ME’DADA OVQAT HAZMI
Me’da hazm tizimining eng keng va hajmli qismi. Bir yo’la anchagina
iste’mol qilingan ovqat bu yerda ma’lum vaqt turadi. Me’daga tushgan
ovqatning ichki qismlariga me’da shirasining xlorid kislotasi sekin yetib boradi.
Muhit
kislotalikka
aylanmaguncha,
so’lak
amilazasi
polisaxaridlar
parchalanishini me’dada davom ettiradi. Me’da shirasi tarkibidagi fermentlar
oqsillarning kimyoviy jihatdan qayta ishlanishini boshlab beradi. Me’dada bir
necha soat turgan ovqat moddalari eriydi, yumshaydi, shiraga aralashadi va asta-
sekin o’n iki barmoqli ichakka o’tadi. Bu jarayonlar me’daning sekretor va
motor faoliyatiga bog’liq. Bundan tashqari, me’da inkretor, so’rish, ekskretor va
ovqat ovqat hazm qilishga bog’liq bo’lmagan faoliyatlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |