43
Shuning uchun urochishelarning chegarasi keskin bo‗lganda ham landshaftlar
o‗rtasidagi chegaralar ham keskin bo‗lish kerak, degan xulosa qilish noto‗g‗ridir.
Havoning xususiyatlari yer yuzasining muayyan
bir qismi yuzasidan tabiiy
geografik jarayonlar ta‘sirigagina bog‗liq bo‗lmay, boshqa landshaftlarning, ba‘zi
vaqtlarda juda uzoqdagi landshaftlarning ham ta‘siriga bog‗likdir. Bundan tashqari,
biror landshaftning atmosfera jarayonlariga bevosita ta‘siri bo‗lsa ham, uning
chegarasi havo massasining harakatchanligi tufayli tezda o‗zgarib ketadi.
Haroratning fasliy o‗zgarishi kuzatiladigan chuqurlik tropiklarda 5-10 m,
mu‘tadil mintaqada 15-20 m, yuqori kengliklarda 20-30 m. gacha yetadi.
Landshaftlarning pastki chegarasi ham ana shuncha chuqurlikka egadir.
Landshaftning atmosferadagi yuqori chegarasi ham mavxum, agar o‗simliklar
yetib borgan balandlik hisobga olinadigan bo‗lsa, mo‗‗tadil mintaqalarda 15-20 m
dan, ekvatorial mintaqalarda 70 m gacha balandlikni,
agar daraxtlarning havo
harakatiga ta‘siri e‘tiborga olinsa, undan ham ortiqroq balandlikni, havo namligiga
ta‘sirini hisobga olinadigan bo‗lsa, bir necha yuz metrni landshaft chegarasi deb
qabul qilish kerak bo‗ladi. Bundan landshaftning atmosferadagi aniq chegarasini
ma‘lum bir balandlikdan o‗tkazish mumkin emasligi ko‗rinib turibdi. Lekin har
qanday landshaft agar uning strukturasi va qonuniyatlar o‗rganilayotgan vaqtda,
uning yer po‗stining quyidagi qatlamlaridan ajratib, aloxida ko‗rib chiqish mumkin
emas.
Binobarin, landshaft butun geografik qobiq bilan birgalikda olib tahlil
qilinishi lozim.
N.A.Solntsev fikriga ko‗ra, mustaqil landshaft bo‗lishi uchun quyidagilar
bo‗lishi kerak: 1) landshaft tarkib topadigan mintaqada geologik tuzilish bir xil
bo‗lishi; 2) landshaftning geologik zamini vujudga kelgandan-keyingi
taraqqiyot
tarixi mazkur mintaqada bir hil borishi lozim; 3) landshaft hududida iqlim bir hil
bo‗lishi, agar o‗zgarsa, butun hududida geologik tuzilishi va ekzogen omillar bir
xil bo‗lganligidan
relefning bir xil shakllari, bir xil landshaftlar va bir xil
biotsenozlar vujudga keladi. Ana shu ko‗rsatilgan shart- sharoitlardan kelib chiqib,
N.A. Solntsev landshaftga quyidagicha ta‘rif beradi: «Landshaft-bu bir xil geologik
zaminga, bir tipli relefga, bir xil iqlimga ega bo‗lgan va shu landshaftga xos
44
bo‗lgan dinamik bog‗langan hamda makonda qonuniy
ravishda takrorlanuvchi
asosiy va ikkinchi darajali urochishelardan tashkil topgan, genetik jihatdan bir xil
tabiiy hududiy kompleksdir».
Bu ta‘rifda landshaft oddiy (kichik) territorial birliklarning (urochishelarning)
majmuidan iborat deb ta‘riflangan, lekin landshaft aslida, murakkabroq hududiy
birliklarning, geografik qobiqning bir qismi xisoblanadi. Demak landshaft
geografik qobiqning rivojlanishi hamda tabaqalanishi
natijasida vujudga kelgan
tabiiy xosiladir. Ana shularni xisobga olib A.G.Isachenko, landshaftga mana
bunday ta‘rif beradi: «Landshaft - landshaft o‗lkasi, zonasi va umuman yirik
regional territoriyalarning genetik jihatdan boshqalardan farq qiluvchi qismi bo‗lib,
zonallik jihatdan ham, azonallik jihatdan ham bir xildir hamda xususiy struktura va
morfologik tuzilishga egadir».
Har bir landshaft turli morfologik qismlardan tarkib topadi. Landshaftning
tarkibiy qismlari, ularning hududiy joylanish qonuniyati, landshaftdagi nisbatan va
o‗zaro ta‘sirini landshaftshunoslikning maxsus bo‗limi-landshaft
morfologiyasi
o‗rganadi.
Landshaftning tarkibiy qismlari asosan ikki bosqichli tabiiy komplekslardan-
urochishe va fatsiyalardan iboratdir.
Fatsiya
A.G.Isachenko ta‘rifiga ko‗ra, joylashgan o‗rni, yashash sharoiti bir
xil bo‗lgan bitta biotsenozga ega bo‗lgan eng kichik (sodda) tabiiy geografik
birlikdir. Fatsiya mezorelefning landshaft ona jinslari,
gidrologik rejimi,
mikroiqlimi hamda tuprog‗i bir hil bo‗lgan bir elementida tarkib topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: