AYRISIMON BEZ (TIMUS)
Ayrisimon bez immun tizimning markaziy a’zosi bo’lib, endokrin faoliyat
ham ko’rsatadi. Bu bez to’qimasidan ta’siri va ajratilishida farq bo’lgan talay
peptid va oqsil tabiatli fiziologik faol moddalar olingan. Ular qatoriga
limfotsitlarni rag’batlantiruvchi gormon, timozin, timin, timotoksin va boshqalar
kiradi. Bu moddalar immunitetning turli omillariga, limfopoezga, impulsning
nerv-muskul sinapsida o’tkazilishiga ta’sir qiladi. Ammo ular chin gormon
hisoblanmaydi.
Timusning fiziologik faol moddalari va tiroksin, jinsiy gormonlar, AKTG lar
o’rtasida qarama-qarshi munosabatlar bor. O’sish gormoniga esa bu moddalar
ko’makdosh.
Mavjud ma’lumotlar ayrisimon bbezni immun tizimi va ichki sekretsiya
bezlari faoliyatini monandlashtirib turuvchi a’zo, deyishga asos bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |