Toshkent davlat iqtisodiyot univyersityeti a. Sh. Bekmurodov, Z. A. Abdullayev, B. M. Badalov


 Xalqaro reyting agentliklari va kredit reytingi



Download 6,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/321
Sana11.02.2022
Hajmi6,92 Mb.
#443676
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   321
Bog'liq
XALQARO MOLIYA BOZORI VA INSTITUTLARI O„quv qo„llanma

 
10.4. Xalqaro reyting agentliklari va kredit reytingi 
Kredit tahlili doirasida reying agentliklari o‗zlarida mavjud bo‗lgan joriy 
ma‘lumotlar, shuningdek, o‗tgan yillar ma‘lumotlarini o‗rganib, mazkur 
jarayonlarga ta‘sir o‗tkazishi mumkin bo‗lgan ma‘lum voqealarni baholashadi. 
Masalan, qarz majburiyatli emitent-kompaniya reytingini aniqlashda, reyting 
agentligi tomonidan bozor kon‘yunkturasidagi pasayish va ko‗tarishlar 
kompaniyaning kredit to‗lovi qobiliyatiga ta‘sir o‗tkazishi hisobga olinishi 
mumkin. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, reyting agentliklarining istiqboldagi ijobiy 
baholari investorlar va bozorning boshqa ishtirokchilari uchun qisqa va uzoq 
muddatdagi investitsion va tadbirkorlik yuzasidan qarorlarni qabul qilishlarida 
muhim ahamiyat kasb etsada, biroq kredit reytinglari investorlarga daromad 
olishlari va defolt yuzaga kelmasligini kafotlatlamaydi. Shuningdek, kredit 
reytinglari investorlar tomonidan u yoki bu qarorni qabul qilishda muhim bo‗lsada, 
Standard & Poor‘s reyting agentligining reytingi investitsiyaning sifat indikatori 
hisoblanmaydi. Boshqacha so‗z bilan aytganda, kredit reytingi–bu qimmatli 
qog‗ozlarni sotib olish, sotish yoki saqlashga nisbatan tavsiyalar yoki aktivlar 
qiymatini o‗lchovi ham emas. Jumladan, Standard & Poor‘s uning reytingi- bu 
kredit sifati kafolati emasligini va majburiyatlar bo‗yicha defolt ehtimoligi aniq 
emasligini ta‘kidlaydi
214
.
Haqiqatdan, reyting ―eng yuqori‖ dan ― eng past‖ gacha shkala bo‗yicha 
tegishli qarz majburiyatlariga nisbatan kredit sifati yoki emitentning kreditga 
layoqati haqidagi ko‗rsatkichlarni ifodalaydi. Reyting agentliklrining fikriga 
ko‗ra,―AA‖ reytingli korporativ obligatsiya ―BBB‖ reytingli obligatsiyaga nisbatan 
yuqoriroq kredit sifatiga ega, ya‘ni ―AA‖ reytingli korporativ obligatsiyaning defolt 
ehtimoligi ―BBB‖ reytingli obligatsiyaga nisbatan pastligini anglatadi. Ko‗pincha, 
kredit reytinglari investorlarga portfellarni boshqarish va investitsion qarorlar 
qabul qilish jarayonlarida turli qarz majburiyatlari va emitentlarni solishtirishda, 
213
Kiduell D. S., Peterson R. L., Blekuell D. U. Finansovie instituti, rinki i dengi. -SPb: Izdatelstvo «Piter», 2000. -
245 s.: il. — (Seriya «Bazoviy kurs»). 
214
www.AboutCreditRatings.com. 


kredit risklarini baholashda yordam beradi. Masalan, alohida investorlar yuzaga 
keladigan risklarni hisobga olgan xolda, munitsipal yoki korporativ obligatsiyalar 
sotib olishning maqsadga muvofiqligini baholashda kredit reytinglaridan 
foydalanishlari mumkin.
Kredit reytinglari institutsional investorlar, shu jumladan, pay, pensiya 
fondlari, bank va sug‗urta kompaniyalari uchun u yoki bu qarz insturmentlari 
bo‗yicha o‗z kredit tahlillariga qo‗shimcha to‗ldiruvchi ma‘lumotlar hisoblanadi. 
Bundan tashqari, institutsional investorlar kredit reytinglari yordamida o‗z 
investitsion qoidalarini shakllantirishlari va kredit risklari chegarasini o‗rnatishlari 
mumkin.
Moliyaviy oqimlarni investorlardan emitentlar tomonga yo‗naltirish bilan 
shug‗ullanuvchi investitsion banklar kredit reytinglaridan turli qarz majburiyatlari 
bo‗yicha kredit risklari darajasi nisbatini aniqlashda, shuningdek, ishlab chiqilgan 
strukturaviy qarz majburiyatlarining boshlang‗ich baholari va foiz stavkalarini 
o‗rnatish uchun baza sifatida foydalanishadi. Bir necha turdagi qarz majburiyatlari 
strukturalash bilan shug‗ullanuvchi investitsion banklar va tashkilotlar turli qarz 
majburiyatlar konfugiratsiyalari yoki ular darajasiga doir qarorlar qabul qilishda, u 
yoki bu reyting agentliklarining reyting mezonlariga asoslanadi.

Download 6,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish