240
tashqari,
emitentlar
bozor
ishtirokchilarini
kredit
reytinglaridan
qarz
majburiyatlarining kredit sifati to‗g‗risida axborotlar bilan ta‘minlash orqali,
potentsial investorlar sonini oshiradilar. Kredit risklari yuqori bo‗lgan
operatsiyalarni amalga oshiruvchi kompaniya va moliyaviy
institutlar kredit
reytinglaridan kontragent risklarini (kredit kelishuvi bo‗yicha bir mamlakatning o‗z
majburiyatlarni bajarmaslik riski) baholash uchun foydalanadi.
Bir necha reyting agentliklari shu jumladan, xalqaro reyting agentliklari
hisoblangan Fitch, Moody's va Standard & Poor's alohida chiqariladigan qarz
majburiyatlari va emitentlar kredit risklarini
tahlilini amalga oshirishga
ixtisoslashgan, axborot-nashriyot kompaniyalari hisoblanadi.
Ushbu reyting agentliklari investor va bozorning boshqa ishtirokchilar
tomonidan investitsiya va biznes sohasidagi qarorlarini qabul qilishda
foydalanadigan reyting ko‗rsatkichlarini ishlab chiqadi va nashr qiladilar. Reying
agentliklari kredit risklari to‗g‗risidagi reytinglarni ishlab
chiqishda tahlilchilar
yoki matematik modellar asosidagi xulosalar va boshqa ma‘lumotlarga asoslanadi.
Reyting agentliklari miqdoriy ma‘lumotlar asosida matematik modellarni
quradi. Bunda reyting agentliklari bank yoki boshqa moliya tashkilotlarining kredit
layoqatligini tahil qilishda, mazkur tashkilotlarning nazorat qiluvchi organlarga
taqdim etish yoki o‗z ehtiyojlari uchun tayyorlangan
moliyaviy hisobotidagi
ma‘lumotlarga asoslangan xolda aktivlar, resurslar bazasi sifati, rentabelligini
baholaydi.
Odatda investorlar defolt yuz berishi ehtimolligini
mustaqil hisoblash bilan
shug‗ullanmaydi, balki Moody's Investors Service, Standard & Poor's va Fitch kabi
nufuzli reyting agentliklari ma‘lumotlaridan foydalaniladi. Mazkur agentliklar
tomonidan obligatsiyalar bo‗yicha defolt ehtimolligini guruhlar bo‗yicha tegishli
harfli belgilar bilan ifodalanadi. Obligatsiyalarning eng yuqori ishonchligi darajasi
Aaa, AAA guruhiga, eng pastki darajasi esa D guruhiga tegishli. Birinchi to‗rt
guruhdagi (Moody's
tasnifida Aaa dan Vaa gacha, Standard & Poor's tasnifida
AAA dan BBB gacha) uzoq muddatli investitsiyalashga tavsiya qilinadigan
investitsion kategoriyadagi obligatsiyalar hisoblanadi. Vaa (yoki VV dan) past
reytingli obligatsiyalar spekulyativ deb ataladi.
Qoidaga ko‗ra, reyting agentliklari xizmatiga to‗lovlar reytinga ega bo‗lish
uchun buyurtma bergan emitentlar yoki obunachilar (agentlikni axborot
resurslaridan foydalanuvchilar) tomonidan amalga oshiriladi.
Investorlar katta
ishonch bilan Moody's Investor Service va Standard & Poor's (S&P) larning
reytinglaridan keng foydalanadi. Bu ikki reyting agentligi birga olganda har yili 92
% korporativ va munitsipal obligatsiyalar reytingini baholaydi.
Moody's tomonidan reytingni ishlab chiqishda quyidagi 5 ta asosiy holatlarga
e‘tibor beriladi
215
:
1.
Kompaniya tashkil topishi va faoliyati tarixi.
2.
Korporativ strategiya i filosofiya.
215
Kiduell D. S., Peterson R. L., Blekuell D. U. K38 Finansovie instituti, rinki i dengi. — SPb: Izdatelstvo «Piter»,
2000. – 138-145 s.: il. — (Seriya «Bazoviy kurs»).
3.
Joriy holati — raqobat pozitsiyasi, ishlab chiqarish imkoniyatlari; sotish va
yetkazib berish tizimi, marketing.
4.
Moliyaviy menejment va buxgalteriya siyosati.
5.
Boshqa holatlar-derivativlardan foydalanish, kompaniya faoliyatini tartibga
solishdagi o‗zgarishlar, investitsion imkoniyatlari, kompaniyaga bog‗liq bo‗lgan
sud jarayonlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: