Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


BOSHQA TO’QIMALARNING GORMONLARI (FIZIOLOGIK



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

BOSHQA TO’QIMALARNING GORMONLARI (FIZIOLOGIK
FAOL AMINLAR VA PEPTIDLAR)
Tanada keng tarqalgan apudotsitlar sintezlovchi peptid va aminlar orasida
ko’proq o’rganilganlari s e r o t o n i n va g i s t a m i n d i r .
S e r o t o n i n bosh miyaning ba’zi qismlaridagi nerv oxirlarida ajraladigan
modda. Uni ichakdagi enteroxromafin hujayralar ham sintezlaydi. Trombotsitlar
tarkibida uchraydigan serotonin qon tomirlarni toraytirib, jarohatlangan
tomirdan qon oqishi to’xtashini tezlashtiradi. Bu moddaning xulq-atvor
shakllanishiga daxli bor. Miya tuzilmalarida serotonin miqdorining kamayib
ketishi depressiyaga olib keladi.
G i s t a m i n . Gistidindan kelib chiqadigan gistamin allergik reaksiyalarni
paydo qiladi. Uning ta’sirida havo yo’llaridagi silliq muskullar qisqaradi, bronx
va bronxiolalar torayib, nafas olish qiyinlashadi. Teri qon tomirlarini
kengaytiradi va kapillyarlar devorining o’tkazuvchanligini oshiradi. Gistamin
gipofiz va gipotalamusda ham uchraydi. Bu yerda u mediator vazifasini bajaradi.
Uning ta’sirida me’da bezlari xlorid kislota ajratishni keskin tezlashtiradi.
K i n i n l a r . 9-11 aminokislotalar qoldig’idan tashkil topgan va tuzilishi
bir-biriga yaqin peptidlar kininlarni tashkil qiladi. Ular umumiy o’tmishdosh –


kininogendan kelib chiqadi. Kininogenni kininga aylanishi uchun kallikrein
fermenti zarur. Bu fermentni hazm bezlari, hususan so’lak bezlari ajratadi.
Kallikrein qon plazmasining α
2
-globulini bo’lgan kininogenni parchalab,
polipeptid kallidin hosil qiladi. Kallidin tezda bradikininga aylanish qobiliyatiga
ega. Kallidin va bradikinin qon tomirlarni sezilarla darajada kengaytiradi va
kapillyarlar o’tkazuvchanligini oshiradi. Bu peptidlarni to’qima kinazalari tez
parchalaydi. Shu sababdan ularning ta’siri bir necha daqiqa davom etadi xolos.
Bradikinin issiq sharoitda teri tomirlarini kengaytirib, ter ajralishini
ko’paytirib, tana harorati barqarorligini saqlashda ham ishtirok etsa kerak.
P r o s t a g l a n d i n l a r . Prostaglandinlar (PG) - turli jarayonlarga ta’sir
qiladigan moddalar. Ular hamma hujayralarning membranasida uchraydigan
araxidon kislotadan sintezlanadi. Prostaglandinlar ilk bor urug suyuqligida
topilgan, ammo ularni organizmdagi deyarli hamma hujayralar ishlab chiqarishi
mumkin. Prostaglandinlarning bir nechta turlari tafovut qilinadi: PGA, PGE,
PGG. Bulardan kelib chiqqan trombaksan va prostatsiklinlar ham fiziologik
faollikka ega.
Prostaglandinlar sog odamlarda va qon bosimi yuqori odamlarda tomirlarni
kengaytirib, arterial qon bosimini pasayriradi. Bundan tashqari, ajralayotgan
siydik hajmini va undagi natriy miqdorini ko’paytiradi.
Havo yo’llaridagi silliq muskullar ham prostaglandinlar ta’sirida bo’shashadi,
bronxlar kengayadi. Ammo bachadon va me’da-ichak tizimi a’zolaridagi silliq
muskullar bu moddalar ta’sirida qisqaradi. Me’da bezlari prostaglandinlar
ta’sirida shira tarkibida xlorid kislota ajratishni kamaytiradi. Buning natijasida
me’dada peptik yaralar paydo bo’lish havfi kamayadi.
Prostaglandinlar ba’zi bir endokrin bezlarda (buyrak usti bezlarining po’stloq
qavatida va qalqonsimon bezda) gormonlarning sintezlanishini tezlashtiradi.
Prostaglandinlar qon ivishiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Prostatsiklin
tomirlarni kengaytiradi va trombotsitlar agregatsiyasini (g’uj bo’lib, bir-biriga
yopishishini) tormozlaydi. Natijada jarohatlangan tomirlardan qon oqish vaqti
ortadi. Tromboksan esa tomirlarni toraytirib, trombotsitlar agregatsiyasini
tezlashtiradi, binobarin qon oqish vaqti kamayadi. Prostaglandinlar tana
haroratini oshirish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ularning sintezini
tormozlovchi moddalar, masalan, aspirin isitmani tushiradi.
P substansiya, enkefalin va endorfinlar. Bu moddalar og'riqni sezish va
hissiyotlar shakllanishida katta rol o'ynaydi.
P substansiya og’riqni kuchaytiradigan va o’zgartiradigan modda.
Tashqaridan organizmga kiritilgan P modda qon tomirlarni kengaytiradi. Qon
tomirlardan boshqa barcha a’zolardagi silliq muskullarning qisqarishiga olib
keladi. Bulardan tashqari, so’lak, me’daosti bezi shirasi va o’t-safro ajralishini
tezlashtiradi.
Enkefalin va endorfinlar esa organizmning o’zi sintezlaydigan narkotiklardir.
Tashqaridan kiritilgan morfinga (ko’knoridan olinadigan dori) o’xshab, bu
moddalar og’riq sezgisini kamaytiradi. Bundan tashqari, bu endogen opiatlar


qora dori yuzaga keltiradigan hissiyot – kayf shakllanishini ta’minlaydi. Ammo
odam ularga o’rganib qolmaydi.
Sog’lom organizmning og’riqni sezmasligi og’riqni paydo qiluvhi va og’riqni
yo’qotib turuvchi tizimlarning muvozanatda bo’lishiga bog’liq.
Endorfinlar ishlab chiqarilishini ba’zi ta’sirlar, masalan, igna sanchish
ko’paytiradi.
Buyraklarning yukstaglomerulyar apparatida sintezlanadigan eritropoetinni,
timusning gumoral omillarini va boshqa moddalarni ham to’qima gormonlariga
qo’shish mumkin.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish