MUNDARIJA
Kirish………………………………………………………………………………3 Adabiyotlar sharhi. ……………………………………………………6
I.1. Potesiometriya.…………………………………………………...9
I.2. Bevosita potensiometriya……………………………………….24
I.3. Potensiometrik titrlash. ………………………………………...25
Natijalar tahlili. ……………………………………………….......33
2.1. Potensiometriyada titrlashning ohirgi nuqtasini aniqlash……..33
2.2. Potensiometriyada ishlaydigan asbob va uskunalar. ..................38
2.3.. Analiz natijalari..........................................................................46
Tajriba qism.............................................................................46
3.1. Sulfid ionlarga hos reaksiyalar asosida oltingugurtni aniqlash...46
3.2. Vodorot sulfid bilan o`tkaziladigan reaksiyalar asosida oltin gugurtni aniqlash. ...................................................................................47
3.3. Tabiiy gaz tarkibidagi vodorot sulfidni potensiometrik titrlash usulida aniqlash. ....................................................................................49
3.4. Vodorot sulfiddan oltingugurt olish. ..........................................49
3.5. Toza oltingugurtni ajratib olish. .................................................50
3.6. Analizning borishi…………………………………………….51
3.7. Umumiy oltingugurt miqdorini aniqlash………………….52
Xulosa...............................................................................................58
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati................................................59
Kirish
Mamlakatimizda 1997- yil 29- avgustda qabul qilingan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da zamon talablariga, bozor iqtisodiyoti ehtiyojlariga, ta’lim sohasidagi xalqaro meyorlar va andozalar talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasi qo‘yilgan. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” nomli asarida, "Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargoxlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq", deb ta’kidlaydi.
Jahonda moliyaviy-iktisodiy inqiroz kengayib va chuqurlashib borayotgan bir paytda, hayot O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli barpo etilgan omillar bunday inqirozlar ta’sirini yumshatishga qodir ekanligini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda jahon moliyaviy - iqtisodiy inqiroziga qarshi choralar dasturi ishlab chiqildi va uni amalga oshirish boshlab yuborildi. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari" asarida, inqirozga qarshi choralardan biri - bu" korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologii qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish", deb ta’kidlanadi. Yangi, raqobatbardosh texnologiyalarni qo‘llash masalasi bevosita fan va ta’lim-tarbiya soxasiga ham tegishlidir.
О‘zbekiston hayotida bosib о‘tilgan yо‘l – kelajagi porloq yangi tariximizning sermazmun, sershiddatliligi, sinovlarga boyligi, qizg‘in va murakkabligi bilan ajralib turadi, yani mamlakatimiz tarixida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy islohotlar amalga oshirilayotgan jarayonda fuqarolarning demokratik jamiyat qurish yо‘lidagi ongi, tushunchalari va dunyoqarashlari о‘zgarib borayotganligining guvoxi bо‘lyapmiz.
Bozor iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida gaz va neft sanoati mamlakat yoqilg‘i industriyasining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylangan va tarmoqda ishlab chiqaruvchi kuchlarni har tomonlama rivojlantirishga katta etibor berilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |