ME’DANING SEKRETOR FAOLIYATI
Me’daning shilliq pardasida joylasgan me’da bezlari shira ishlab chiqaradi.
Bu bezlar maxsus bez hujayralaridan – glandulotsitlardan tashkil topgan. Asosiy
Glandulotsitlar me’da shirasining asosiy tarkibiy qismi – proteolitik fermentlrni
sintezlaydi. Pariyetal glandulotsitlar xlorid kislota ajratadi va mokotsitlar shiraga
shilimshiq ajratadi.
Me’daning pilorik qismidagi bezlar tarkibida pariyetal glandulotsitlar yo’q.
Shu sababdan pilorik shiraning muhiti ishqoriy.
ME’DA SHIRASI TARKIBI
Me’da bezlari (asosan fundal qismidagi bezlar) bir kecha-kunduzda 2,0-2,5
litr shira ajratadi. Bu shira tiniq, rangsiz suyuqlik. Shirada 0,3-0,5% miqdorda
xlorid kislota bo’lgani uchun muhiti kislotali, pH 1,5-1,8 atrofida. Me’da
shirasining xlorid kislotasi me’da va umuman hazm tizimi faoliyati uchun
muhim bo’lgan quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. Nofaol pepsinogenni faol pepsinga aylantiradi.
2. Pepsinlar faolligi yuzaga chiqishi uchun zarur bo’lgan
kislotali muhitni yaratadi.
3. Ovqat
oqsillarini
denaturatsiyaga
uchratadi,
yumshatadi.
Natijada
ularning
parchalanishi
yengillashadi.
4. Pilorik sfinkterning ochilib-yopilishini va ximusning
ichakka oz-ozdan o’tishini boshqarishda ishtirok etadi.
5. Me’da va ingichka ichak shilliq pardasidan qonga
gormonlarnin ajralishini o’zgartirib, hazm tizimi
faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi.
6. Bakteritsid ta’sirga ega bo’lib, me’dada mikroblarning
ko’payishiga yo’l qo’ymaydi.
Organik moddalardan shirada aminokislotalar, sut va siydik kislota,
siydikchil, peptidlar, oddiy va murakkab oqsillar uchraydi. Ularning umumiy
miqdori 8-9 g/l. Organik moddalardan eng muhimi fermentlar.
Odam me’dasining asosiy glandulotsitlari bir guruh noaktiv proteolitik
fermentlr – pepsinogenlarni sintezlab, ajratadi. Xlorid kislota hosil qiladigan
kislotali muhitda pepsinogenlar molekulasidan uncha katta bo’lmagan polipeptid
perchalanib, ajraladi va fermentlarning faol markazi ochilib, pepsinlarga
aylanadi. Pepsinlar eng yuqori faollik ko’rsatishi uchun sarur bbo’lgan muhit
sharoiti (pH optimumi) bilan farqlanadi. Ularning bir qismi (chin pepsinlar)
muhit pH 1,5-2,0 ga teng bo’lganda eng yuqori tezlikda oqsillarni parchalaydi.
Muhit pH 3,2-3,5 da faolligi eng yuqori bo’lgan pepsinlarni gastriksinlar, deb
atashadi.
Katta odamning me’da shirasida pepsinlar va gastriksinlar nisbati 1:2-1:5
bo’lishi mumkin. Me’da proteolitik fermentlarining turli oqsillarni parchalash
faolligida ham farq bor. Ovqat me’dada bir necha soat qayta ishlanar ekan,
me’da bo’shlig’idagi aralashmaning (ximusning) pH keng doirada o’zgaradi.
Ovqat iste’mol qilib bo’lganda uning me’dadagi miqdori ko’p, ajralgan shira va
undagi xlorid kislota miqdori oz bo’lgani tufayli pH yuqori bo’ladi. Bu vaqtda
gastriksinlar faollik ko’rsatadi. Me’da hazmining ikkinchi yarmida, shira tez
ajralayotgan paytda ximusning ancha qismi ichakka o’tib ketadi va pH pasayadi.
Bu sharoitda pepsinlar yuqori faollik ko’rsatadi. Me’da shirasida bir guruh
pepsinlar bo’lganidan o’zgaruvchan muhit sharoitida oqsillar to’laroq
parchalanadi.
Me’da proteolitik fermentlari ta’sirida oqsillarning parchalanishi nihoyasiga
(aminokislotalar hosil bo’lish darajasiga) yetmaydi. Ulardan yirik polipeptidlar
hosil bo’ladi. Ular ingichka ichakda me’da osti bezi va ichak fermentlari
ta’sirida oxirigacha parchalanadi.
Me’da shirasida yog’larni parchalovchi lipaza bor. Ammo bu ferment
kislotali muhitda faol bo’lmaydi. Me’dada lipazaning faol bo’lishi uchun sharoit
yo’q. Bu ferment emadigan bolalar uchun ahamiyatga ega. Ularning me’dasida
pH ancha yuqori, me’da lipazasi sutning o’zidagi lipaza bilan barga emulsiya
holidagi sut yog’larini parchalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |