Zaharli xususiyatlarga ega bo’lgan o’simliklardan zaharlanish.
Oddiy
eyiladigan o’simliklar, masalan kartoshka, kuchli o’sib ketganligi tufayli unda
zaharli glyukozid – solanin yig’iladi. Normal kartoshkada 0,001-foiz solanin
bo’lsa, agar unda solaninning miqdori 0,02 foizgacha oshganda zaharlanishning
belgilari (og’zida achchiq tam sezilishi, tilini achishishi, ko’ngli aynishi, ba’zan ich
ketishi) rivojlanadi. O’lim odatda kuzatilmaydi.
Ba’zan zamburug’lar ta’sirida o’simlik mahsulotlari zaharli xususiyatga ega
bo’lishi mumkin, chunki bu mahsulotlar uzoq saqlangandan keyin mikotoksinlar
hosil bo’ladi. Bularga ergotizm va alimentar-toksik aleykiya kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |