Yakuniy nazorat Baholash ishi Ahmadov Akbarali bbi-50 23-variant



Download 36,69 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi36,69 Kb.
#212857
  1   2   3
Bog'liq
Ahmadov Akbarali BBI-50 baholash ishidan yakuniy nazorat 23-variant


Yakuniy nazorat

Baholash ishi

Ahmadov Akbarali BBI-50

23-variant

  1. Mulk bozorining iqtisdoiy modeli.

  2. Mb va MQBXB hajmlari dinamik o’zgarishi tendensiyalarining o’zaro sinxronligi.

  3. Ko’chmas mulkni boshqarishning nazariy asoslari.

Javoblar : 1. Bozor - bu ma’lum hajm, qimmat, qiymat va narxga ega bo’lgan tovarning erkin savdosi bilan bog’liq tashkillashgan ijtiomoiy-iqtisodiy-informatsionhuquqiy mexanizm bilan ta’minlangan munosabatlarni turli omillar ta’sirisharoitida maqsadli amalga oshirilishini ta’minlovchi yaxlit murakkab tizim (mexanizm) sifatida namoyon bo’luvchi tovar bo’yicha talab va taklif funksiyasi. Ushbu tizimning faoliyat mexanizmi davlat va iqtisodiyotning barcha subyektlari tomonidan birgalikda ularni har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga keltiriladi. Bozorda tovarlar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)lardan iste’molchi (haridor)larga tomon, moliyaviy resurslar esa aksincha yo’nalishdaharakat qiladi. Ko’chmas mulk bu – yerdan va unda joylashgan bino inshootlardan tashkil topgan mulk. Ko’chmas mulk o’z ichiga yer ustida yoki yer ostida joylashgan va yerga o’rnatilgan moddiy mulklarni oladi. Ko’chmas mulk tarkibiga qonun bo’yicha – yer maydonlari, uylar, zavodlar, fabrikalar, qo’rilmalar, barcha turdagi qurilma inshootlar, bo’sh yer uchastkalari va temir yo’llar, chegaralangan suv obyektlari va yer bilan bog’liq barcha narsalar kiradi, ya’ni bunday obyektlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish, ularga zarar yetkazmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Bular jumlasiga shuningdek o’rmonlar, ko’p yillik ekinlar, binolar, inshoatlar kiradi. «Ko’chmas mulk bozori – bu sotuvchi va xaridorlar o’rtasida ko’chmas mulkning konkret narxni aniqlash uchun birlashadigan va natijada ko’chmas mulk ayriboshlanishi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan tashkiliy tadbirlar tizimi». Ko’chmas mulk bozori – bu barcha ko’chmas mulk sotuvchilari va xaridorlarining ayni vaqtda mavjud bo’lgan barcha talab va takliflari orasidagi o’zaro bog’liqlik yuzaga keladigan va ko’chmas mulk bilan bog’liq barcha joriy operatsiyalar yig’indisi amalga oshiriladigan iqtisodiy-huquqiy hudud». «Ko’chmas mulk bozori o’zida ko’chmas mulk obyektlariga kapital kiritish sohasi va ko’chmas mulk bilan bog’liq operatsiyalarda yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini aks ettiradi. Bu munosabatlar investorlar o’rtasida ko’chmas mulkni oldi-sotdi jarayonida, ipoteka, ko’chmas mulk obyektlarini ijaraga berish jarayonlarida yuzaga keladi»

Milliy ko’chmas mulk bozori - bir-biridan sinxron rivojlanishi, narxlar va xavf-xatarlar darajasi, ko’chmas mulkka invеstitsiyalarning samaradorligi va ayniqsa qonunchilik holati, siyosiy va ijtimoiy barkarorligi bilan farqlanib turuvchi mintaqaviy va maxalliy bozorlarning jamuljamligidir. Ko’chmas mulk bozorining o’ziga xosligi shundan iboratki, ko’chmas mulkning o’rtacha xaridori, odatda, ko’chmas mulk obyеktlarini sotib olish yoki ularga invеstitsiya kiritish tajribasiga, shuningdеk bitimlarning haqiqiy narxlari haqidagi ma'lumotga ega bo’lmaydi. Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning asosiy maqsadlari quyidagilar:

-fuqarolarning ko’chmas mulkka bo’lgan konstitutsion huquqlarni va ularga egalik qilish bilan bog’liq majburiyatlarini amalga oshirish;

-ko’chmas mulk bozorida uning barcha ishtirokchilari uchun ma’lum tartib va sharoitlarning va sharoitlarning belgilanishi;

-bozor ishtirokchilarini insofsizlik, tovlamachilik va jinoiy tashkiliotlar hamda jinoyatchilardan himoyalash;

-talab va taklifga muvofiq ravishda ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan bahoning erkin belgilanishini ta’minlash;

-ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantiruvchi investitsiyalar uchun sharoitlar yaratish;

-ekologik muhitni sog’lomlashtirish, iqtisodiy o’sishga erishish, ishsizlik darajasini pasytirish, uy-joy muammosini va boshqa jamoat masalalarini hal qilish:

-ko’chmas mulk obyektlari va ko’chmas mulk bozori ishtirokchilarini odilona soliqqa tortish;

-mamlakat va viloyatlardagi uy-joy muammosi uchun qulay sharoitlarni yaratish.

Ko’chmas mulkni tartibga solish tamoyillari:

1. Tadbirlarni taqsimlash - turli xildagi ko’chmas mulk obyektlari (turar joy va noturar joy obyektlari, yer va o’rmon uchastkalari va boshqa obyektlar) munosabatlarini boshqarishga nisbatan maxsus yondashuvlarni qo’llash.

2. Ma’lumotlarning ochiqligi – qaror qabul qilish uchun ko’chmas mulk bozorining barcha ishtirokchilari va obyektlari haqida to’liq va ochiq ma’lumotlardan foydalanish.

3. Qonunchilikning oshkoraligi –qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini ommaviy muhokama qilish.

4. Raqobatbardoshlik – ko’chmas mulk bozorida xizmatlar sifatini oshirish va qiymatini pasytirish mexanizmi sifatida.

5. Tartibga soluvchi organlar orasida vakolatlarning taqsimlanishi – qonunlar ishlab chiqish va ularni tatbiq etish bitta shaxsda mujassamlashmasligi kerak.

6. Davlat va munisipial mulk bo’lgan ko’chmas mulk obyektlari tegishli regionlar aholisining umumiy egaligi va foydalanishida bo’ladi.

7. Qonun hujjatlari tomonidan belgilangan qoidalar va tadbirlarning oddiy va tushunarliligi, mulkdorlarni himoyalashning ishonchliligi.

8. Uy-joy bozorida tavakkalchilik guruhi fuqarolari – voyaga yetmaganlar, yakka nafaqaxo’rlar, nogironlar va hokazolarni himoyalash bo’yicha qo’shimcha tadbirlarni qo’llash.

9. Ko’chmas mulk bozorini boshqarish vazifalarini davlat organlari va professional ishtirokchilar o’rtasida ratsional taqsimlash.

10. Ko’chmas mulkni boshqarish sohasidagi siyosat hududlarni zonalashtirishning tasdiqlangan chizmalariga muvofiq ravishda yerlardan samarali foydalanishni va olib borilayotgan ijtiomoiy siyosatga muvofiq tarzda yer to’lovlari bo’yicha imtiyozlarni berishdan budjetdan manzilli kompensatsion to’lovlarga asta-sekin o’tish bilan soliqqa tortishda faqatgina manzilli va asoslangan imtiyozlar berishni ta’minlashi zarur.

11. Aholi manfaatlarini ko’zlagan holda ko’chmas mulk obyektlariga egalik qilish, foydalanish, va tasarruf etish tartibini belgilovchi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarni davlatning vakolatli organlari qabul qiladi.

12. Amaldagi qonunchilikka asoslangan ravishda ijro etuvchi organlari davlat ko’chmas mulkini tasarruf etishni amalga oshiradi.

13. Davlat va munisipial ko’chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish va nodavlat obyektlarga huquqlarni badalli ravishda o’tkazish invertizatsiya qiymati bo’yicha emas, balki bozor qiymati bo’yicha amalga oshirilishi kerak.

14. Ko’chmas mulk obyektlaridan, jumladan, ular bilan amalga oshiriladigan bitimlardan undiriladigan soliqlar va soliqsiz to’lovlar belgilangan me’yorlariga muvofiq ravishda bo’linadi.

15. Ko’chmas mulk bozorini tartibga solishning turli ko’chmas mulk obyektlariga bo’lgan huquqlarni tartibga soluvchi jahon tajribasini hisobga olgan holda o’z tarixi va an’analariga ega bo’lgan, o’zbekcha tizimini qo’llash. Ko‘chmas mulk bozorining aniq segmentlari mulkdan foydalanish, joylashuv, keladigan daromad potensiali, ijarachilarning odatiy xarakteristikalari, investitsion motivasiya va ko‘chmas mulkni almashtirish jarayonida tan olingan boshqa belgilar bilan ifodalanadi. O‘z o‘rnida, ko‘chmas mulk bozorlari turli ijtimoiy, iqtisodiy, davlat va iqtisodiy xarakterlarni ko‘rsatadi. Ko‘chmas mulk bozori segmentlarining tadqiqoti, ko‘chmas mulk bozorining umumiy shartlariga taalluqli joylashuv, raqobat, shu bilan birga, talab va taklif kabi parametrlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

1 . Turar-joy ko‘chmas mulki (ko‘p kvartirali, bir oilali uylar, kvartiralarva

xonalar).

2. Tijorat ko‘chmas mulki (idora, savdo, sanoat-ishlab chiqarish, ombor

binolari, mehmonxonalar, restoranlar).

3. Sanoat ko‘chmas mulki (sanoat shirkati, binolar).

4. Qurilishi tugallanmagan turli maqsadlardagi yer uchastkalari (shahar

yerlari, qishloq xo‘jalik va ov yerlari, qo‘riqxonalar,foydali qazilmalarni qidirish

zonalari).

5. Maxsus maqsadlardagi ko‘chmas mulk (konstruktiv ifodasi bo‘yicha

chegaraviy foydalanishga ega obyektlar (masalan, cherkov, aeroport, qamoqxona

va boshqalar).

Ko’chmas mulk bozorining tuzilmasi 2-rasmda keltirilgan bo’lib, unda: Sko’chmas mulk sotuvchisi, H- ko’chmas mulk haridori, R- rieyeltorlar ko’chmas

mulk bozorining professional ishtirokchisi, A- auksion, NR- nodavlat regulyativ

tashkilotlar, DR- davlat regulyatori. Mazkur modelda har bir ishtirokchi bir-biri

bilan uzviy bog’liq. Chunki, ko’chmas mulk bozori modeli boshqa bozorlarga

nisbatan qisqartirilgan modeldir. Bu esa boshqa turdagi mulk bozorlari uchun

ixtisoslashgan model sifatida qaraladi.


Download 36,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish