ko‗maklashish bo‗yicha jahon miqyosidagi tashkilot bo‗lib,
bugungi kunda unga
188 ta davlat a‘zo hisoblanadi. XVF ning Nizomiga ko‗ra asosiy maqsadlari
quyidagilardan iborat
226
:
1.
xalqaro valyuta moliyaviy muommalar ustida birgalikdagi ishlar va
maslahatlar mexanizmi bilan ta‘minlovchi doimiy muassasa doirasida valyuta–
moliya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlanishiga yordam berish;
2.
real daromadlar va bandlikni yuqori darajasiga erishish, shuningdek barcha
a‘zo–davlatlar ishlab chiqarish resurslarini rivojlantirish hisobiga kengaygan va
balanslashgan xalqaro savdoni o‗sish jarayonlariga yordam berish;
3.
raqobatda ustunlikka erishish maqsadidagi
valyuta devalvatsiyasini
qo‗llanilishiga yo‗l qo‗ymaslik va a‘zo davlatlar o‗rtasida soddalashtirilgan valyuta
rejimini qo‗llab–quvvatlash, valyuta barqarorligiga yordam berish;
4.
a‘zo–davlatlar o‗rtasida joriy operatsiyalar bo‗yicha hisob-kitoblarni ko‗p
tomonlama tizimlarini yaratish, shuningdek, jahon savdosi o‗sishiga to‗siq
bo‗ladigan valyuta cheklovlarni bartaraf etishda yordam ko‗rsatish;
5.
a‘zo–davlatlarning milliy yoki xalqaro darajadagi farovonligiga zarar
keltirish mumkin bo‗lgan choralar qo‗llanilmasdan, bir xildagi kafolatlar yaratishga
rioya qilingan xolda Fond umumiy resurslarini vaqtinchalik taqdim etilishi
hisobiga ularni to‗lov balansidagi disproportsiyani to‗g‗rilash
imkoniyatini
ta‘minlash;
6.
yuqorida ko‗rsatib o‗tilganlarga muvofiq a‘zo–davlatlar to‗lov balanslar
muvozanati buzilishdagi davomiylikni qisqartirish, shuningdek ushbu buzilishlar
ko‗lamini kamaytirish.
Bretton–Vud valyuta konferentsiyasi ishtirokchilari tomonidan XVF ga
quyidagi uchta asosiy funktsiya yuklatilgan
227
:
―foydalanish Kodeksi‖ga amal qilinishini nazorat qilish (davlatlararo to‗lov
aylanmasi va xalqaro valyuta siyosati masalalarida yaqindan hamkorlik);
fond a‘zolariga davlatlararo to‗lov aylanmasi
va xalqaro valyuta siyosati
masalalarini amalga oshirilishini ta‘minlash maqsadida moliyaviy resurslar berish;
xalqaro valyuta masalalari bo‗yicha hamkorlik va a‘zo–mamlakatlarga
o‗zaro maslahatlar uchun forumlar tashkil etish;
Keyinchalik a‘zo–mamlakatlar tomonidan davr talabi va sharoitidan kelib
chiqib, XVF uchun quyidagi qo‗shimcha funktsiyalar belgilab berildi:
milliy valyutalar almashinuvi bo‗yicha kelishilgan soddalashtirilgan tizimi
ustidan nazoratni amalga oshirish;
yanada samarali hamkorlik o‗rnatish uchun o‗z a‘zolariga iqtisodiyotni
qayta tashkil qilishga kreditlar berish;
a‘zo–mamlakatlarga qo‗shimcha xizmatlar (xodimlar kvalifikatsiyasini
oshirish,ixtisoslashgan sohalar texnik ko‗maklari, axborot ta‘minoti) ko‗rsatish.
XVF asosiy faoliyati yo‗nalishiga a‘zo–mamlakatlar to‗lov
balansi va tashqi
qarzlarini tartibga solish ham kiradi. XVF boshqaruv Kengashi, Ijro kengashi,
226
Iz stati I Statey soglasheniya MVF.
227
Mejdunarodnie valyutno-kreditnie otnosheniya: uchebnik i praktikum / Ye.A. Zvonova i dr.–M.:Izdatelstvo Yurayt,
2014.–488s.
250
boshqaruv direktori va xodimlar shtatlaridan iborat bo‗lib,yuqori rahbarlik organi
boshqaruvchilar Kengashi hisoblanadi. Boshqaruvchilar Kengashi tomonidan fond
faoliyatiga tegishli bo‗lgan Kelishuv moddalariga (XVF Nizomi) o‗zgartirishlar
kiritish, a‘zo–mamlakatlar
chiqarish yoki qabul qilish, a‘zo–mamlakatlarning
kapitaldagi ulushi miqdorini aniqlash va qayta ko‗rib chiqish va ijrochi
direktorlarni saylash kabi muhim masalalar ko‗rib chiqiladi. Boshqaruvchilar
Kengashi sessiyalari odatda bir yilda bir marotaba o‗tkaziladi, biroq yig‗ilishlar
o‗tkazishi, shuningdek istalgan vaqtda ovoz berishlari mumkin. Boshqaruvchilar
Kengashi yig‗ilishlari 15 ta a‘zo–davlatlar yoki umumiy ovozlar sonidan kamida
3/2 qismiga ega bo‗lgan a‘zo–davlatlar iltimosi bo‗yicha chaqiriladi. XVF iga a‘zo
bo‗lgan har bir davlat fond kapitaldagi ulushidan qat‘iy nazar 250 bazaviy ovozga
ega bo‗lib,shu bilan birga har 100 ming SDR badal summasiga qo‗shimcha
bitta
ovozga ega bo‗ladi. Mamlakatlar qo‗shimcha ovozlarni jahon iqtisodiyotiga
qo‗shgan xissasidan kelib chiqib hisoblanadigan kvotalari doirasida sotib olishlari
mumkin. XVF ning tuzilishi xissadorlik korxonalar namunasida tashkil etilgan
bo‗lib, uni kapitali a‘zo–davlatlarning a‘zolik badallaridan shakllanadi. Har bir
mamlakat SDR da ifodlangan kvotaga ega bo‗lib, kvota–a‘zo–davlatlarning Fond
bilan o‗zaro munosabatlarini muhim bo‗g‗inni bo‗lib, aniqlaydi
228
: kapitalga obuna
summasi; Fond resurslaridan
foydalanish imkoniyatlari; a‘zo–davlatlarni SDR
summasi olishdagi taqsimlanish navbati; davlatlarning Fonddagi ovozlar miqdori.
Kvotalar miqdori mamlakatni jahon iqtisodiyoti va savdosidagi ulushi asosida
quyidagi ko‗rsatkichlar yalpi ichki mahsulot, to‗lov balansi joriy operatsiyalar
hajmi va rasmiy oltinvalyuta rezervlari hisobga olingan xolda aniqlanadi. Kvotalar
har besh yilda bir marta ko‗rib
chiqilib, 25 foizi rezerv aktivlarda (SDR va SDR
valyuta korzinasiga kiruvchi valyutalarda va 75 foizi milliy valyutada (qaysiki
a‘zo–davlat tomonidan belgilangan markaziy bank (yoki o‗zga muassasa)dagi XVF
mazkur mamlakatdagi barcha hisob raqamlari uchun depozitariya sifatida
o‗tkaziladi) to‗lanadi. Bugungi kunda kvotalar 2006 yilda qabul qilingan barcha
mamlakatlar uchun quyidagi yagona formula asosida hisoblanadi
229
:
Do'stlaringiz bilan baham: