45
Tabiatda landshaftning tarkibiy qismlari hamma
vaqt ham ikki bosqichli
sistemaga ega bo‗lavermaydi. Ba‘zan murakkab bo‗lib, ularda ko‗proq
bosqichlarni ajratishga to‗g‗ri keladi. Masalan, murakkab tarkibli landshaftlarda
landshaft bilan urochishelar oralig‗ida urochishelar kompleksi, ya‘ni
joylar
(mestnost) ajratiladi. Fatsiyalar bilan urochishelar oralig‗ida fatsiya gruppalari,
kichik urochishelar ajratiladi. Lekin bunday bo‗linish sistemasini hamma
landshaftlarga ham tadbiq etib bo‗lmaydi, chunki landshaftlar murakkabligi bir hil
emas, shuning uchun ham landshaftning kichik urochishe
joy kabi morfologik
qismlarini asosiy qismlar emas, balki murakkab landshaftlarda uchraydigan oraliq
bosqichlar deb tushunish kerak. Lekin asosiy bosqichlar bo‗lgan urochishe hamda
fatsiyalar har bir landshaftda mavjud bo‗lib, asosiy morfologik qismlar
hisoblanadi.
Landshaftni tarkibiy qismlarga bo‗lib o‗rganish landshaftni xaritaga tushirish
masshtabiga hamda ishning amaliy maqsadiga ham bog‗liq.
Kichik urochishelar relefi anchagina past-baland bo‗lgan landshaftlarda
ko‗proq uchraydi.
Joy yoki joy tipi termini landshaftshunoslar orasida keng tarqalgan. Joy
ko‗pincha «geografik kompleks» yoki «tabiiy mintaqaviy kompleks»
tushunchalarining sinonimi sifatida ishlatiladi. «Joy tipi» deganda urochishelarning
qonuniy yig‗indisidan iborat bo‗lgan va xo‗jalik nuqtai
nazaridan bir qiymatli
hudud tushiniladi.
Joylarning tarkib topishi sabablari va ichki tuzilishi turlicha bo‗lishi mumkin.
N.A.Solntsevning fikriga ko‗ra, joylar landshaft doirasida geologik-geomorfologik
o‗zgarish natijasida tarkib topadi.
Ba‘zi yerlarda «joy»lar relefning o‗rtacha yirik shakllariga mos keladi va
bunday joylarda hududda ikkinchi darajadagi mezoforma relefi tarkib topadi.
Bunga chala cho‗lli adir joy tipi, adir oraliq botiqlar, chala cho‗lli tekislik joy tipi
misol bo‗la oladi.
Biror landshaft doirasida shu landshaftga xos bo‗lmagan landshaftlar
harakteridagi uchastkalarni ham joy tipi deb qarash mumkin.
Joy tipi sifatida
46
ajratilgan bo‗laklar faqat o‗sha joyning o‗ziga xos xususiyatlariga ega bo‗lib, ularni
boshqa landshaftlardagi joy tiplariga taqqoslab bo‗lmaydi.
Ko‗pchilik landshaftlarda bir hil morfologik qismlar bir yo‗nalishda ritmik
ravishda almashinib ketadi. Shunday gruppadagi landshaftlarga shamolning aktiv
faoliyati oqibatida vujudga kelgan tekislik hududidagi yirik pushtali qumli tekislik
va barxanli tekislik landshaftlarini kiritish mumkin.
Biroq
morfologik
birliklar
landshaftlarda
hamma
vaqt
ham
takrorlanavermaydi, balki birin-ketinlik bilan ma‘lum yo‗nalishda
biri ikkinchisi
bilan almashinib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: