Landshaftshunoslik asoslari


 LANDShAFT VA UNING MORFOLOGIK QISMLARI



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

4.3 LANDShAFT VA UNING MORFOLOGIK QISMLARI. 
Landshaft morfologik qismlarining joylanishida ma‘lum tartib hamma vaqt 
ham bo‗lavermaydi. Bunday holat morfologik tuziliщdagi uzilish yoki morfologik 
qismlarning orollar shaklida joylashuvini ko‗rsatadi.
Landshaftni tashkil etuvchi tarkibiy qismlar katta-kichikligiga qarab turli 
qatorlarga ajratiladi. Masalan, joylar (joy tiplari) landshaftning morfologik 
tuzilishida birinchi qatorni, urochishelar ikkinchi qatorni, kichik urochishelar, 
uchinchi, fatsiyalar to‗rtinchi qatorni xosil qiladi va hokazo. Qatorlar soni 
landshaftning murakkabligiga bog‗liq. 
Landshaft morfologiyasini o‗rganishning asosiy vazifasi, uning tarkibiy 
qismlarining o‗zaro ta‘sirini, ularning issiqlik, namlik, mineral va organik 
moddalar dinamikasiga o‗tkazadigan ta‘sirini tushintirib berishdir. Bunday 
o‗rganish issiqlik va namlik balansini, shuningdek ximiyaviy elementlar 
migratsiyasini analiz qilishga asoslanadi hamda geofizik, geoximik usularni 
qo‗llashni talab qiladi. 
Fatsiya, yuqorida aytib o‗tilgandek bir hil tabiiy-geografik sharoitlarga ega 
bo‗lgan eng kichik, bo‗linmas tabiiy-geografik kompleksdir. 
Fatsiya termini faqat geografiyada emas, geologiyada, iqlimshunoslik, 
zoogeografiya va hokazo fanlarda ham keng qo‗llaniladi. Geologiyadagi fatsiya 
bilan landshaftshunoslikdagi fatsiya aslida boshqa-boshqa narsa emas, geologlar 
fatsiya deganda faqat tog‗ jinslarining o‗zini emas, ular vujudga keladigan tabiiy 


47 
geografik sharoitni tushunishadi, ya‘ni bu tushuncha oddiy geografik tushuncha 
bilan birdir. 
Bir xil zonal hamda azonol iqlimiy, geologik-geomorfologik, biogeografik 
sharoitga ega bo‗lgan landshaftda fatsial bo‗linishning asosiy omili ular joylashgan 
o‗rnining har hilligidir. Turli hil fatsiyalarning vujudga kelishiga landshaft 
taraqqiyotining o‗ziga xos xususiyatlari ham ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, 
landshaftlarning sho‗r bosib ketishi, botqoqlanishi, ko‗llarni o‗simlik bosib ketishi 
va boshqalar.
Fatsiyalar relefning ma‘lum bir elementida: tepalik, jar, vodiy yon 
bag‗irlarida, tog‗ etagi, tepasi, tekislik va xokazolarda joylashadi. Relefning 
bunday elementlari eroziya ba‘zisiga nisbatan balandligi, qiyaligi, ekspozitsiyasi, 
mikrorelef shakllariga ko‗ra bir biridan farq qiladi. 
Relefning kichik shakllari-tepa, jar, do‗ng yer yuzasidagi shamollarning 
yo‗nalishi hamda tezligiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bu narsa shu joydagi yog‗in 
taqsimotida, temperatura sharoitida aks etadi. Tepa va dunglarning shamolga 
ro‗para tomonida hamda tepasida qor yupqa bo‗lib, shamolga teskari tomonida 
ko‗p to‗planadi, yomg‗ir ham tepaning turli joylariga turlicha tushadi. Qish vaqtida 
hamda bahorgi va kuzgi issiq-sovuqlar paytida harorat inversiyasi vujudga kelib, 
tepa ustida harorat yuqori bo‗ladi. Ana shunga muvofiq ravishda sovuqsiz kunlar 
ham ko‗prok cho‗ziladi. Yon bag‗irlar ekspozitsiyasi to‗g‗ri quyosh 
radiatsiyasining taqsimlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bunda janubga qaragan yon 
bag‗irlarga quyosh nuri tekisliklarga nisbatan ko‗proq, shimolga qaragan yon 
bag‗irlarga esa tekisliklardagidan kamroq tushadi. Bu tafovut qish faslida ayniqsa 
sezilarli bo‗ladi. Yon bag‗irlarning qiyaligi ham quyoshning to‗g‗ri radiatsiyasiga 
ta‘sir etadi. Shimolga qaragan yon bag‗irlar qanchalik tik bo‗lsa, yozda ham, 
qishda ham quyoshdan kam nur oladi, janubga qaragan yon bag‗irlar, agar qiyaligi 
katta bo‗lsa, qish faslida tekisliklarga nisbatan ko‗p, yoz faslida kam issiqlik oladi.
Yon bag‗irlar ekspozitsiyasi radiatsiya rejimi orqali bug‗lanish sur‘atiga ta‘sir 
ko‗rsatadi, yoqqan yog‗in miqdorining yer yuzasida qayta taqsimlanishi, nuragan 
va mineral moddalarning joylashishi, suv oqimi rejimi qiyalikka bog‗lik. Fatsiya 


48 
joylashgan turli hil o‗rinlar issiqlik va namlik rejimi, eroziya, akkumulatsiya 
jarayonlari, mikroiqlimi, nuragan tog‗ jinslari hamda minerallarning tarkibi 
jihatidan bir-biridan farq qiladi. Binobarin, bir landshaftning o‗zida ham turli hil 
o‗rinlarda o‗ziga xos ekologik sharoit vujudga keladi. Bunday ekologik sharoitda 
boshqa joylardagidan farq qiladigan o‗ziga xos biotsenoz tarkib topadi. Shunday 
qilib, o‗simlik va hayvonot dunyosi tabiatning anorganik komponentlari bilan 
birgalikda relefning ma‘lum bir elementida o‗rnashgan eng oddiy geografik 
kompleksni-fatsiyani xosil qiladi. 
Fatsiyalar landshaftda tirik organizmlardagi xujayralar singari energetik 
hamda geoximik to‗qimalarni xosil qiladi, lekin har-bir fatsiya o‗zi mustaqil, 
boshqalarga bog‗liq bo‗lmagan holda rivojlanmaydi, ular doimo bir-biri bilan 
bog‗langan va bir–biriga ta‘sir etib turadi. Bu hil fatsiyalarning ma‘lum qonuniyat 
bilan ketma-ket almashinib kelishidan urochishelar tarkib topadi. 
Fatsiyalarning tarkib topishida relef elementlari muhim ahamiyat 
o‗ynaganligidan ularni tiplarga ajratishda relef elementlari asos qilib olinmog‗i 
kerak.
Tabiiy fatsiyalar odamning xo‗jalik faoliyati natijasida ozmi-ko‗pmi 
o‗zgaradi. Shu jihatdan tabiatdagi hozirgi fatsiyalar aslida ma‘lum darajada 
o‗zgargan fatsiyalardir. Odamning xo‗jalik faoliyati ta‘sirida fatsiyalar turli 
darajada va turli yo‗nalishda o‗zgaradi. Odamning ta‘siri avvalo o‗simlik va 
hayvonot dunyosida, landshaftda, suv rejimida, mikroiqlimda ayniqsa kuchli aks 
etadi. Masalan, yangi yerlarga suv chiqarilganda o‗simliklar va hayvonot dunyosi 
butunlay o‗zgaradi, o‗g‗it solinishi, ishlov berilishi natijasida landshaft madaniy 
landshaftqa aylanadi. 
Agar fatsiyalarga odam ta‘siri to‗xtasa, fatsiyaning rivojlanishi tabiiy holda 
ro‗y berib, fatsiyalar dastlabki holatiga o‗hshash bo‗lib boradi. Lekin fatsiyaning 
joylashgan o‗rni, ya‘ni relef elementi o‗zgartirilgan bo‗lsa, fatsiyalar ilgarigi 
holatiga hech qachon qaytmaydi. 


49 
Fatsiyaning kelajakdagi o‗zgarishini oldindan aytib berish uchun uning qaysi 
elementlari ta‘siriga uchraganligini va o‗zgarish yo‗nalishini mukammal o‗rganish 
zarur. 
Urochishe landshaftning ko‗zga aniq tashlanib turadigan tarkibiy qismidir: 
hududda landshaftlar urochishelar mezorlefning musbat va manfiy shakllariga ega 
bo‗lgan parchalangan shakllarida aniq namoyon bo‗ladi. Har bir relef shakliga-
tepaliklarga, soyliklarga, adirlarga o‗ziga xos urochishelar mos keladi. 
Urochishelarning har xil bo‗lishi relef shaklining tashqi qiyofasigagina bog‗liq 
bo‗lib qolmasdan, uning kelib chiqishiga, ona jinslarning litologik tarkibiga ham 
bog‗liq. Chunonchi, oxaktosh jinslari, lyos yoki bo‗lmasa slanets jinslarida xosil 
bo‗lgan vodiylar tashqi ko‗rinishiga ko‗ra o‗xshasa ham, ulardagi urochishelar har 
xil bo‗ladi. Bunga sabab shuki, turli jinslar yotqiziqlaridagi tafovutlar suv 
rejimining xususiyatlariga, issiqlik rejimiga, landshaft xosil bo‗lishi va 
biotsenozlarga ta‘sir etadi. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish