Mundarija kirish Adabiyotlar sharhi



Download 336,83 Kb.
bet2/23
Sana29.03.2022
Hajmi336,83 Kb.
#515897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
MUNDARIJA

Mavzuning dolzarbligi: Serquyosh O`zbekistonning Neft va Gaz maxsulotlariga homashiyolarga boy mamlakatlardan biri hisoblanadi. Biroq bu homashiyolarni kimyoviy qayta ishlamasdan. Tarkibida zaharli gazlardan tozakamasdan ma`lum bir maqsadda ishlatib bo`lmaydi.
Shuning uchun neft va gaz tarkibidagi zaharli (ayniqsa oltingugurtli) birikmalarni miqdorini va tarkibini zamonaviy usullar yordamida aniqlash hamda tozakash hozirgi kunda dolzarb muommolardan biri hisoblanmoqda.


Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari: Zamonaviy usullardan biri bo`lgan potensiometrik titrlash usulini mukammal o`rganish hamda neft va gaz tarkibidagi zaharli va oltingugurtli birikmalar miqdorini va tarkibini katta aniqlikda o`rganishdan iborat.


Bitiruv malakaviy ishining ilmiyligi: Ma`lumki homashiyolarni qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan qimmatbaho labaratoriyalar oltingugurtli birikmalar ta`sirida zaharlanib yaroqsiz holga kelib qoladi. Ishlab chiqarish jarayonida ajralib chiqayotgan gazlar tarkibida oltingugurtli (vodorod sulfid) deyarli bo`lmasligi kerak. Tarkibi tozalanmagan oldingi va tozalangandan keyingi tarkibini o`ylash oltingugurtli birikmalarning har xil tuzlar (CdS, ZnS, PbS) holida ko`pincha maxsulot sifatida ajratib olish ham mumkin. Ilmiy jihatdan katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining hajmi:


I. ADABIYOTLAR SHARHI

О‘zbekistonda gaz konlari mavjudligi 1930 yildan boshlab aniqlana boshlangan. Dastlab, 1936 yilda Farg‘ona vodiysida bо‘ldi va 1950 – 60 yillarga kelib ularning soni va manzillari kо‘paydi. Statistika malumotlariga kо‘ra tabiiy gazning zahiralari asosan g‘arbiy О‘zbekistonda joylashgan bо‘lib 78,6%, Ustyurtda 21,4%, Surhondaryo past tekisligida 9,5%, Farg‘ona vodiysida 2,6% ga tо‘g‘ri keladi. Dastlab Gazli gaz koni eng kо‘p gaz bergan bо‘lsa, hozir О‘zbekistonda qazib olinayotgan gazning yarmidan kо‘prog‘ini Muborak gazni qayta ishlash zavodi tozalamoqda. Shu jumladan, SHо‘rtan gaz unitar shu’ba korxonasi, SHо‘rtan kimyo majmuasi salmog‘i tobora oshib bormoqda.


Bugungi kunda Qashqadaryo viloyati Respublikamiz gaz va neft sanoatining katta markaziga aylandi. Viloyatda qazib olinayotgan gaz tarkibida oltingugurt birikmalari kо‘p uchraydi. Uni tozalash maqsadida 1972 yil iyun oyida Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushdi. Zavod nafaqat Muborak, balki butun Qashqadaryo hududi va Buxoro viloyati hamda qо‘shni Turkmaniston sarhadlaridan qazib olingan oltingugurtli gazni tozalash va uning tarkibidan kondensat ajratib olishda katta ahamiyatga ega.
Qashqadaryo viloyati yoqilg‘i energetika zaxiralari bо‘yicha О‘zbekistonda yetakchi о‘rinni egallaydi. Haqiqatdan ham respublika bо‘yicha qazib olinayotgan neftning 89,7%, gazning 96,2, kondensatning 99,6, oltingugurtning esa 100 foizikviloyatimiz zaminiga tо‘g‘ri keladi. 1990 – 94 yillarda mamlakatga 164 millyard kub metrdan kо‘proq gaz, sal kam 6 mln tonna neft, 1,75 mln tonna oltingugurt, 6,1 ming tonna kondensat, 54,4 ming tonna suyultirilgan gaz yetkazib berilgan. Shu davr mobaynida 100 dan oshiqroq gaz, neft quduqlari ishga tushurildi. Topilgan neft zahirasining 70 foizi, gaz zahirasining 71 foizi Qashqadaryo mintaqasiga tо‘g‘ri keladi.
Viloyatda yillik qazib olinayotgan neft, kondensat va gaz miqdori Germaniya, Fransiya, Avstriya, Gretsiya, Ispaniya, Chili, Boliviya, Yaponiya, Tailand, Vyetnam, Pokiston, Baxrayn, Iordaniya, Israil, Ukraina va Pribaltika mamlakatlari bо‘yicha qazib olinayotgan ana shu mahsulot miqdoridan oshiqdir.
Korxona balansida 62 ta gaz, gaz kondensat, neft kondensant, neft konlari mavjud bо‘lib, shulardan 25 ta kon (О‘rtabuloq, Kо‘kdumaloq, Dengizkо‘l, Zevorda, Qо‘ltoq, Popuk, Alan, Shimoliy О‘rtabuloq, Umid, Quruq, Toshli va boshqalar) ishlab chiqarishga jalb qilingan.
Qidirib topilgan, istiqbolda kо‘zda tutilgan neft gaz va kondensat resurslarining Qashqadaryodagi miqdori bu mintaqaning yaqin 15 – 20 yil ichida, hatto bundan uzoqroq davrda ham respublikani neft – gaz, xom ashyolari bо‘yicha eng yirik bazasi bо‘lib, qolishini kо‘rsatmoqda. Yoki viloyatning respublikada ayni shu tarmoqdagi mavqeyini Rossiyaning Tyumen yoki AQSH ning Texas shtati bilan taqqoslash mumkin.
1970 – yillarda qurib foydalanishga topshirilgan Muborak gazni qayta ishlash majmui tarkibida oltingugurt va kondensat miqdori kо‘p bо‘lgan murakkab tarkibli gazlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan. Ma’lumki, tabiatda gaz yer osti qatlamlarida turli tarkibda uchraydi. Gazli gazning tarkibiga nisbatan toza bо‘lganidan u tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri quvurlarga ulanardi. Boshqa konlar, xususan, SHо‘rtan va Muborak, Kо‘kdumaloq, Zevarda, Along kabi konlardan olingan gazlar tarkibi esa turli murrakkab qorishmalarga boy bо‘lgani uchun ularni ishlatishdan avval bir necha bosqichli muhandislik inshootlari yordamida tozalash jarayoni о‘tkazish zarur bо‘ladi.
Muborak gazni kayta ishlash zavodi qurilmalari oltingugurt va kondensat ajratib olishga mо‘ljallangan. Ayrim konlardagi gaz о‘ta murakkab tarkibga ega. Yuqori qaynash xaroratiga ega uglevodorod 0,33 – 1,77 foiz, metan gamaloglari 1,77 – 6,47 foiz, kislotali gaz 1,95 – 10,02 foizni tashkil qiladi.
Muborak hududida ishga tushirilgan konlardan 14 tasi tarkibida vadarod sulfid bо‘lgan gaz konlari aniqlangan. Bular: Shimoliy Dengiz kо‘li, Sharqiy Deniz kо‘li, Chandir, Umid, Sardor, Pirnazar, Janubiy Qamashi, Olot, Tegirmon, Uzun, Marinovskiy, Sharqiy xо‘ja, G‘arbiy Xо‘ja, Shimoliy Maymanoq va boshqalar. Zavod xom – ashyosi bо‘lgan gaz konlarini qazib olish uchun 121 ta burg‘u qudug‘i qazilgan.
О‘zbekiston hududida juda kо‘p neft zaxiralari aniqlangan bо‘lsada, sobiq ittifoq davrida, 1990 – yillarning boshida neft mahsulotlari asosan chetdan keltirilardi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan neft mustaqilligiga erishish vazifasi ilgari surildi va Kо‘kdumaloq konini tez suratlar bilan ishlab chiqarishga jalb qilish tadbirlari boshlab yuborildi.
Kо‘kdumaloq neft konidan olinayotgan neft va gaz kondensati hozirgi kunda Farg‘ona va Buxoro neftni qayta ishlash zavodlarga muntazam ravishda yetkazib bermoqda. Qisqa muddat ichida xozirda birgina tabiiy gaz qazib olish surati 104% ni, neft va gaz kondensati qazib olish 110 foizga kо‘paygan.
Tarkibida oltingugurt kо‘p bо‘lgan gazni zavodga keltirish oddiy quvirlar bilan amalga oshmaydi. Bunday gaz oddiy metan quvirlarni 3 – 4 yildayoq yemirib tashlaydi. Shuning uchun Muborak gaz oltingugurt zavodi uchun Ukrainadan ichki qismi maxsus smola bilan sirlangan quvirlar keltirib о‘rnatilgan. Xozirgi kunda korxonada 115 tonnalik absorber, desorber kabi yirik apparatlar, issiqlik almashtiruvchi, sovituvchi uskunalar, separatorlar, generatorlar, reaktorlar ishlab turibdi.
Har bir kon tarkibiga о‘nlab kichik – kichik konlar kiradi. Asosiy konlar: О‘rta buloq, Dengiz kо‘l – Xovuzon, Zevarda, Kultog‘, Pomug, Alan, Qaraqum, Qandam, Somontepa, Shimoliy va Janubiy Muborak, Umid, Kо‘kdumaloq va hokozo.
Gazdan oltingugurt ajratib olish jarayonlari asosan Klaus metodi asosidagi texnologiyalar bо‘yicha amalga oshiriladi. 1973 – 1975 yillarda shu metod asosida ishlovchi tо‘rtta blok ishga tushirilgan. Bu usulda gazni tozalash jarayonida ajralib chiquvchi oltingugurtli birikmalarni qayta ishlash orqali sof oltingugurt olinadi. 1980 – yilda shu metod bо‘yicha oltingugurt ishlab chiqaruvchi 5 ta blok ishga tushirilgan. Korxonaning 1 – 3 navbatlari uchun mо‘ljallangan bu inshoatda yiliga 293 ming tonna oltingugurt ishlab chiqaradigan yuqori unumli qurilmalar о‘rnatilgan.
1986 yilda korxonaning oltingugurt ishlab chiqaruvchi tо‘rtinchi navbati ham ishga tushirilgan. Uning yillik ishlab chiqarish quvvati 183,0 ming tonnani tashkil qiladi. Tо‘rtinchi qavat tarkibiga klaus metodida ishlovchi qurilma sulfren usulida ishlovchi qurilma va tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri oksidlovchi qurilmalar kiradi. Xuddi shu bо‘limga suyultirilgan gaz olish va bir yо‘la gaz kondensatini barqarorlashtirish qurilmasi ham kiradi. Bu qurilma yiliga 715,2 ming tonna tovar holidagi gaz kondensati va 17,2 ming tonna suyultirilgan gaz beradi.
Shimoliy va janubiy О‘rtabuloq, g‘arbiy va sharqiy О‘rtabuloq gaz konlari kirgan majmua muvaffaqiyatli ishga tushirildi. Ularning bosimi 500 atmosferadan ortiq bosimga ega, tarkibida 3 foizgacha kondensat mavjud. Bu havza 1990 – yilda zavodga qayta ishlash uchun 3 mlrd m. kub gaz yetkazib bergan. Dengiz kо‘l – havuzon konlari esa 1990 – yilda zavodning tozalashi kerak bо‘lgan gazning 4 mlrd m. kub gaz bilan taminlagan.
Zeverda gaz konining bosimi 500 – 600 atm bosimiga ega. Kon hajmi 280 mlrd m. kub yer osti gazi bilan himoya qilingan, tarkibida oltingugurt kam. Kultog‘ gaz – kondensati esa turli о‘zgarishga uchrab, kо‘proq plastik kо‘rinishga ega. Bu kondensatning ahamiyati shundaki, uning tarkibida oltingugurt va parafinlar uchraydi. Pomuq gaz konida bosim 450 – 500 atm teng, tarkibida 2 foizgacha vodorod sulfid uchraydi. Konning yillik gaz oqimi hajmi 3 mlrd m. kubga teng. Alan gaz koni mahsuloti tarkibida 3 foizgacha kondensat uchrab, bosimi 500 – 600 atm ga ega. Kon zaxirasi 120 mlrd m. kubga teng.



Download 336,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish