi, uyqusizlik, tezda charchashlik, oyoq va 
qo’llarda qaltirash hamda tirishib og’rish hollari ko’zga tashlanadi. Bundan 
348


tashqari gastritlar va gepatitlar aniklaniladi.
DDT ning o’ldiruvchi dozasi 0,5 dan 30 g gachadir.
DDT bilan zaharlanishda morfologik o’zgarishlar kam xarakterlidir. Bu 
parenximatoz organlarning distrofiyasi (donador va yog’li distrofiya), kataral 
enterokolit, o’pkaning toksik shishi, o’choqli pnevmoniya, bosh miyaning 
to’laqonligi va shishi bilan xarakterlanadi.
Zamburug’li kasalliklarga qarshi kurashda tarkibida mis bo’lgan preparatlar 
(mis ko’porosi va bordos suyuqligi) keng qo’llaniladi. Bu preparatlar bilan 
zaharlanish meva va sabzovatlarga ishlov berish qoidalari buzilganda ko’rinadi. 
Odatda hosilni yig’ib olishda, ishlov berilayotganda yadoximikatning qoldig’ini 
mevada qolishidan, shuningdek uni yuqori darajali eritmasi ishlatilganda 
zaharlanish sodir bo’ladi.
Ovqat moddalari va suvga margumushni tasodifan tushishi tufayli oziq-
ovqatdan zaharlanish chaqirishi mumkin. Uy tomidan oqayotgan yomg’ir suvini 
iste’mol qilishidan zaharlanish kuzatilgan. Bu uy tomi qoplamasini tarkibida 
margumushi bo’lgan buyoq bilan yaqindagina bo’yalganligi tufayli sodir etilgan.
Boshqa kimyoviy birikmalar orasida nitrat kislotasining tuzlari – nitritlar 
bilan zaharlanishlar ham uchraydi. Ular kolbasa yoki cho’chqa go’shtini dudlashda 
qo’llaniladi. Tashqi ko’rinishidan nitritlar osh tuzini eslatadi va shuning uchun 
ham ba’zan undan adashib ovqatga ishlatib quyish mumkin.
Ular kuchli zaharli bo’lib, o’ldiruvchi dozasi 0,3-0,5 g dir.
Nitritlar bilan zaharlanganda qonida metgemoglobin hosil bo’lgani tufayli 
klinik ko’rinishi ko’karish bilan xarakterlanib, xansirash, yurak faoliyatining 
susayishi va o’lim kuzatiladi. Murdani kesib ko’rishda murda dog’lari va qoni 
qo’ng’ir tusli bo’lib, qonni spektral tekshiruvda metgemoglobin topiladi.
O’simliklar orasida o’suvchi zaharli o’tlar doni bilan zaharlanish alohida 
ahamiyatga egadir.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   577




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish