JINSIY GORMONLARNING EKSTRAGENITAL TA’SIRI Jinsiy gormonlar jinsiy faoliyatdan tashqari boshqa jarayonlarga xilma-xil
ta’sir ko’rsatadi. Androgenlar anabolik samaraga ega. Ular oqsil sintezini
tezlashtiradi. Erkaklarda muskullarning yaxshi rivojlanishi shunga bog’liq.
Progesteron, aksincha, katabolik ta’sir ko’rsatadi. Uning ta’sirida asosiy
almashinuv ortadi, ertalab uyg’onganda tana harorati yuqori bo’ladi.
Boshqa gormonlar bilan hamkorlikda jinsiy gormonlar suyaklar o’sishini
boshqaradi. Jinsiy bezlar faolligi oshib ketsa, epifizar tog’aylar tezroq suyakka
aylanib, o’sish to’xtaydi. Androgenlar yetishmasa, aksincha, o’sish davri uzayib,
ko’salik novchaligi kuzatiladi.